2-mavzu. Marketing axboroti va marketing muhiti, bozor va iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi reja



Yüklə 118,49 Kb.
səhifə1/33
tarix20.11.2023
ölçüsü118,49 Kb.
#163534
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Maruza 2


2-MAVZU. MARKETING AXBOROTI VA MARKETING MUHITI, BOZOR VA ISTE’MOLCHILARNI O’RGANISH VA BOZOR SEGMENTATSIYASI
REJA:
2.1. Marketing faoliyatida axborotning o’rni va ahamiyati. Marketing axborotlarining o’ziga xos xususiyatlari, turlari.
2.2. Marketing muhiti.
2.3. Iste’molchilarni o’rganish va bozor segmentatsiyasi.
2.4. Bozor segmentasiyasi tushunchasi.
2.5. Bozorni segmentlashning asosiy tamoyillari.


2.1. Marketing faoliyatida axborotning o’rni va ahamiyati. Marketing axborotlarining o’ziga xos xususiyatlari, turlari.


Marketing axboroti – bu marketing faoliyatini tahlil qilish va prognozlash uchun zarur bo‘ladigan raqamlar, dalillar, ma’lumotlar, baholar, taxminlar va boshqa ma’lumotlar yig’indisidir.
Marketing faoliyatida marketing axborotlari quyidagi vaziyatlarda zurur bo’ladi:

  1. Marketing faoliyatidagi tavakkalchiliklar va noaniqliklarga aniqlik kiritish;

  2. Marketing faoliyatida u yoki bu qarorlarni qabul qilish;

  3. Qabul qilingan qarorlarning natijalarini tahlil qilish va baholash;

  4. Ichki va tashqi muhit holatini tahlil qilish;

  5. Bozor kon’yunkturasi holatini tahlil qilish, bozor vaziyati va korxona imkoniyatlarini aniqlash;

  6. Raqobat kurashi darajasini va yetakchi raqobatchilarning strategiyalarini aniqlash va boshqalar.

Korxonalarda marketing xizmati xodimlarining marketing faoliyati bilan bog’liq ish jarayonining kamida uchdan bir qismini, ayrim faoliyat yo’nalishlarida teng yarimini axborot to’plash, qayta ishlash, axborotlar asosida tezkor qarorlar qabul qilishga sarflaydi. Chunki, bozor kon’yunkturasi, bozor vaziyati muntazam o’zgarib turadi. Natijada tezkor marketing axborotlariga bo’lgan talab korxonalarda oshib boradi. Umuman, talab hajmining o’zgarish dinamikasi, sotuv hajmining o’zgarishi, iste’molchilar xatti-harakatlaridagi o’zgarishlar, korxonaning ichki va tashqi muhitidagi o’zgarishlarni muntazam ko’zatib borish hamda tegishli axborotlarni yig’ish marketing faoliyatining muhim funksiyalaridan hisoblanadi.
Marketing axborotlari ham iqtisodiy axborotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan birga marketing axborotlarining ham o’ziga xos jihatlari mavjud. Marketing axborotlariga quyidagilarni kiritish mumkin: bozor va uning kon’yunkturasi haqidagi axborot, iste’molchilar va ularning ehtiyojlari haqidagi axborot, raqobatchilar va ularning strategiyasi haqidagi axborot, tovar sotishning uslublari va shakllari haqidagi axborot, korxonaning o’z faoliyati haqidagi axborotlar.
Barcha axborotlarga bo’lgan talablar kabi marketing axborotlariga ham bir qator talablar qo’yiladi:

  1. Dolzarblik: haqiqiy ma’lumotlarni o’z vaqtida taqdim etish;

  2. Ishonchlilik: marketing axborotining haqiqiy voqyealarga mosligi;

  3. To’liqlik: tadqiqot obyekti ko’rsatkichlaridan maksimal darajada foydalanish;

  4. Maqsadga muvofiqlik: ma’lumotlarning tadqiqot maqsadlariga muvofiqligi.

Korxonalarda marketing faoliyati bilan bog’liq axborotlar bilan ishlash marketing axborot tizimi (MAT) orqali amalga oshiriladi. Marketing axborot tizimi korxonaning marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plash, jamlash va ishlov berishning usullari, uslublari, tashkiliy tadbirlari va texnik vositalarining yig’indisi, deb ta’riflanadi. MAT korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim tarkibiy qismidir.
MATning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, u axborotning ichki va tashqi manbalaridan foydalanib bozor bilan aloqalarning rivojlanishini ta’minlaydi.
Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:

  1. Marketing faoliyatini shakllantirishda korxonaning ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

  2. Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va operativ qarorlarini ishlab chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi haqidagi axborot.

  3. O’ziga xos harakterdagi qo’shimcha ma’lumotlarni olish maqsadida korxonada o’tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari natijalari haqidagi axborot.

  4. Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma’lumotlarni yig’ish, ularni tahlil qilish va prognozlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda).

MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni kamaytirish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni doimo to’plab borishdan iborat.
Tashqi manbalardan ma’lumotlar asosan marketing razvedkasi va marketing tadqiqotlari asosida olinadi.

Yüklə 118,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin