O‘qituvchi: Lobar Boboqulova
Mavzu bayoni: Tajriba: Pushti-siyohrangli kaliy permanganatni suvli eritmasini oksidlovchilik xossasiga eritmani muhitining ta’sirini o‘rganish uchun uchta probirka olib, ularni hammasiga bir xil miqdorda oksidlovchilik xossasiga ega bo‘lgan kaliy permanganat eritmasi va qayratuvchilik xossasiga ega bo‘lgan natriy nitrit eritmasini solamiz. Birinchi probirkaga 1-2 tomchi sulfat kislota eritmasidan, ikkinchisiga 1-2 tomchi distillangan suv va uchinchi probirkaga 1-2 tomchi kaliy gidroksid eritmasidan qo‘shamiz. Birinchi probirkada eritma rangsiz holatga keladi. Ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ladi. Uchinchi probirkada yashil rangli eritma hosil bo‘ladi. Demak, bundan ko‘rishimiz mumkinki, eritma muhitiga qarab oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida har xil moddalar hosil bo‘lishi mumkin ekan va bu moddalar eritmaga turli rang beradi. Endi har bir probirkada nima jarayon yuz berganini ko‘rib chiqaylik. Dastlab uchta probirkada ham kaliy permanganat eritmasi bor edi. Permanganat ioni (MnO4–) eritmaga pushti-siyohrang beradi. Shuning uchun uchta probirka ham pushti-siyohrangda edi. Har bir probirkada qanday jarayon yuz berganini bilish uchun reaksiya tenglamalarini yozib olamiz. Birinchi probirkada:
5NaNO2 + 2KMnO4 + 3H2SO4 → 5NaNO3 + 2MnSO4 + K2SO4 + 3H2O