13-mavzu: moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish reja


Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tuzish



Yüklə 36,98 Kb.
səhifə6/9
tarix20.12.2022
ölçüsü36,98 Kb.
#76681
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-MAVZU MOLIYAVIY HISOBOTNI TUZISH VA TAQDIM ETISH

Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tuzish

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 3-son BHMS «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»ga binoan joriy buxgalteriya ma’lumotlari bo‘yicha tuziladi.
Hisobotning 010 - qator 90 «Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar» schyotining tegishli (9010 - 9030) subschyotlaridan olinadi. Bu schyotlarning summasidan 9050 - «Sotilgan tovarlarning qaytarilishi va chegirmalar» schyotining summasi chiqarib tashlanadi. 020 - qator summasi 9110 -
«Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schyotining tegishli subschyotlari (9110 - 9130) dan olinadi. 030 - qator summasini topish uchun 010 - qator summasidan 020 – qator summasini ayirib tashlash kerak.
«Davr xarajatlari hajmi» moddasida (satr 040) 050, 060, 070, 080),qatorlarning umumiy summasi yoziladi.
«Sotish bo‘yicha xarajatlar» moddasi bo‘yicha (050 qator) sotish bo‘yicha xarajatlar aks ettirilib, ular 9410 - «Sotish bo‘yicha xarajatlar» schyotidan olinadi.
«Ma’muriy xarajatlar» moddasi bo‘yicha (060 qator) ma’lumotlari 9420 -
«Ma’muriy xarajatlar» schyotiga olinadi.
«Boshqa operatsion xarajatlar» moddasi bo‘yicha (070 qator) ma’lumotlar 9430 -
«Boshqa ma’muriy xarajatlar» schyotiga olinadi.
«Kelgusi soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» moddasi bo‘yicha (080 qator) ma’lumotlar 9440 - «Kelgusi soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» schyotiga olinadi.
«Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» moddasi bo‘yicha (090 qator) ma’lumotlar 9300 - «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyotlariga olinadi.
«Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)» moddasi bo‘yicha (100 qator) ma’lumotlar 030 - qator summasidan 040 - qator summasini ayirib tashlash 090 - qator summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
«Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, jami» moddasi bo‘yicha (110 qator) ma’lumotlar 120, 130, 140, 150, 160 - qatorlar summalarini qo‘shish yo‘li bilan topiladi.
«Dividend shaklidagi daromadlar» moddasi bo‘yicha (120 qator) ma’lumotlar 9520 - «Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyotidan olinadi.
«Foizlar shaklidagi daromadlar» moddasi bo‘yicha (130 qator) ma’lumotlari 9530 «Foizlar shaklidagi daromadlar» schyotidan olinadi.
«Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)dan daromadlar» moddasi bo‘yicha (140 qator) ma’lumotlari 9550 - «Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)dan daromadlar» schyotidan olinadi.
«Valyuta kursi farqidan daromadlar» moddasi bo‘yicha (150 qa-tor) ma’lumotlari 9540 - «Valyutalar kurslari farqlaridan daromadlar» schyotidan olinadi.
«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» moddasi bo‘yicha (160 qator) ma’lumotlari 9510 - «Royatli ko‘rinishidagi daromadlar», 9560 - «Qimmatli
qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar», 9590 - «Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyotlaridan olinadi.
«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar» moddasi bo‘yicha (170 qator) ma’lumotlar 180, 190, 200, 210 - qatorlarning jami aks ettiriladi.
«Foizlar shaklidagi xarajatlar» moddasi bo‘yicha (180 qator) ma’lumotlari 9610 - «Foizlar shaklidagi xarajatlar» schyotidan olinadi.
«Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)» moddasi bo‘yicha (190 qator) ma’lumotlar 9610 - «Foizlar shaklidagi xarajatlar» schyotidan olinadi.
«Valyuta kursi farqidan zararlar» moddasi bo‘yicha (200 qator) ma’lumotlar 9630 - «Valyuta kursi farqidan zararlar» schyotiga olinadi.
«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» moddasi bo‘yicha (210 qator) ma’lumotlari 9630 - «Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar», 9690 - «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schyotlaridan olinadi.
«Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (zarari)» moddasi bo‘yicha (220 qator) 100 qator summasiga 110 qator summasini qo‘shib 170 qator summasini tashlangandan hosil bo‘lgan summa yoziladi.
«Favquloddagi foyda va zararlar» moddasi bo‘yicha (230 qator) daromadi bo‘yicha ma’lumotlar 9710-«Favqulodda zararlar» schyotidan olinadi.
«Daromad (foyda) solig‘i to‘laguncha qadar foyda (zarar)» moddasining (240 qator) ma’lumotlari 220-qator summasiga 230-qator summasini (foyda bo‘lsa) qo‘shib, (zarar bo‘lsa) chegirib tashlash yo‘li bilan topiladi.
«Daromad (foyda) solig‘i» moddasi bo‘yicha (250 qator) ma’lumotlar 9810-
«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» schyotidan olinadi.
«Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar» moddasi bo‘yicha (260 qator) korxona tomonidan yil boshidan foyda hisobidan hisoblanib to‘langan soliq va yig‘imlar summasi aks ettiriladi.
«Hisobot davrining sof foyda (zarari)» moddasi bo‘yicha (270 qator) ma’lumotlar 240 qator summasidan 250 va 260 qatorlar sum-malarini ayirish yo‘li bilan topiladi.




  1. Yüklə 36,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin