2-mavzu: pul nazariyalari



Yüklə 114,38 Kb.
səhifə13/14
tarix07.01.2024
ölçüsü114,38 Kb.
#205976
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2-MAVZU PUL NAZARIYALARI

O’rgan talaba !
Foiz stavkasining ortishi bilan pulga talab tushishi haqidagi fikr bor chunki alternativ ushlanishlar ortadi va ularni saqlash bo’yicha va ularni kutilayotgan daromad tushunchasi bilan yuqoridagi ko’rib chiqqan tushuncha bilan ko’rib chiqishimiz mumkin. Foiz stavka ortgan paytda alternativ aktivning kutilayotgan daromadi ortadi va kutilayotgan pulning daromadi kutilayotgan obligatiyalardan keladigan daromadga nisbatan pasayadi. Shu tufayli pulga talab pasayadi. Bu ikki tushuntirish bir xil chunki alternativ aktivlarni saqlash ushlanishlarining o’zgarishi uning kutilayotgan daromadga nisbatan o’zgarishini tushuntiradi. Bu bo’limda alternativ ushlanishlar tushunchasining ishlatilishi sababi shuki, Baumol va Tobin pulga bo’lgan transaksion talabni o’rganishda ishlatishgan edi. Bu ikki terminologik yondashning teng qadr qimmmatli ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida kutilayotgan daromad terminologiyasidan foydalanib, quyida pulga ehtiyotkorlik bo’yicha talab tushunchasini izohlab bering.
Ehtiyotkorlik bo’yicha pulga bo’lgan talab.
Ehtiyotkorlik motivi bo’yicha ishlab chiqilgan pulga talab modeli analitik yondashuv asosida ishlab chiqilgan, Baumol-Tobin modeli kabi, shuning uchun biz uni bu erda izchillik bilan o’rganmaymiz. ehtiyotkorlik motivi bo’yicha pulni saqlash motivini alternative ushlanishlar bilan taqosslash kerak qaysiki (alternativ ushlanishlar) qo’lga kiritmagan foizlar evaziga. Yana o’sha tanlov muammosi paydo bo’ladi, ya’ni transaksionli motivdagi kabi. Foiz stavkalarining ortishida, alternative ushlanishlardagi ehtiyotkorlik motivi asosida saqlanayotgan pullar ortadi va ularga bu motiv bo’yicha talab kamayadi. Yana o’sha natijaga ega bo’lyapmiz. Baumol Tobin modeliga o’xshab. Ehtiyotkorlik motivi asosida pulga talab foiz stavkalariga teskari bog’lanishda.
Pulga bo’lgan spekulyativ talab.
Pulga talabning Keynschilikning spekulyativ modeliga binoan aholi o’z boyligini faqat pul ko’rinishida (agar kutilayotgan daromad obligatsiyalardan, puldan kutilayotgan daromaddan kamroq bo’lsa) yoki obligatsiya ko’rinishida (daromadning teskari munosabatda) bo’lsa, faqatgina bu ikki ko’rsatkichni tengligida (juda kam hollarda) aholi aktivlarni ikki ko’rinishda saqlaydi. Bundan kelib chiqadiki, Keynsning modeli tahmin qiladiki, deyarli hech kim obligatsiyani ham pulni ham qadr qiymatini saqlab qolish uchun bir vaqtda ishlatmaydi. Keyns nazariyasida kamdam kam uchraydigan aktivlarning diversifikatsiyasi va ko’plab tadqiqotlarga asoslanishi, bu pulga bo’lgan spekulyativ talab nazariyasining qattiq tanqidga uchrashiga sabab bo’ldi.
Keynchilik yondashuvidagi kamchiliklarni yengish uchun Tobin spekulyativ pulga talab modelini ishlab chiqdi, tahminlarga asoslangan, qaysiki moliyaviy aktiv portfelinining strukturasini aniqlashda aholi faqat kutilayotgan daromadni emas, balki shu bilan birga bu aktivning boshqa aktiv bilan taqqoslagandagi riskini hisobga oladi. Tobin tahmin qildiki ko’pchilik tavakkalchilik qilmaydi va kamroq daromad olib kelish ko’rinishida aktivlarni ushlashadi. Muhimi pul daromadi aniq (Tobin tahmin qilardii u nolga teng). Shuning uchun agar obligatsiyalardan kutilayotgan daromad puldan kutilayotgan daromaddan yuqoriroq bo’lsa ham odamlar boyligini pul ko’rinishida saqlashadi chunki obligatsiyalar yuqoriroq riskka ega bo’lgan aktivdir.
Tobin modelidan kelib chiqadiki, risk darajasining moliyaviy aktivlar portfelida pullar va obligatsiyalar saqlashni diversifikatsiya qilish orqali pasaytirishi mumkin. Tobin modeli Keyns modeliga nisbatan asosliroq chunki iqtisodiy agentlarning say harakatini aniqroq ifodalaydi.
Ammo Tobin Keynsning pulga spekulyativ talabining kamchiliklarini to’liq hal qila olmadi. Hatto pulga spekulyativ talab borligi shubha uyg’otadi. Nima agar nolevoy riskli aktivlar mavjud bo’lsa ( pulga o’xshash) ammo yuqori daromadli? Shu holatda pulga spekulyativ talab bo’lishi o’rinnli bo’ladimi? Yo’q, chunki aholi pulni emas bu aktivni saqlashni istaydi. Natijada moliyaviy aktiv potrfeli daromadi ortadi va risk ortmaydi. Ammo bunday veksellar mavjudmi amerika iqtisodiyotida? Ha, AQSh g’azna veksellari va boshqa aktivlar defolt riski va pul daromadi bilan aloqasi yo’q. Unday bo’lsa nega jamg’armani naqd pul ko’rinishda saqlash lozim(transaksion motiv va ehtiyotkorlik motivini hisobga olmagan holda)?
Tobin modeli buni tushuntirmasa ham nega aholi jamg’armasini naqd pul ko’rinishida saqlaydi, bu qanday qilib iqtisodiy agentlar aktivlarni tanlashida yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Tobin modeli aktivlarni baholash nazariyasida va aktivlarning moliaviy portfelini tuzishda( u yoki bu aktivlarni sotib olishda qaror qabul qilishda)yangi bosqich bo’ldi.
Ko’rganimizdek Keynsning tarafdorlari pulga talabning uchta turini yaxshiroq tushuntirib berishga harakat qilishdi (transaksionlik bo’yicha , ehtiyotkorlik va spekulyativ bo’yicha). Keys tomonidan asoslangan pulga spekulyativ talabini qisman takomillashtirishga erishildi chunki bunday talab mavjudmi yoki yo’qmi degan savol paydo bo’ladi. Ammo transaksion va ehtiyotkorlik talabi bu ikki tarkibni foiz stavkasiga nisbatan teskari bog’liqlikni ko’rsatadi. Bu Keyns aytganalarini isbotlaydi ya’ni pulga talab foiz stavkaga bog’liq bundan kelib chiqadiki pulning aylanaish tezligi doimiy emas va nominal daromad faqatgina pul massasi bilan emas balki boshqa faktorlar bilan ham bog’liq.9


Yüklə 114,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin