101. Kompyuter virusi klassifikatsiyasi - Ekspertlarning hisoblariga ko’ra, hozirgi kunda mavjud bo’lgan viruslar soni 800.000 dan ortib ketdi. Har kuni 8-10 ta yangi viruslar yaratilmoqda. Hozirgi kunda amalda harakatda bo’lgan viruslarning soni 300 ga yaqin deb hisoblanmoqda.
Taniqli virusologlardan biri Yevgeniy Kasperskiy viruslarni belgilari bo’yicha quyidagicha tasniflashni taklif qiladi:
Virusning yashash muhiti bo‘yicha:
Tarmoq – kompyuter tarmog’i bo’yicha tarqaladi.
Fayl – bajarilayotgan fayllarga tadbiq qilinadi.
Yuklanuvchi – diskning yuklash sektori (Boot-sektor)ga tadbiq qilinadi.
Yashash muhitini zararlash usuli bo‘yicha:
rezident – kompyuter xotirasida joylashadi va kompyuter o’chirilgunga qadar faol bo’ladi;
norezident – xotirani zararlamaydi, ma’lum bir vaqt oralig’ida faol bo’ladi.
Destruktiv imkoniyatlari bo‘yicha:
zararsiz – ishga ta’sir qilmaydi; tarqalishi natijasida diskning bo’sh xotirasini kamaytiradi;
xavfsiz – diskning bo’sh xotirasini kamaytiradi, ovoz, grafik va boshqa effektlar yaratadi;
xavfli – ish jarayonida jiddiy uzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin;
o‘ta xavfli – dasturlar yoki tizim ma’lumotlarining yo’qolishiga olib kelishi mumkin.
Virus algoritmining o‘zgachaligi bo‘yicha:
«Yo‘ldosh» viruslar – fayllarni o’zgartirmaydi, EXE-fayllar uchun yo’ldosh bo’lgan SOM-fayllar yaratadi.
«Chuvalchang» viruslar – tarmoq bo’yicha tarqaladi, tarmoq manzillarini hisoblagan holda o’z nusxalarini jo’natadi.
«Parazit» – disk sektorlari yoki fayllar tarkibini o’zgartiradi.
«Talaba» – ko’plab xatoliklarga ega bo’lgan viruslar.
«Stels» (ko’rinmas) viruslar –zararlangan fayl yoki sektorlarga DOS murojaatini tutib oladi va o’zining o’rniga zararlanmagan qismlarni qo’yadi.
«Sharpa» viruslar – hech qanday doimiy kodga ega emas, topish qiyin, virusning asosiy tanasi shifrlangan.
Makroviruslar – mashina kodlarida emas, Word Basic tilida yoziladi, Word hujjatlarida yashaydi, o’zini Normal.dotga yozadi).
Dostları ilə paylaş: |