2. Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalarining tavsifi


Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi



Yüklə 96,34 Kb.
səhifə2/6
tarix17.05.2023
ölçüsü96,34 Kb.
#114849
1   2   3   4   5   6
Tijorat banklarining passiv va aktiv operatsiyalari bo\'yicha foiz

1 Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi
Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur bыlgan kredit resurslarini tashkil qiladi.
Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud:
Tijorat banklari qimmatbaщo qog‘ozlarini muomalaga chiqarish yo‘li bilan resurslar yig‘ish;
Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish
yoki fondlar summasini oshirish;
Boshqa kreditlarning mablag‘larini jalb qilish;
Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.
Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari jalb qilingan va emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. YUkorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarining ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi.Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga quyilmalar qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning uz mablag‘lari bilan chetdan jalb kilingan resurslar o‘rtasida chegarani belgilab beradi. Banklarning aksiyador kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumkin.
Bular:
a) – bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fondi hisobidan yuzaga keladi;
b) xar xil ko‘zda tutilmagan holatlar uchun tashkil kilingan rezervlar.
v) bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzok muddatli veksel va obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin.
Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga hosil bo‘ladi va u ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatli qog‘ozlar kursining tushishi natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan.Taqsimlanmagan foyda — rezerv fondiga ajratmalar va dividendlar tыlanganidan so‘ng qoladigan foydaning bir qismidir.Banklarning o‘z mablag‘lari tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarning o‘z kapitali hissasining kamayishi ba’zi hollarda banklarning sinishiga olib keladi.
Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo‘yilmalari muhim rol tutadi. Ular to‘liq summaga yoki bo‘lib-bo‘lib qo‘yiladi va berilishi mumkin. Omonatchi va bank o‘rtasidagi mablag‘ ko‘yishi bilan bog‘lik munosabat omonat daftarchasini berish bilan tasdiqlanadi. Banklar to‘lovchilik asosida turli xil maqsadli qo‘yilmalarni, muddatli yoki talab kilish hamda olish mumkin bo‘lgan jamg‘armalar qabul qiladilar.
Banklar mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, barcha mamlakatlarda bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turiladi. Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan mablag‘lar orasidagi nisbatni bir qator zaruriy me’yorlar yordamida tartibga soladi.
Bu quyidagi normativlar:
kapital etarliligi,
bir kredit oluvchiga to‘g‘ri keladigan maksimal risk miqdori,
aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo‘riqnomasiga muvofiq, aholidan pul omonatlarini jalb qilish miqdori bankning o‘z kapitali miqdori bilan chegaralanadi.
Banklar jalb qiladigan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
bank mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb qilgan mablag‘lar (depozitlar),
o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash (depozit va jamg‘arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar)
banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan olinadigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va boshqalar kiradi.Halqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
depozitlar;
nodepozit resurslar.
Keng ma’noda passivlarni boshqarish omonatchilar va boshqa kreditorlarning mablag‘larini jalb va mazkur bank uchun mablag‘lar manbalari tegishli kombinatsiyasini belgilash bilan bog‘liq faoliyatdir.Tor ma’noda esa passivlar operatsiyalarini boshqarish deganda zaruriyatga ko‘ra qarz mablag‘larini faol ravishda topish yo‘li bilan likvidlika bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan harakatlar tushuniladi.
Depozit va ularning turlari
Depozitor bankka kela olmagan yoki u depozit operatsiyalariga doir zarur hujjatlarni mustaqil ravishda to‘ldira olmagan hollarda uning depoziti bo‘yicha operatsiyalar ishonchli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Uning vakolati amaldagi qonunchilikka muvofiq asoslangan bo‘lishi lozim.O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar depozit operatsiyalarning sub’ektlari bo‘la oladi.
Depozitlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda qo‘yilishi mumkin.YUridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qo‘yiladigan depozitning eng kam miqdori har bir bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.Bank qabul qiladigan depozitning eng ko‘p miqdori chegaralanmaydi. Barcha depozitlar joriy mablag‘lar tarzida qabul qilinadi va shu asosda to‘lanadi. Depozitlar tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllarda kelib tushsa, ular undirib olish sharti bilan qabul qilinadi, biroq, summa bankning hisobvarag‘iga kelib tushmaguncha ushbu depozitga kiritilgan hisoblanmaydi.
Depozitlar jismoniy shaxslardan, shu bilan birga 14 yoshga to‘lgan yoshlardan qabul qilinishi mumkin. O‘z nomiga omonat qo‘ygan, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan balog‘atga etmagan yoshlar o‘z omonatlarini mustaqil ravishda tasarruf etadilar.Layoqatli har qanday jismoniy shaxslar balog‘atga etmagan shaxs nomiga omonat qo‘yishi mumkin.Har qanday vasiy va ishonchli shaxs ham uning vasiyligiga topshirilgan shaxs nomiga depozit hisobvarag‘i ochishi mumkin.
Biror shaxs tomonidan balog‘atga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan omonatlarni quyidagilar tasarruf etishlari mumkin:
a) 14 yoshga to‘lguniga qadar - ota-onalar yoki balog‘atga etmagan shaxsning boshqa qonuniy vakillari;
b) vasiylik kengashining ruxsati bo‘lgan vasiylar;
v) 14 yoshga to‘lganidan so‘ng - ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarning yozma ravishdagi roziligiga ko‘ra balog‘atga etmagan shaxslarning o‘zi.



Yüklə 96,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin