1. Tenglamasi CuCO3 Cu(OH)2



Yüklə 105,24 Kb.
səhifə19/21
tarix16.07.2023
ölçüsü105,24 Kb.
#136684
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
31. oksidlanish-qaytarilish

6. H2S, K2Cr2O7, va H2SO4 reaksiyasi natijasida qanday moddalar hosil bo‘ladi?
A) S, CrO3, K2SO4, H2 B) H2S, CrO3, K2SO4, H2O C) S, Cr2(SO4)3, K2SO4, H2O
D) H2S, Cr2(SO4)3, K2SO4, H2O E) SO2, Cr2(SO4)3, K2SO4, H2O
7. Qaysi moddalar ta’sirida kaliy dixromatning qovoq rangli kislotali eritmasi yashil rangga o‘tadi? 1) atsetilen; 2) Na2SO3; 3) FeCl2; 4) H2O2; 5) etilen; 6) K2Cr2O7; 7) KMnO4;
A) 1,2,3,4,6 B) 1,2,3,4,7 C) 2,3,5,6,7 D) 1,2,3,4 E) 1,2,3,4,5
8. Qaysi modda kaliy permanganatning kislotali eritmasi bilan reaksiyaga kirishganda, kislorod hosil qiladi?
A) SO2 B) H2S C) K2Cr2O7 D) Na2SO3 E) H2O2
9. Quyidagi reaksiya tenglamasini tugallang va koeffitsientlar yig‘indisini hisoblang. PH3+KMnO4+H2SO4→H3PO4+…+…+…
A) 48 B) 52 C) 54 D) 55 E) 57
10. Quyidagi reaksiyada hosil bo‘lgan modda X ni va uning kaliy gidroksid bilan reaksiyasida hosil bo‘lgan mahsulot Y ni toping.
HCl(kons.)+K2Cr2O7→X+KCl+H2O+Cl2; X+KOH→Y
A) Cl2, KOCl B) CrO3, K2CrO4 C) CrCl3, Cr(OH)3 D) CrCl2, Cr(OH)2 E) K2CrO4, Cr(OH)3
11. Kaliy permanganat eritmasiga mo‘l miqdordagi o‘yuvchi natriy ishtirokida natriy sulfit eritmasi qo‘shilganda qanday o‘zgarish kuzatiladi? 1.yashil rangli kaliy manganat hosil bo‘ladi; 2.eritma rangsizlanib, marganets(II)sulfat hosil bo‘ladi; 3.qo‘ng‘ir rangli marganets(IV)oksid hosil bo‘ladi;
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2,3 E) 2,3
12. Qanday muhitda KMnO4 oksidlovchi sifatida eng kam miqdorda sarf bo‘ladi? 1.kislotali; 2.ishqoriy; 3.neytral; A) 3 B) 2 C) 1 D) 1,2 E) 2,3
13. ioni ishqoriy muhitda qaytarilganda, xromning qaysi birikmasi (yoki ioni) hosil bo‘ladi?
A) xromit ioni B) xromat ioni C) xrom(III)gidroksid D) xrom(III) ioni E) xrom(VI)oksid
14. Quyidagi reaksiyada oltingugurtning oksidlanish mahsulotini ko‘rsating. S+HNO3(kons.)→
A) sulfat kislota B) oltingugurt(IV)oksidi C) sulfit kislota
D) oltingugurt(VI)oksid E) vodorod sulfid
15. Quyidagi reaksiyada oltingugurtning oksidlanish mahsulotini ko‘rsating. S+H2SO4(kons.)→
1)oltingugurt(IV)oksid; 2)oltingugurt(VI)oksid; 3)vodorod sulfid;
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2 E) 2,3
16. Faqat kislotali muhitda oksidlovchilik xossasini namoyon etadigan marganets birikmalarini aniqlang.
A) marganets(II)oksid, marganets(IV)oksid B) marganets(II)oksid, kaliy manganat
C) marganets(IV)oksid, kaliy manganat D) marganets(IV)oksid, kaliy permanganat
E) kaliy permanganat
17. Kislotali, ishqoriy va neytral muhitlarda oksidlovchilik xossalarini namoyon etadigan marganets birikmalarini aniqlang.
A) marganets(II)oksid, marganets(IV)oksid B) marganets(II)oksid, kaliy manganat
C) marganets(IV)oksid, kaliy manganat D) marganets(IV)oksid, kaliy permanganat
E) kaliy permanganat
18. Peroksidlar uchun tegishli bo‘lgan xossalarni aniqlang.
1. ishqoriy muhitda qaytaruvchi; 2. ishqoriy muhitda oksidlovchi;
3. kislotali muhitda oksidlovchi; 4. kislotali muhitda qaytaruvchi;
A) 1,3 B) 2,4 C) 1,4 D) 3,4 E) 1,2
19. Quyidagi jumlani to‘ldiring. Peroksidlar ishqoriy muhitda…
A) oksidlovchilik xossasini namoyon etib, kislorodning oksidlanish darajasi –2 gacha kamayadi
B) qaytaruvchilik xossasini namoyon etib, kislorodning oksidlanish darajasi 0 gacha kamayadi
C) oksidlovchilik xossasini namoyon etib, kislorodning oksidlanish darajasi 0 gacha kamayadi
D) qaytaruvchilik xossasini namoyon etib, kislorodning oksidlanish darajasi –2 gacha kamayadi
E) qaytaruvchilik xossasini ham, oksidlovchilik xossasini ham namoyon qilmaydi

Yüklə 105,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin