670-22-gurux.
Komiljonov Shohijahon
1-topshiriq: Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Matn nima?
2. Matnni boshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar?
3. Matn hajm va mazmun belgisiga ko‘ra qanday tiplarga bo‘linadi?
4. Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering.
5. Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.
6. Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering.
7. Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.
8. Ifoda maqsadiga ko‘ra matnning qanday tiplari mavjud?
9. Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida ma’lumot bering.
10. Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi?
Javoblar:
1.Matn (
lotincha
: textus — mato; birikma) — maʼlum moddiy tashuvchiga bog‘langan
inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to‘liq ketma-ketligi.
„Matn“ tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy
qarashlarga yo‘g‘rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent
yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs
tomonidan yoritishga e‘tibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni
tashqi voqelik haqidagi maʼlumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida ko‘rib chiqishni
anglatadi
Matn gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan
qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko‘rinishidir.
2.Shubhasizki, matn alohida va mustaqil birlik bo‘la olishi uchun uning boshlanish va
tugallanish chegarasi bo‘lishi shart, ana shu ikki tomondan bo‘ladigan chegaralar orasidagi
qism yaxlit butun bo‘la oladi.
Ana shu mulohazalardan kelib chiqib, matnni gaplar ketma-ketligining bog‘lanishlilik
asosida og‘zaki yoki yozma shaklda yuzaga keladigan struktur, mazmuniy va
kommunikativ yaxlitligi tarzidagi butunlik sifatida, til sintaktik sathining oliy darajadagi
birligi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq bolishi bilan ajiralib turadi .
3. Matn gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan
qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko‘rinishidir. Matnni hajm belgisiga ko‘ra
ikkiga ajratamiz: Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn).
4.Adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, o‘rta va katta hajmli matnlar.
«Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli
matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O‘rta
hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi
matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi». Lekin bu tarzdagi
bo‘linish ayrim chalkashliklarni yuzaga chiqaradi. Shunday dostonlar borki, hajm jihatidan
romandan katta. Nafaqat hajm jihatidan balki, ichki mazmun, xarakterlar tasviri, ruhiyat
talqini jihatidan ham uncha-muncha romandan qolishmaydigan dostonlar bor. Masalan,
«Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» kabi go‘zal dostonlarimiz shakl va mazmun jihatidan yirik
hajmli asar hisoblanadi
5(Mikro matn)..Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga
bag‘ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar,
miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik
mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki
tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog‘lamalar, sintaktik
vositalar birlashtirib turadi.
(Makro matn ).Maksimal matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji
bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman,
epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Maksimal matn
mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob
(qism yoki fasl)larga to‘g‘ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so‘zboshi
(muqaddima), so‘ngso‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular
asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim
masalalarga qo‘shimcha izoh, sharh bo‘lib keladi. Maksimal matn tashqi jihatdan turlicha
shakllangan bo‘ladi. Masalan, F.M.Dostoyevskiyning jahon adabiyotining mumtoz
namunasiga aylangan «Jinoyat va jazo» romanini olaylik. Roman 6 qism va epilogdan
tashkil topgan.
6.Abzats bir mazmuniy butunlik bo‘lib «matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha
bo‘lgan qismi» hisoblanadi. Abzats qisqa xabar (abzatsda aytilmoqchi bo‘lgan mavzu
haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), oldingi xabar bilan keyingi xabarni bog‘lovchi
vositalar (bog‘lovchi vositalar abzatsni o‘zidan oldingi abzatsga bog‘laydi, shuningdek,
abzats ichidagi xabar jumlalarini bir-biriga bog‘laydi), xabarning to‘ldirilishi (dastlabki
xabar to‘ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) va xulosa (xabar yakunlanadi, natija aytiladi)
qismlarni o‘z ichiga oladigan butunlikdir.
7.Abzatsdagi «xabar» tema-rematik munosabatdagi gaplarda ifodalanadi. Tema (yunoncha
thema – asos bo‘lgan narsa) deb gapning aktual bo‘linishida so‘zlovchi va tinglovchi
(o‘quvchi) uchun ma’lum (tanish) bo‘lgan narsani ifodalovchi, yangi narsani ifodalashga
o‘tish uchun asos xizmatini bajaruvchi qismga aytiladi. Rema (rheme-commentaire –
ma’lumot, sharh) esa temadan keyin kelib so‘zlovchi tinglovchiga (o‘quvchiga)
bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan yangi xabar mazmunini ifodalovchi qism, gapning yangi
ma’lumot (axborot) qismi. Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa rema
vazifasida keladi.
8.Matnni xususan, badiiy matnni quyidagi tiplarga bo‘lib chiqish mumkin: 1.Hikoya
mazmunli matn. 2.Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Xabar
mazmunli matn. 6.Buyruq mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn
9. Tasviriy matnlar (Le texte descriptif - deskriptiv matn). Bunday matn tinglovchiga
noma’lum bo‘lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki
qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan
bo‘ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko‘rinishi etakchilik qiladi. Partonimik
tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi. YA’ni, tasvirlanayotgan
ob’ektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va
qismlardan so‘z yuritiladi.
10.Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matnlar). Insonning
ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o‘ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida
tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.
2-topshiriq: Uyga vazifa.
“Kelajakda IT olamida mening o‘rnim” mavzusida matn .
Reja:
1. O'z salohiyatlarimni oshirish.
2. Bu yolda ta'lim olish sifatimni yaxshilash.
3. Kelajakda yetuk mutaxasis bolib yetishish.
4.
Vatanim oldidagi burchimni bajarish
.
...................................................................................................................................................
1.Har bir inson yetuk shaxs bolib chiqishi uchun avvalo a'lo darajada ta'lim olishi kerak
va o'z ustida tinimsiz aqliy va jismoniy mashqlar olib borishi kerak.
Men ham shu boyis kelajagim uchun xozirdanoq, o'qish uchun qattiq bel bog'lagan man.
Buning uchun xozirdanoq tayyorgarliklarimni ko'rmoqdaman.
O'z aqliy salohiyatimni oshirish maqsadida shahrimizdagi ( IT ) sohasi bo'yicha ochilgan
o'quv kursiga boryab man. Meni u yerda Oliy darajaliy o'qtuvchilar o'qitishmoqda, ulardan
Olayotgan bilimlarimni o'z hayotimda tadbiq qilib borayab man .
Bulardan bazilari dasturlash, 3D dizayin, WEB dizayn, kabilar kiradi.
2.Men shu sohalarni mukammal o'rganishim uchun avvalo ta'lim sifatimni yaxshilashim
Va darsliklarni o'z vaqtida bajarib borishim ,darslarda faol qatnashib bilim ko'nikmalarimni
oshirishim kerak bo'ladi. Binobarin jamiki tiriklikga suv va havo kerak bo'lgani kabi
Men bu sohalarni chuqur o'rganishim uchun birinchi darajada chet (English, Rus,) tillarini
mukkamal o'rganishim kerak bo'ladi. shu bois Ingiliz tili bo'yicha reypiytetrga borayab man.
3.Endilikda bu tilni ham chuquq o'rganib Kelajakda dasturchilik soxasi bo'yich yetuk
mutaxasis bo'lib yetishmoqchi man. va o'z o'quchilarim bolishini endilikda bu soxani ularga
yana ham
mukammal o'rgatib o'zimdan o'chmas iz qoldirshni juda ham hohlay man.
4.Ular esa kelajakda Vatanimiz ravnaqi yo'lida mendan ham ko'proq hissalarini qo'shishlariga
Ishonam. chunki men shuni bilamanki kimki biron bir narsani chin dildan hohlasa
Uning orzu va tilaklari ro'yobga chiqadi. "
Har qanday mukofot el-yurt e'tirofi, Vatan
ishonchidir " SHavkat Mirziyoyev.
Dostları ilə paylaş: |