2-mavzu. Xalqaro baholash dasturlarining me’yoriy asoslari Reja


ICILS-kompyuter va axborot savodxonligi bo`yicha xalqaro tadqiqot. TALIS-ta’lim berish va o`qitish tizimlari bo`yicha xalqaro tadqiqot



Yüklə 24,11 Kb.
səhifə3/3
tarix11.09.2023
ölçüsü24,11 Kb.
#142671
1   2   3
2 STEAM

3.ICILS-kompyuter va axborot savodxonligi bo`yicha xalqaro tadqiqot. TALIS-ta’lim berish va o`qitish tizimlari bo`yicha xalqaro tadqiqot.
Taʼkidlash joizki, TALIS (Teaching and Learning International Survey) oʻqituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi taʼlim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot boʻlib, har 6 yilda oʻtkaziladi. Soʻnggi marta 2018-yilda oʻtkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan boʻlib, natijalari 2020-yilda iyun oyida eʼlon qilingan edi.Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali oʻqitish va oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan taʼlim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yoʻnalishlarni koʻrib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy maʼlumotlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab oʻqituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro darajada oʻz fikrini bildirish imkonini beradi.
— Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil topgan kunlardan boshlab, tizimda sifat koʻrsatkichlarini yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilib kelmoqda, — dedi u. — Shu nuqtai-nazardan sohadagi muammo va yutuqlarimizni va shaffof tarzda aniqlab olish biz uchun juda muhim.
Umuman olganda, TALIS tadqiqotlarini mamlakatimizda oʻtkazish boʻyicha bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Shunday ekan biz uchun bu tizim begona emas. Xususan, soʻnggi yillarda umumtaʼlim maktablari milliy reytingini aniqlashda ham mazkur tizimga moslashtirilgan soʻrovnomalardan muntazam tarzda foydalanib kelyapmiz. Bu orqali qator yutuq va kamchiliklarimizni mamlakat miqyosida aniqlab kelmoqdamiz.Ushbu tadqiqotning xalqaro miqyosda oʻtkazilishi esa mamlakatimizdagi taʼlim tizimini obyektiv baholab, muammo va kamchiliklarimizni boshqa mamlakatlar bilan solishtirishimizga va kelgusidagi rejalarimizni yana-da aniqroq belgilab olishimizga xizmat qiladi.
"TALIS tadqiqoti oʻqituvchilar va maktab direktorlari oʻrtasida olinadigan soʻrovnomalar orqali taʼlim muassasasidagi boshqaruv muhiti baholanadi. Unda tasodifiylik asosida tanlab olinadigan oʻrtacha 200 ta taʼlim muassasasi, 4000 nafar oʻqituvchi va 200 nafar maktab direktori qatnashishi koʻzda tutilgan. Xalqaro tadqiqotlar natijalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash va olinadigan tahlillarning qamrovini kengaytirish maqsadida PISA tadqiqoti oʻtkaziladigan maktablar bilan bogʻliq holda amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud. Tadqiqotning maqsadi taʼlim muassasalaridagi ahvolni, oʻqituvchilarning faoliyatidagi muammolarni tizimli tahlil qilib, natijalarni individual tarzda emas, balki reprezentativlik tamoyili asosida davlatlar va xalqaro miqyosda solishtirma tahlillar olib boriladi.Shuningdek, 2024-yildagi tadqiqotlarda OECD tomonidan faqatgina maktab oʻqituvchi va direktorlari emas, balki uning qamrov darajasini maktabgacha va oliy taʼlim tizimiga ham taʼminlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari, oʻqituvchilarning pedagogik salohiyatini ham baholash modullari tanlov asosida kiritilganligi tadqiqotning yangi davriyligidagi oʻziga xosliklarda biridir, lekin bu ishtirokchi davlatlarning tanloviga bogʻliq" — deyiladi OECD vakilining taqdimotida.Shuni taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim muassasalarining ushbu nufuzli xalqaro TALIS tadqiqotida ishtirok etish masalasi hukumatning 2018-yildagi qarorida belgilangan boʻlib, ushbu tadqiqotda qatnashish boʻyicha Taʼlim inspeksiyasi va OECD oʻrtasida bir necha marta olib borilgan uchrashuvlar natijasida, tadqiqotda qatnashish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilgan edi. Tadqiqotda ishtirok etish boʻyicha moliyaviy masalalar esa inspeksiya va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihada koʻzda tutilgan.
Maʼlumot uchun, Shanxayda TALIS-2013 natijalariga koʻra oʻqituvchilar oylik maoshi 10 foizga oshirilgan. Avstraliyada oʻqituvchilarni oliy taʼlimdan keyingi tayyorgarligi boʻyicha yangi dasturlar joriy etilgan, professional standartlar yangilangan. Italiyada “Yaxshi maktab” loyihasi doirasida oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratilib, oʻqituvchilarga haq toʻlash tizimiga oʻzgartirish kiritgan bunda asosiy eʼtibor oʻqituvchilar faoliyat samaradorligiga qaratildi. Angliyada maktablar uchun 1 kun (yiliga 3-marta) davom etadigan “qisqa tekshiruvlar” joriy etilib, ushbu holat navbatdagi tadqiqotlarda pedagoglar tomonidan “yaxshi” deb baholangan. Hozirgi kunda ta'lim tizmini xalqaro darajda baholash muhim ahamiyatga ega. Chunki, bu orqali har bir baholash dasturida ishtirok etayotgan davlat qaysi o'rinda ekanligini, yutuq va kamchiliklarini, o'z ta'lim tizimini qanday qilib yanada rivojlantirishi kerak ekanligini, qanday chora-tadbirlar o'tkazish kerakligini bilib oladi va eng muhimi xalqaro darajada tajribaga ega bo'ladi.
Bugungi kunda PISA, PIRLS, TIMSS, ICILS kabi bir qator xalqaro baholash dasturlari bo'lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishda mez on sifatida keng qo'llanilmoqda:
• PISA - o'quvchilarni ta'limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi;
• PIRLS - matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot;
• TIMSS - maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring;
• ICILS - kompyuter va axborot savodxonligi bo'yicha xalqaro tadqiqot . NATIJALAR
O'quvchilarnining ta'limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi hisoblanadigan PISA xalqaro baholash dasturi va uning ta'lim tizimizdagi ahamiyati haqida so'z yuritishdan oldin ushbu dastur haqida qator ma'lumotlarga ega bo'lishimiz lozim.
PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) - turli davlatlarda 15 yoshli o'quvchilarning (o'qish, matematika, tabiiy fanlar) savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo'llash qobiliyatini baholovchi dastur.
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o'tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo'llanilgan. Bu dasturni amalga oshirishdan maqsad o'quvchilarda XXI asr ko'nikmalarini shakllantirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratish hisoblanadi. Ushbu dastur o'quvchilarni egallagan aniq faktlarga asoslangan bilimlarini emas, balki ularning ijodiy ko'nikmalarini, olgan bilimlarini hayotda qay darajada qo'llay olishliklarini, biror bir masala yuzasidan o'z shaxsiy fikrlarini bayon eta olishlarini hamda kelajakda uchrashi mumkin bo'lgan turli xil vaziyatlardan qay daraja chiqib keta olishliklari yuzasidan qarashlarini baholovchi dastur hamdir. Ushbu dastur quyidagi 5 ta yo'nalishda baholaydi: o'qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik, moliyaviy savodxonlik hamda kompyuter savodxonlik kabi. Testda quyidagilarga asosiy e'tibor qaratiladi:
1) eng asosiy tushnchalarni bilish
2) bazaviy ko'nikmalarning egallanganligi
3) hayotiy vaziyatlarda qo'llay olishi
Yuqoridagi faktlardan ham ma'lumki, PISA baholash tizimida ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bilimga emas, balki o'quvchidagi nutqiy kompetensiylarni rivojlantirish va ularni amalda qo'llay olish borasidagi qarashlar baholanadi. O'quvchi 15 yoshida har tomonlama rivojlangan katta hayotga qadam tashlayotgan bo'ladi. PISAning asosiy maqsadi ham mana shu qadamni to'g'ri yurishni rivojlantirish desak mubolag'a bo'lmaydi.
2021-yilda o'tkaziladigan navbatdagi PISA xalqaro baholash dasturida bizning mamlakatimiz 3 ta yo'nalishda xususan, o'qish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik bo'yicha ishtirok etishi ko'zda tutilmoqda. Ushbu dasturda ishtirok etish bizga juda katta natija berishi mumkin, masalan, davlatimiz xalqaro tizimda qay o'rinda ekanligini bilib oladi, natijalarga qarab yanada ta'lim tizimi isloh qilinadi, xalqaro tajribaga ega bo'ladi. Bu jarayonga tayyorgarlik chog'ida tegishli ta'lim muassasalari rahbarlariga katta ma'suliyat yuklanadi, ular ushbu dasturga tayyorgarlik chog'ida ko'plab tajriba va ko'nikmalarga ega bo'lishadi. Eng asosiysi o'quvchilarda xalqaro darajada baholanish imkoniyati paydo bo'ladi, ular ushbu dasturda o'z ishtiroklari bilan ko'plab bilimga va malakaga ega bo'lishadi
Ushbu dastur yordamida ko'plab fanlarda katta-katta natijalarga erishilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ayniqsa, adabiyot fanida ko'plab yutuqlarga erishish mumkin. Masalan, bizning boy ma'naviy boyligimiz hisoblanuvchi adabiyotlar, badiiy asarlarimiz bunga yaqqol misol bo'la oladi. Adabiyot - har bir xalqning muhim ma'naviy bo'g'ini hisoblanadi. Shunday ekan, bu fanni ham xalqaro darajaga olib chiqilsa, yaxshi natijalarga erishish mumkin. PISA dasturida ham asosiy e'tibor aynan o'quvchining ijodiy, kreativ fikrlashi, biror muammo yoki voqea yuzasidan shaxsiy fikrini to'liq bayon eta olish qobiliyati kabi jihatlarga alohida urg'u berilyapti. Bundan kelib chiqadigan bo'lsak, biz badiiy asarlarimizdagi qahramonlar taqdiri, ularning asar davomida kechirgan hayotiy haqiqatlari, turli vaziyatlardan to'g'ri yoki noto'g'ri chiqib keta olishi kabi holatlarni ushbu dasturga qiyoslasak bo'ladi. Biz bu bilan o'quvchilarda bevosita asar bilan tanishtirgan holda, ushbu asar qahramoni kabi hayotda duch keldigan turfa xil to'siqlardan, vaziyatlardan to'gri va unumli chiqib keta olish, har bir jarayonga nisbatan o'z shaxsiy munosabatini bildirish, nutqiy kompetensiyalarni ya'nikim, tushunib o'qish, gapirish, yozish singari ko'nikmalarni to'gri hosil qilgan bo'lamiz.

Nazorat savollari:
1. Xalqaro baholash dasturlari metodologiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. PISA-Programme for International Student Assessment-maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi qanday amalga oshiriladi?
3. PIRLS- Progress in International Reading Literacy Studu-matnni o`qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot qanday o’tkaziladi?
4. ICILS-kompyuter va axborot savodxonligi bo`yicha xalqaro tadqiqot va TALIS-ta’lim berish va o`qitish tizimlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarning bir biridan farqi va bog’liq jihatlari nimada?
Yüklə 24,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin