Mavzu: fuqarolik tarbiyasi



Yüklə 32,86 Kb.
tarix14.12.2022
ölçüsü32,86 Kb.
#74576
FUQAROLIK TARBIYASI.O’QUVCHILARNI YUKSAK MA’NAVIY-AHLOQIY TARBIYALASH


MAVZU:FUQAROLIK TARBIYASI.O’QUVCHILARNI YUKSAK MA’NAVIY-AHLOQIY TARBIYALASH
REJA:
1.Fuqarolik va vatanparvarlik tarbiyasi jarayonida milliy istiqlol g’oyalarining mazmun, mohiyati.
2.O‘quv–tarbiya jarayonida o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarini shakllantirish
3.O‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash.
4.Yagona o’quv - tarbiya jarayonida fuqarolik va vatanparvarlik g’oyasini yoshlar qalbi va ongiga singdirish yo’llari.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ma’naviy-axloqiy tarbiyaga katta e’tibor berib, o’zining qator asarlarida shu masalaga alohida to’xtalib o’tadi. Yurtboshimizning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» (1992), «O’zbekiston buyuk kelajak sari» (1998), «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat» (1992), «Ma’naviy yuksalish yo’lida» (1998), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q»(1998) va boshqa ko’plab asarlarida ma’naviyat va axloqiy tarbiyaga oid g’oyalar keng yoritilgan.


Kelajagi buyuk bo’lgan mustaqil, demokratik, huquqiy davlatni barpo etish ma’naviy jihatdan yetuk, axloqan pok qilib tarbiyalangan yoshlar qo’lida bo’ladi. Shunday ekan yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy va ma’naviy sohada quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozimligi yurtboshimiz tomonidan ham ta’kidlanadi:
- Insonparvarlik g’oyalariga sodiqlik;
- Milliy-istiqlol g’oyasiga sodiqlik;
- Ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash;
- Qadimgi va zamonaviy madaniy boyliklarni, adabiyot va san’atni bilish hamda ko’paytirish;
- Hur fikrlilik, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish;
- Ijtimoiy adolat qoidalarini ro’yobga chiqarish;
- Xalqimizning milliy, tarixiy va madaniy an’analarini, ma’naviy tajribasini ta’lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritish;
- Ijodning barcha turlarini rivojlantirish.
· Prezidentimiz ma’naviyatni aql-axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanishi va rivojlanishini ta’kidlab «Ma’naviyat - taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak»-deb uqtiradi.
Yurtboshimiz ma’naviyatni jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi kuch deb biladi. U o’zining «Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» asarida shunday deydi: «Sir emaski, har bir davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va ma’anviyati bilan kuchlidir».
Mamlakatimizda mafkuraviy mo’ljallarning tubdan yangilanishi , milliy istiqlol g’oyasini kichik maktab yoshidagi o’quvchilardan boshlash zarurligini ko’rsatmoqda. Bu esa talim-tarbiya tizimida yangicha metodologik yendashuvlarni yuzaga keltirayotir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh kilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini zamonaviy talablarga javob beradigan uslubiyotlar majmui bilan ta’minlashni takomillashtirish ishlari Respublikamizda kizg’in olib borilmokda»1. Bu ishlarni amalga oshirishda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarining salmoqli mehnatlari xam sezilib turadi.
Istiqlol mafkurasi ko’p millatli O’zbekiston xalqining ezgu g’oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagi asriy orzu - intilishlari hayotiy ideallarini o’zida aks ettiradi.
Milliy g’oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodani, tugal namunasi hali hanuz yaratilmagan tushunchalarni o’zimizga tasavvur qilishimiz kerak. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g’oyalarning ma’no - mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi.
Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan millati, tili va dinidan qat’i nazar har bir fuqaroning yagona Vatan baxt - saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir.
O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g’oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no - mazmunini belgilaydi.
Shunday ekan milliy istiqlol mafkurasida fuqarolik va vatanparvarlik tarbiyasi qay tarzda talqin etiladi?
Endi Vatan, fuqaro, huquq, axloq, burch, majburiyat tushunchalariga sinkveyn tuzing.
(Sinkveyn tuzish qoidalari oldingi mavzularda keltirilgan )
Yosh avlodga yagona pedagogik jarayonda axloqiy tarbiya malakasini singdirishda avvalo fuqaroviylik yo’nalishini berish muhim masala sifatida qaralmog’i lozim. Zero ta’lim tizimida yoshlar ongida fuqaroviylik tushunchasini hosil qilish vatanparvarlik g’oyalari asosida shakllanadi. Shuning uchun ham fuqaroviylik tarbiyasi vatanparvarlik tarbiyasi bilan uzviy bog’liq holda amalga oshirilaadi.
O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripovning «Men nechun sevaman O’zbekistonni» she’rini o’qing (yod ayting) va mushohada qiling.
Vatan - insonning kindik qoni to’kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotiga ma’no - mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan - ota - bobolarimizning xoki poylari jo bo’lgan, vaqti - soati yetib har birimiz bosh qo’yadigan muqaddas zamindir.
Barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligi va qonun ustuvorligini, jamiyat munfaatlari va aholi xavfsizligining muhofazasini kafolatlovchi huquqiy davlatni barpo etish yo’lidan borayotgan ekanmiz, biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Bu jarayon milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasiga, o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga asoslanadi.
Vatanparvarlik haqida gapirganda ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, ardoqlash va uning ravnaqi yo’lida g’amxurlik qilish tushuniladi.
Millatimizning vatanparvarligi- bu xalqimizning qoniga singib ketgan iymon va isnof, mehr-muhabbat, vijdon va andisha, or-nomus, ona yurtga, elatiga sadoqat kabi azaliy axloqiy-ma’naviy qadriyatlar haqidagi g’oya va qarashlari yig’indisidir.
«Vatanparvarlik bu-...» mavzusida esse yozing.
(Esse kichik guruhlarda muhokama qilinadi va umumlashtirilgan holda guruh nomidan taqdim etiladi.)
Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad - yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi ko’p muhim masalalardan iborat. Misol uchun Vatan tuyg’usini olaylik. Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug’iladi, ya’ni inson o’zligini anglagani, nasl - nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi.
Musulmon olamida Qur’oni Karim va Hadisi Sharif xuquqiy munosabtalarni tashkil etish manbai bo’lib kelganligini siz qanday tushunasiz?
Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi ko’p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyat tarixiga ega. Payg’ambar alayhissalom vafotlaridan so’ng islom olamida yangi qonun va qoidalarning paydo bo’lish jarayoni to’xtadi. Ana shu davrdan boshlab barcha huquqiy muammolar Qur’oni Karimda va Payg’ambar Alayhssalom sunnatlarida ko’rsatib bergan qonun va qoidalar asosida hal etilib huquqiy tarbiya beriladigan bo’ldi. Islom huquqshunosligi asosan Qur’oni Karim va sunnati Naboviya asosida shakllanadi va sunnatning negizini tashkil etuvchi hodisalarni jamlab kelajak avlodning huquqiy ehtiyoji vujudga keladi. Buyuk islom olimi faqih Burhonuddin-al Marg’iloniy Qur’oni Karim va hadis ilmini mukammal egallab fiqh- islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo’lgan va huquqiy tarbiya sohasida beqiyos durdona hisoblangan "Al-Hidoya" asarini 573 yil (milodiy 1170yil)da yozgan. "Al-Hidoya" bir necha asrlar davomida ko’p musulmon mamlakatlarida, jumladan Markaziy Osiyoda huquqiy tarbiyaga oid eng yirik asosiy manbalardan biri bo’ldi.
O’zbekistonda mustaqil demokratik huquqiy davlat qurish yo’lidan borilayotganligini qanday asoslab berish mumkin?
Buni avvalo Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e’tirof etishi va ulardan oziqlanishida ham ko’rish mumkin:
· qonun ustuvorligi;
· inson haq - huquqlari va hurfikrlilik;
· turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;
· diniy bag’rikenglik;
· dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik;
· o’zga xalqlarning ilg’or tajribalari va madaniyatini o’rganish va hakozo.
O’zbekiston insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlat. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy tarbiyada asosiy dastur bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining mustaqil bo’lishi munosabati bilan maktablardagi ta’lim - tarbiya ishlari rivojlanib takomillashib borayotir. Mamlakatimizda juda katta o’zgarishlar ro’y berganligi yangi jamiyat barpo etilganligi natijasida qonunchilik va huquq tartibotini yana da mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Huquqiy tarbiyani berish, amalga oshirish yo’llari nimalardan iborat?
Har bir pedagog ta’lim bilan tarbiya berishga jiddiy e’tibor berishi lozim. O’quvchi yoshlarga tarbiya berishda ularga yuksak fuqarolik his - tuyg’ularni sifat va xislatini tarkib toptirishda ta’lim va tarbiya birligi muhim ahamiyat kasb etgan. Maktabda o’qitiladigan har bir fanning o’ziga xos tarbiyaviy ahamiyati va imkoniyatlari bor. Ana shu imkoniyatlardan o’z o’rnida to’g’ri foydalanish o’qituvchining bilim, tajriba va mahoratiga, izlanishiga bog’liq. Ta’limiy-tarbiyaviy omil va vositalar ko’p. Shulardan biri davlat ramzlaridan darslarda va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’rinli foydalanishdir. Davlat ramzlaridan pedagogik maqsadlarda foydalanish, ta’lim va tarbiya jarayonida ularning ahamiyatini o’quvchilarga tushuntirish, ularning xulq atvoriga chuqur ta’sir etadi. Hozirgi vaqtda Davlat ramzlaridan foydalangan holda o’quv tarbiya ishlarini tashkil etish muhim masalalardan biri. Hayotga qadam qo’yuvchi har bir o’smir o’z respublikasining qomusini bilishi, unga amal qilishi kerak. O’quvchilarda O’zbekiston respublikasi Madhiyasi, Gerbi va Bayrog’iga nisbatan hurmat tuyg’ulari tarbiyalanishi zarur.
Hazirgi davrda bolalar va o’smirlar o’rtasida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning yangi shakllari qo’llanilmoqda. Yoshlar o’rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etish va sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish borasida pedagogik faoliyatni yanada kuchaytirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1.Umumiy ta’lim maktablarida huquqiy bilimlarni targ’ib qiladigan xonalar tashkil etishga alohida ahamiyat berish.
2.Barcha maktablarning sud, prokuratura, advokatura, birinchi navbatda esa voyaga yetmaganlar inspeksiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar bilan aloqalarini mustahkamlash.
3.Doimiy ravishda yangi tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va ularni hayotga keng tatbiq etish. To’plangan ilmiy bilimlardan pedagogik tajribalarda oqilona foydalanish, o’smirlarga davlatimiz qonunlariga muntazam rioya qilish ko’nikmalarini singdirish huquqiy tarbiyaning samarali amalga oshirish garovidir.
Asrlar davomida insoniyat bosqichma - bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umum e’tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi.
Insonning haq - huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yo’li bilan kafolatlanadi. "Taraqqiyotning o’zbek modeli"- yurtboshimiz tomonidan jamiyatni isloh qilishning chuqur ilmiy asoslangan tamoyillaridan birida shunday deyiladi: "Jamiyat hayotining burcha sohalarida qonunning ustuvorligi, demokratik yo’l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim
Komil insonni voyaga etkazishda boshlang’ich ta’lim shubhasiz mustahkam poydevor rolini o’taydi. Ma’lumki, boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o’qish darslarida amalga oshiriladi. Ona tili va o’qish darslarida olib boriladigan barcha mashg’ulotlarning etakchi o’rni nutq o’stirish bo’lib, u savod o’rgatish, chiroyli yozish ko’nikmalarini shakllantirish va o’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.
Xar bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo’lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo’ladi. Nutq orqali odamzod o’zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi.
Chiroyli so’zlashni, savodli, to’g’ri yozishni, o’z fikrini ravon va aniq bayon etishni bilmagan yoki etolmagan o’quvchi hech qaysi bilimlarni muvaffaqiyat bilan o’zlashtira olmaydi. Bu borada so’z va nutqning ma’no-mohiyatini teran idrok etgan buyuk qalam sohiblari so’zlash qobiliyati va go’zal nutq qudrati bemisil bir ne’mat ekanligini takror va takror ta’kidlaganlar.
O’quvchilar nutqini o’stirish, avvalo, ularning lug’atini boyitish bilan bog’liqdir. So’z boyligini oshirishda lug’at ustida ishlash katta amaliy ahamiyatga ega. O’rganilayotgan matn yuzasidan lug’at ishi o’tkazish jarayonida o’quvchilar tilning lug’at tarkibiga xos bo’lgan eskirgan so’zlar, yangi paydo bo’lgan so’zlar, kasb-hunarga oid so’zlar, shevaga xos so’zlar, badiiy uslubga xos so’zlar bilan amaliy jihatdan tanishib boradilar. Tilimizda mavjud bo’lgan behisob so’zlarni yodda saqlab qolishda hamda ularni nutqda to’g’ri va o’rinli qo’llay olishda tilning lug’at tarkibini muayyan qatlamlar yoki guruhlarga ajratib o’rganish ya’ni eskirgan so’z, yangi paydo bo’lgan so’z, kasb-hunarga oid so’z, shevaga xos so’z kabi tushunchalar haqida ilk nazariy ma’lumotlar bilan tanishtirish juda muhim sanaladi. Ushbu BMIning dolzarbligi ham ana shu bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, jamiyatimizning yangilanishi va demokratlashuvi, O’zbekistonda ta’lim va tarbiya jarayonini davlat siyosatining ustivor yo’nalashi deb e’lon qilinishi munosabati bilan ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga nisbatan javobgarlik yanada ortdi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy vazifalaridan biri, ta’lim kishilariga eng ibratli, istiqbolni yanada takomillashtirish , ko’zda tutilgan amaliyot turlarini, erishilgan yutuqlarni mustahkamlash, voz kechishimiz kerak bo’lgan illatlar, kamchilik va nuqsonlarni ko’rsatish, ta’limimizni porloq istiqbollarga olib chiqadigan yo’lni to’g’ri belgilab berish, shu asosda XXI asr maktabini bunyod qilishga xizmat qilishdan iboratdir.
Respublika Prezidenti va hukumatning ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni Ona Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tapbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi. Shunga binoan doshlang’ich ta’limda ham tubdan yangilanishlar bo’ldi.
Ta’lim tizimini tubdan isloh qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - uni eski mafkuraviy qarashlardan mutloq forig‘ etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘z yurtining fidoyisi, vatanparvar, ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk insonlar etib tarbiyalashdir.
Barkamol avlodni voyaga etkazishda, ularni har tomonlama komil inson etib shakllantirishda bobokalonlarimiz merosi bo‘lgan boy milliy qadriyatlarimizdan, madaniy yodgorliklardan, tarbiyaning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish ta’lim-tarbiya sohasining ustivor yo‘nalashlaridan biridir
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar tarbiyasi masalasiga e’tibor berilayotgan bo‘lsada, bu borada o‘z echimini kutayotgan muammolar talaygina. Tadqiqot ishlari, ilmiy izlanishlarda ko‘proq ta’limiy muammolar, yangicha o‘qitish texnologiyalari mavzulari ustida bahs yuritilmoqda. Aslida, tarbiyani birinchi masala darajasiga olib chiqish, maqsadga muvofiqdir. CHunki jamiyat ravnaqi uchun faqat nazariy bilimlarga ega bo‘lgan, mexanik mashina singari vazifalarini bajaruvchi kasb egalari emas, balki, eng avvalo chuqur his-tuyg‘uli, yuksak ma’naviy- axloqiy fazilatlarga ega shaxslar zarur. Ma’naviy ehtiyoj va dunyoqarash, madaniyat va axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish orqaligina bunday shaxsni tarbiyalash mumkin.
Keyingi yillarda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida ta’lim va tarbiya mazmunini tubdan isloh qilindi. Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’ana-larimiz, axloq-odob, madaniyatimiz qayta tiklanib, ta’lim-tarbiya mazmunining asosiga aylandi. Zero, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘z milliy qadriyatlarini, axloq-odob madaniyatini o‘zlashtirishi va ularga hurmat bilan qarashi lozim. Shundagina u o‘z yurtining haqiqiy vakili degan ulug‘ unvonga ega bo‘ladi.
O‘zbek xalqi tarixan tarbiya sohasida o‘ziga xos dorulfunun yaratgan. Bu borada xalq pedagogikasi boy tajribaga ega. Bugungi kunda tarbiya maqsad va vazifalarini hal etishda uning o‘rni beqiyosdir.
Keyingi yillarda milliy-axloqiy tarbiya an’analariga oid muammolar yuzasidan ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Pedagog olimlarimiz tomonidan yaratilgan bir necha risola, qo‘llanma, ilmiy-tadqiqot ishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. (Q. Abdullaeva, A. Jo‘raev, B. Jo‘raeva, A. Zunnunov, X. Iskandarov, A. Munavvarov, D. Ubayxo‘jaev, K. Xoshimov, O. Hasanboeva, A. SHojalilov, A. Ergashev, T. Qurbonov, M. Quronov, M. Ochilov, R. Hasanov, K. Hoshimov, Safo Ochil va boshqalar). Ayniqsa, «Xalq ta’limi», «Boshlang‘ich ta’lim» jurnallaridan ko‘plab maqolalar ham shu mavzuga bag‘ishlangan [4-29].
Tarbiyaning usul va vositalari muammosiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari ko‘plab uchrasada, ammo ular asosan katta yoshdagi o‘quvchi va talabalar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy ishlarni olib borishga qaratilgan. Lekin, kichik yoshdagi o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashda qo‘llaniladigan usul va vositalar haqida yaxlit bir tadqiqot ishi qilingan deb bo‘lmaydi.
Qolaversa, keyingi yillarda tarbiyaga nisbatan ta’limga e’tibor kuchayib bormoqda. Tarbiyaning mazmuni maqsad va vazifalari, uni amalga oshirishning vosita va usullari tadqiqot sifatida ko‘pchilikni qiziqtirmayapti. Buning natijasi qanday holatlarga olib kelishini tasavvur etish qiyin emas. Vaholanki, bizning xalqimiz bola tarbiyasi sohasida katta tajriba va imkoniyatlarga ega.
Muammoning dolzarbligi, nazariy-pedagogik va amaliy holatidan kelib chiqib, biz bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini tanladik.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: tarbiyaning qanday samarali usul va vositalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalash, axloqiy fazilatlarini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishini aniqlash.
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti: boshlang‘ich sinf o‘quvchi shaxsini tarbiyalash jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchilarida komil inson fazilatlarini shakllantirish jarayonida qo‘llaniladigan samarali usul va vositalari etib oldik.
Muammoning dolzarbligi, maqsadi, ob’ekt va predmetidan kelib chiqqan holda tadqiqot ishimizning quyidagi vazifalarini belgilab oldik:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni oa tili darslarida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning mavjud holatini aniqlash;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini komil inson qilib tarbiyalashda qo‘llaniladigan samarali usul va vositalarini tasniflash;
Axloqiy tarbiyaning samarali usul va vositalari ta’sirida kichik yoshdagi o‘quvchi shaxsini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini nazariy va metodik jihatdan asoslash;
To‘plangan nazariy-metodik ma’lumotlar va tajriba-sinov natijalari asosida uslubiy tavsiyalari berish.
Bitiruv malakaviy ishning bazasi sifatida Samarqand tumanidagi 64- umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinflari xizmat qildi. Tajriba-sinov ishlarimizda 8 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va 50 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Bitiruv malakaviy ishning yangiligi va nazariy ahamiyati shundan iboratki, biz unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy fazilatlarni shakllantirishning maqsad va vazifalarini, uni amalga oshirishning samarali vosita va usullarini ochib berdik. Boshlang‘ich sinf ta’lim jarayonida ahloqiy tarbiyaning uzviyligi, sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda ahloqiy tarbiyaning samarali usul va vositalarini tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asosladik.
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati shundaki, to‘plangan nazariy ma’lumotlar va sinov-tajriba natijalaridan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda talabalar o‘quvchilarni komil inson qilib tarbiyalashda samarali foydalanishlari mumkin.
Belgilangan tadqiqot maqsadi va vazifalarini hal etish bitiruv malakaviy ishimizning mazmunini tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ish o‘z ichiga kirish, ikki bob, xulosa va metodik tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini o’z ichiga oladi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning chop ettirilgan «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» nomli kitobi mazmunida o‘zbek xalqining boy yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tamonlama etuk va barkamol shaxs etib shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi o‘z aksini topgan. Bugungi kunda biz yoshlarimizni ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk shaxs etib tarbiyalashimiz eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Tarbiya ijtimoiy xayotning uzluksiz tushunchasi bo‘lib, u tarixiy xarakterga egadir. Qadimgi Gretsiyada va Rimda tarbiyaning maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlodni yaxshi fazilatlarga o‘rgatish, unda fuqarolik, vatanparvarlik, ja’surlik, sadoqat, do‘stlik kabi sifatlarni rivojlantirish bo‘lgan
O‘rta asrlarga kelib, ya’ni fiedalizm davrida yosh avlodda diniy e’tiqod, iymon, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish zarurati to‘g‘ilgan. Markaziy Osiyo xalqlari bu yo‘nalishda katta muvafaqqiyatlarga erishgan. Bu davr buyuk mutafakkirlarni dunyoga keltirgan
Siyosiy-ijtimoiy tuzum o‘zgarishi bilan tarbiya maqsadi muammosi ham yangilanib bordi. Bizning hayotimizga qizil imperiya kirib kelishi bilan bizga yod bo‘lgan siyosiy-mafkuraviy g‘oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirish o‘sha davr tarbiyaning bosh maqsadi bo‘lib xizmat qilgan. Bugungi kunda uning ruhiy asoratlaridan to‘liq qutildik. Ushbu mafkura 70 yildan ortiq hukmronlik qilib keldi. Bu davrda ta’lim sohasida bir qancha yutuqlarga erishgan bo‘lsakda, lekin, juda ko‘p qadriyatlarimizdan judo ham bo‘ldik. Jumladan, milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy-ma’rifiy boyliklarimiz, diniy e’tiqod va iymonimiz kabi ko‘plab tarbiyaviy ozuqa vositalarimizdan o‘zoqlashib ketdik
Mustaqillik sharofati bilan erkinlikka erishdik, boy ma’naviy qadriyat va an’analarimiz qayta tiklandi. Hammamiz azaldan orzu qilgan kunlarga etishdik. O‘zbekistonning ertangi kuni, ravnaqi, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishi albatta o‘sib kelayotgan barkamol yosh avlodga bog‘liq. Buning uchun yosh avlodga dunyo standartlari darajasida zamonaviy bilimlar berish, ularni har tomonlama ma’naviy-axloqiy etuk shaxs etib tarbiyalash lozim
Prezidentimiz I.A. Karimovning bir qancha asarlarida, «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa manbalarda Respublikamiz yoshlarini qanday insonlar qilib tarbiyalash lozimligi aniq belgilab berilgan
Bugungi kunda tarbiyaning asosiy maqsadi - yosh avlodni har tomonlama etuk, barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Barkamol inson o‘zida ma’naviy va jismoniy etuklikni mujassam etadi
YOshlarimizni tarbiyalash uchun birinchi galda sharq mutafak-kirlarining meroslari dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi. Al- Farobiy, A.YAssaviy, B.Naqshbandiy, Al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Firdavsiy, A.Temur, A. Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli bir necha aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ish ko‘rilsa tarbiya ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi
Yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish – bizning muqaddas burchimiz, or-nomusimiz. Lekin, barkamol insonni tarbiyalab etishtirish oddiy, oson ish emas. U ko‘plab, oylab, yillab mehnat qilishni, sabr-toqatni, chidam va qat’iyatlilikni, irodani talab etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh etib, Respublikamiz istiqbolini belgilovchi yoshlarni har tomonlama etuk, barkamol shaxs, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida raqobat-bardosh kadrlar etib tayyorlashni oliy maqsad qilib qo‘ydi. Bunday inson, kasb-hunar egasi oilada, maktabda va boshqa ta’lim tizimi jabhalarida ta’lim – tarbiya oladi.
Tarbiyaning oliy maqsadiga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajarishimiz lozim bo‘ladi. Bu vazifalarni esa tarbiyaning tarkibiy qismlari deb atash ham mumkin: milliy-mafkuraviy, xuquqiy, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy tarbiya. Tarbiyaning har bir tarkibiy qismi oliy maqsadga xizmat qilishi bilan bir qatorda o‘z mazmuni va vazifalariga ega
Milliy-mafkuraviy tarbiya – o‘quvchilarda milliy istiqlol g‘oyasiga, umumbashariy va milliy qadriyatlarga sodoqat, vatanparvarlik his-to‘yg‘ularini shakllantirishga qaratilgan jarayondir .
Xuquqiy tarbiya - o‘z haq-xuquqlarini biladigan, ularni himoya qila oladigan, mustaqil fikrlaydigan, siyosat va inson xuquqini chuqur biladigan, konstitutsiya qonunlariga amal qiladigan, o‘z fuqarolik burchlarini yaxshi his etadigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan .
Aqliy tarbiya - barkamol inson tarbiyasining etakchi tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchi yoshlarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlar tizimini ilg‘ab olishi, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik hislatlarini parvarishlash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobiliyatlarini o‘stirishni maqsad qilib qo‘yadi .
Axloqiy tarbiya. Axloq - ijtmoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, insonlarning jamiyatga, mehnatga, boshqalarga va o‘z-o‘ziga nisbatan bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi hulq- odob qonun-qoidalari, me’yorlari majmuasidir. Ana shu xulq-odob qonun-qoidalarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko‘rsatilayotgan ta’sirga axloqiy tarbiya deyiladi.
Musulmon axloqining asoslari mazmunan boy va rang-barang ko‘rinishlarda o‘zligini namoyon etadi. Markaziy Osiyo xalqlari axloqshunoslik sohasida eng boy tajribaga egadirlar. Qur’oni karimda va Hadisu shariflardagi axloqqa oid ibratli ko‘rsatmalar, maslahatlar, ota-bobolarimiz yaratgan ma’naviy meroslar, mutafakkirlarimizning axloq haqidagi yaratgan ma’naviy meroslari bugunga qadar ham uz qadr qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Axloqiy tarbiya eng muhim insoniy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan jarayondir.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat va mehnat tarbiyasi inson kamolotining asosi, hayot manbai, umur mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad avvalo mehnatning mohiyatiga, mazmuniga teran nigoh tashlamoq, muayyan xulosa chiqarishga o‘rgatishdan iborat. Mehnat qilayotgan kishi o‘zi bajarayotgan ishning natijalarini ko‘rsa, his qilsa, o‘sha natijalardan ayniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Dono xalqimiz, allomalarimiz mehnat haqida juda ko‘plab fikrlar aytishgan. Haqiqatda ham mehnatsevarlik doimo ulug‘langan, dangasalik, mehnatsiz boylik orttirish qoralangan. Mehnat muhtojlikdan, bekorchilikdan, yurak siqilishdan, axloqiy buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson o‘zini, o‘z qadrini biladi, uni el-yurt ulug‘laydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh vazifalaridan biri ham yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash, ularni aniq bir kasb-hunar egasi qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Estetik tarbiya. Estetika lotincha «Ectetikos», ya’ni «his etaman» degan ma’noni bildiradi. Aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va boshqa tarbiyalarni estetik his-tuyg‘usiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Estetik tarbiyaning maqsadi o‘quvchilarni tabiat, jamiyat va san’atdagi go‘zalliklarni idrok etishga, ularni to‘g‘ri tushunib etishga, qadriga etishga, hayotga qayta go‘zallik olib kira olishga o‘rgatishdan iboratdir. Maktabda tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, tabiatshunoslik darslari estetik tarbiyaning asosiy vositalari hisoblanadi. Biz nafaqat narsa va xodisalar, balki insoniy xulq-atvor, fazilatlarni ham estetik jihatdan baholashimiz mumkin. Insoniy go‘zallik aql, burch, iymon, insof, kamtarlik, latofat, lafz, mehmondo‘stlik, mehr, muloyimlik, poklik, yaxshilik va hakozo sifatlarni o‘zida namoyon qiladi.
Estetik tarbiya go‘zallikdan zavqlanishga, xuniklikdan nafratlanishga, kulgilikdan kulishga, fojealikdan istirobga tushishga o‘rgatadi. Bu holatlarni kishi hayot va san’at voqealiqlarida uchratishi mumkin.
Iqtisodiy tarbiya. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish kabi qobiliyatlarni kamol toptirishdir.
Iqtisodiy tarbiya maktabda asosan tabiiy-matematik fanlar asosida beriladi. Unda o‘quvchilar ishlab chiqarishning turli sohalari, bozor, oila byudjeti, iqtisodiy geografiya, marketing kabi ko‘plab zamonaviy tushunchalar bilan qurollanadilar.
Ekologik tarbiya. «Ekologiya» - yunoncha so‘z bo‘lib, tirik mavjudodlarining yashash sharoiti, uyi, joyi va tevarak-atrofdagi muhit bilan o‘zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadigan fandir. Barkamol insonning muhim fazilatlaridan biri uning ekologik madaniyatidir. Ekologik madaniyatga ega shaxs barcha tirik mavjudodlarning yashash sharoiti, muhiti qonun-qoidalarini puxta biladi, tabiat muvozanatini saqlashga hissa qo‘shadi, u atrof-muhitga nisbatan beparvo bo‘lmaydi, aksincha uni yaxshilashga, sog‘lomlashtirishga xarakat qiladi.
Jismoniy tarbiya. Barkamol inson nafaqat ma’naviy jihatdan, balki jismoniy jihatdan ham etuk bo‘lmog‘i lozim. SHuning uchun ham jismoniy tarbiya barkamol inson tarbiyasining yana bir tarkibiy qismidir. Jismoniy tarbiya yosh avlodni jismoniy jihatdan sog‘lom o‘sishlarini, baquvvat bo‘lishlarini va vatanimiz himoyasi uchun qo‘rqmas, jasur, harbiy ilmlar, qurol aslohatlardan foydalanishni biladigan qilib tarbiyalashni o‘zining oliy maqsadi deb biladi.
O‘quvchilarga jismoniy tarbiya maktabda harakatli o‘yinlar, gimnastika, sport, turizm hamda sinfdan va maktabdan tashqari sport mashg‘ulotlari turlari vositasida beriladi.
Yuqorida qayd etilgan tarbiyaning tarkibiy qismlari o‘z vazifalarini bajarishga qaratilganligi bilan bir qatorda, oliy maqsadga, ya’ni barkamol shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Ular bir-birlari bilan chamabarchas bog‘liq holda amalga oshirilib, o‘quvchi yoshlarni ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalashga qaratiladi. Axloqiy tarbiya barkamol shaxsni shakllantirishda markaziy o‘rinni egallaydi.
Axloq, xulq va atvor so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida ishlatiladi. Axloq nima o‘zi? Axloq – ijtimoiy ong shakli bo‘lib, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida insonning xulq-atvorini yo‘lga solib turadigan prinsiplar, talablar, me’yorlar va qoidalar majmuidan iborat. Axloqda jamiyatda tarkib topgan «yaxshilik», «sharaf», «vijdon», «adolat», «to‘g‘rilik», «halollik», «poklik» singari tushunchalari mustaxkamlangan odamlar xulq-atvori, me’yorlari aks etadi. Bu axloqiy tushunchalarning hammasi ham baholanuvchi harakterga ega.
Yosh avlodning axloqiy tarbiyasida axloqiy ong va axloqiy tuyg‘ularni shakllantirishgina emas, balki eng muhimi – ularning ma’naviy-axloqiy munosabatlarida namoyon bo‘ladigan faoliyatning har xil turlariga jalb etish mumkin. Maktab o‘quvchilarining faoliyati jarayonidagi axloqiy munosabatlarida ularning odobli bo‘lib tarbiyalanish darajasi aks etadi. A. S. Makarenko o‘z vaqtida bunday deb ta’kidlagan edi: «Biz doimo munosabatlar bilan ish ko‘ramiz, chunki xuddi munosabat pedogogik ishimizning xaqiqiy ob’ekti bo‘lganligi sababli, bizning oldimizda doimo ikkita ob’ekt: shaxs va jamiyat turadi. SHaxsni jamiyatdan ajratib qo‘yishning, uni munosabatlardan holi qilishning mutlaqo iloji yo‘q».
Axloqiy munosabatlar – bu jamiyatga, mehnatga, odamlarga va qolaversa har bir kishining o‘ziga munosabatidir. Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko‘rsatadiki, faqat ma’naviy keng quloch yoygan, ilm taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat qurish va unda bir-biriga mehr-oqibatli kamolotli insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga, ezgulikka intilishi kuchli bo‘ladi.
Axloq insoniyat ma’naviy madaniyatining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, u kishilarning tarixiy tarkib topgan xulq-atvori va yurish turishini ifodalaydigan, ularning bir-biriga va jamiyatga munosabatini aks ettiradigan muayyon qoidalar yig‘indisidir.
Axloq tushunchasi irodalilik, jasurlik, qa’tiylik, vijdoniylik, kamtarlik, adolatlilik, sharm-xayolilik, shirinzabonlik kabi tushunchalarni ham o‘z ichiga oladi.
Iroda - maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishdir. Kamtarlik kishining o‘ziga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Kishining o‘z qobiliyati, mehnati va muvofaqkiyatlarini qanday baholashiga, boshqa odamlarning qadir-qimmati va yutuqlariga qanday munosabatlarda bo‘lishiga qarab uning kamtarinlik hislatlari aniqlanadi.
Axborot manbalari:
1. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqi¸tining poydevori. -T.: «Sharq», 1998.
2. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: «O’zbekiston», 2000 . 
3. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. (Ma’ruza matnlari uchun materiallar) -T.: «Yangi asr avlodi», 2001.
4. Pedagogika. Ma’ruzalar matni. N.G’aybullayev va boshqalar. -T.,2000.
5. Mustaqillik. Izohli ilmiy-ommabop lug’at .-T.: «Sharq», 1998 .
6. Ibroximov A., Sultonov X., Jo’rayev N. Vatan tuyg’usi. -T.: «O’zbekiston», 1996. 30-34- betlar.
Yüklə 32,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin