16-ma’ruza Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning ta`minot turlari. Reja


ALTda informatsion-qidiruv tizimlar



Yüklə 72,22 Kb.
səhifə4/6
tarix09.04.2022
ölçüsü72,22 Kb.
#55004
1   2   3   4   5   6
16-ma’ruza Mavzu Avtomatlashtirilgan loyihalashning ta`minot tu

ALTda informatsion-qidiruv tizimlar (IQT) quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

  • informatsion fond (infoteka)ni ma’lumotlar bilan to‘ldirish;

  • raqamli ma’lumotlarga arifmetik ishlov berish va matnlarga leksikaviy ishlov berish;

  • informatsion so‘rovlarga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qidirish maqsadida ishlov berish;

  • chiquvchi ma’lumotlarga ishlov berish va chiquvchi hujjatlarni shakllantirish. IQTning xususiyati shundaki, ularga kelgan so‘rovlar dasturaviy yo‘l bilan emas, balki bevosita foydalanuvchi tomonidan shakllantiriladi va monitorga tushunarli bo‘lgan formallashgan tilda emas, balki tayanch so‘zlar ketma-ketligi ko‘rinishida «deskriptor»lar deb nomlanuvchi tabiiy tilda shakllanadi. Saqlash uchun qabul qilingan hamma bayonlarda bo‘lgan deskriptorlar ro‘yxati deskriptorlar lug‘atini tashkil qiladi va qidiruvchi yo‘riqlarni shakllantirishga mo‘ljallangan.

Deskriptorliga nisbatan ancha murakkab bo‘lgan IQTlar ham mavjud. Ularda informatsion-qidiruv tili katta ahamiyatga ega; bu tilda informatsion ob’yektlar orasidagi semantik munosabatlar hisobga olinadi. Bu esa noto‘g‘ri tanlanadigan til qurilmalari sonini kamaytirish imkonini beradi, so‘rovlarga ishlov berish esa ma’no mos kelishi mezonlari asosida bajariladi.

Ma’lumotlar banki katta ALTlarda informatsiyani tashkil qilishning yuqori shakli hisoblanadi. Ular – muammoli-yo‘nalgan informatsion-ma’lumotnomalar tizimlaridir. Bu tizimlar kiritishning muayyan vazifalariga bog‘liq bo‘lmagan zarur informatsiyalarni kiritishni, informatsion massivlar saqlanishini hamda foydalanuvchilar yoki dasturlar so‘rovi bo‘yicha zarur bo‘lgan informatsiyani chiqarishni ta’minlaydi. Ma’lumotlar bankida faktografik ko‘rinishdagi informatsiyadan foydalaniladi.



Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – ma’lumotlar strukturasi ko‘rinishida tashkil qilingan informatsion baza bilan ishlashni ta’minlaydigan dasturaviy-metodik kompleksdir.

MBBT quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:



  • ma’lumotlar bazasini aniqlab olish, ya’ni sxemalarning kontseptual tashqi va ichki darajalarini bayon qilish;

  • ma’lumotlarni bazaga yozish;

  • ma’lumotlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, ularni qayta tashkil qilishni bajargan holda ularning saqlanishini tashkil qilish;

  • ma’lumotlarga kira olishni ta’minlash (qidirish va chiqarib olish).

Ma’lumotlarni tanib olish va ularga kirish uchun MBBTda til vositalari mavjud. Masalan, ma’lumotlar strukturasi bayonidan tashkil topgan ma’lumotlarni tanib olish tili yordamida ta’minlanadi. Ma’lumotlarga kirish funktsiyasi ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish tili va so‘rov qilish tili yordamida amalga oshadi. Qo‘llab (tutib) turiladigan strukturalar bo‘yicha MBBTning ierarxik, tarmoqli va nisbiy (relyativ) turlari bo‘ladi.

Mashina grafikasining dasturaviy-metodik komplekslari (DMK) foydalanuvchining EHM bilan muloqotida grafik informatsiya almashinuvini, geometrik masalalarni yechishni, tasvirlarni shakllantirishni va grafik informatsiyani avtomatik ravishda tayyorlashni ta’minlaydi. Foydalanuvchining EHM bilan grafik muloqoti («kirishning grafik metodi») kirish-chiqish nimdasturlariga asoslanadi; bu nimdasturlar kiritish-chiqarish qurilmalaridan olinadigan komandalarning qabul qilinishini va ularga ishlov berilishini hamda ushbu qurilmalarga boshqaruv ta’sirlarining chiqarilishini ta’minlaydi. Geometrik masalalar yechimi (grafik modellash) grafik informatsiyani qayta o‘zgartirishga keltiriladi; bu o‘zgartirish qurish, burish, masshtablash va sh.k. turlardagi elementar grafik operatsiyalarni u yoki bu ketma-ketlikda bajarilishida ifodalanadi. Grafik modellash uchun DMKlardan foydalaniladi; ularda alohida elementar grafik operatsiyalardan tashqari uch o‘lchamli tasvirlarni grafik qayta o‘zgartirishlar, proektsiya, kesim va h.k.larni qurish protseduralari amalga oshirilishi mumkin. Grafik o‘zgartirishlar DMKsida ba’zi tez-tez foydalaniladigan tasvirlarni shakllantirish, grafik ma’lumotlar bazasini boshqarish, grafikaviy nimdasturlarni sozlash uchun vositalar odatda nazarda tutiladi.

Dialogli rejim grafik va (yoki) belgi (simvol)li informatsiyalarni kiritish, nazorat, redaktorlash, qayta o‘zgartirish va chiqarishni amalga oshiradigan dasturaviy-metodik komplekslar yordamida amalga oshiriladi. Topshiriqlarni bajarilishini paket rejimida va uzoqdagi terminallarga natijalarni chiqarishni aloqa kanallari orqali ta’minlaydi. ALTda vazifasi umumiy bo‘lgan dialogli DMKlar bilan bir qatorda ixtisoslashgan DMKlardan ham foydalanish mumkin. Vazifasi umumiy bo‘lgan DMKlarni ALTni yaratish va ekspluatatsiya qilishning boshlang‘ich bosqichlarida qo‘llash maqsadga muvofiq; bu DMKdan loyihalash metodologiyasini, ma’lumotlar va amaliy dasturlarga ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish va tekshirish uchun foydalaniladi. Keyinchalik ALTda dialogni tashkil qilish bo‘yicha maxsus talablarni hisobga olgan holda DMKlarni modifikatsiyalash mumkin. Bunda so‘rovlarga dialogli yoki paketli rejimda ishlov berilishini; tizimning programmist bo‘lmagan foydalanuvchiga yo‘nalishini; yuqori daraja tillardagi dialogli amaliy dasturlar kiritilishi (qo‘shilishi) yo‘li bilan tizim kengaytirilishi mumkinligini; «menyu» va direktivalar yordamida dialogni boshqarish imkonini hisobga olish zarur. AIJ ruknlari uchun umumtizimiy DMKlarning tavsiya qilinadigan to‘plami 2.1-jadvalda keltirilgan.



2.1-jadval.


Yüklə 72,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin