Jismoniy shaxslarning jami daromadi kodeksning 171 moddasida aks ettirilgan. Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagi lar kiradi:
1).mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;
2).mulkiy daromadlar;
3).moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4).boshqa daromadlar.
Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish predmeti bo’lgan lik-huquqiy turdagi shartnomalarga muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to’lanadigan barcha to’lovlar kiradi.Bulardan tashqari mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga quyidagi lar xam kiradi:
Rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlar:
yillik ish yakunlari bo’yicha muvofot,bir yo’la beriladigan mukofotlar;
kasb maxorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar;
yuridik shaxsning mukofotlash to’g’risidagi koidasida nazarda tutilgan rag’batlantirish
xususiyatiga ega to’lovlar;
ta’tilga qo’shimcha haqlar;
ko’p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to’lovlar;
rasionalizatorlik taklifi uchun to’lov;
2 ) Kompensasiya to’lovlari:
tabiiy-iklim sharoitlari nokulay bo’lgan joylardagi ishlar bilan bog’liq qo’shimcha