1. Tovar-moddiy zahiralari tarkibi va ularni farqli jihatlari



Yüklə 131,38 Kb.
səhifə9/9
tarix22.12.2023
ölçüsü131,38 Kb.
#190184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7 dan 9 gacha

3-savolga javob. Akkreditiv - mijozning topshirig’iga ko’ra shartnoma bo’yicha uning kontrogenti foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Unga ko’ra, akreditiv ochgan bank mahsulot yetkazib beruvchiga to’lovni bajarishi yoki boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko’zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda va akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to’lovlarni bajarish uchun vakolat berishi mumkin. Akkreditiv so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “ishonchli” degan ma’noni bildiradi.
Kassa operatsiyalari kassir tomonidan amalga oshiriladi, agar bir nechta kassirlar bo'lsa, ular orasidan kattalar tanlanadi, agar kassirlar bo'lmasa, kassa operatsiyalari menejerning o'zi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Kassir o'z huquq va majburiyatlarini bilishi va imzo bilan tanishishi kerak. Nizomda kassir bilan to'liq javobgarlik to'g'risida shartnoma tuzish haqida gap yo'q. Ushbu shartnomani tuzish Mehnat kodeksining 244-moddasi bilan tartibga solinadi. Rahbar yuzaga kelgan mol-mulkning etishmasligi uchun to'liq javobgarlik to'g'risida shartnomalar tuzishi mumkin bo'lgan xodimlar tomonidan bajariladigan yoki almashtiriladigan lavozimlar va ishlarning ro'yxati Mehnat vazirligining 2002 yil 31 dekabrdagi 85-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Bunga kassirlar, kassirlar - nazoratchilar, nazoratchilar kiradi.
Akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va uning amal qilish muddati to’lovchi va mablag’ni oluvchi o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan belgilanadi. Shartnomada quyidagilar ko’rsatilishi lozim: bank-emitentning nomi; akkreditivning turi va uni bajarish usullari; akkreditiv ochilganligi to’g’risida mablag’ oluvchini xabardor qilish usuli; akkreditivlar bo’yicha mablag’larni olish uchun mablag’ oluvchi tomonidan taqdim qilinadigan xujjatlarni to’liq ro’yxati va aniq tavsifnomasi; mahsulotlar yuklab jo’natilgandan (bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmat) keyin hujjatlarni taqdim qilish muddati, ularni rasmiylashtirishga doir talablar. Akkreditiv shaklidagi hisob-kitob mol sotib oluvchilar uchun qulay emas, chunki hisob-kitob schyotidagi bo’sh pul mablag’larini tovar olmasdan turib chetga jalb qilib, akkreditivlar schyotiga o’tkazib qo’yishga majbur qiladi. Mol sotib oluvchi akkreditiv harakatini mol yuboruvchining bankida 15 kun muddati (undan ortiqroq muddat ham bo’lishi mumkin) bilan cheklab qo’yganiga qaramay odatda pul mablag’larini chetga jalb qilish bu muddatdan ikki-uch marta ko’p. Akkreditiv summasidan qisman foydalanilgan hollarda, uning foydalanilmay qolgan qismi qaytarib hisob-kitob schyotiga topshiriladi. Hisob-kitobning bu shakli ayniqsa bozor munosabatlariga o’tish davrida ishonarli bo’lib hisoblanadi, chunki u mol yuboruvchilar o’z vazifalarini bajarganlaridan so’ng tezda pul olish imkoniyatini beradi.
Korxona maxsus schyotni o’z vakili orqali uzoq muddat ichida xo’jalik faoliyatini qaysi ma’muriy xududda olib boradigan bo’lsa, o’sha joyning bankida ochadi. Mahsus schyot mazkur hududda yuborgan mahsuloti, bajargan ishi bo’yicha mol yuboruvchilar va boshqa tashkilotlar va shaxslar bilan hisoblashish uchun foydalaniladi. Тalablar faqat mol sotib oluvchining vakili tomonidan akseptlangandan so’ng to’lanadi. Bu schyotdan korxona vakiliga tovarlarni qabul qilish va jo’natish bo’yicha xarajatlarni qoplash uchun naqd pul berilishi mumkin.
Akkreditiv va maxsus schyotlar bo’yicha hisob-kitoblar 5510 «Akkreditivlar» schyotida hisobga olinadi. Bu hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi bankning ko’chirmasiga asosan 3 – jurnal-orderda yuritiladi.
Yüklə 131,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin