26-variant Ko‘pyoqning turlari haqida malumot bering


-topshiriq. Bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida birgalikda ishlaydilar



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə3/11
tarix19.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#88735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MO\'M 26-variant

173-topshiriq. Bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida birgalikda ishlaydilar.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning har bir qirrasi uzunligini aytadilar. a) har bir yoqning yuzini; b) to‘g‘ri burchakli parallelepipedninghamma yoqlari yuzining yig‘idisini hisoblaydilar.

AO = 3sm, TD = SC = PB = 3 sm
AD = BC = OT = PS = 4sm
a)AOTD ning yuzi = 3 ˑ 4 = 12 kv. sm
AOTD = PSCB = 12 kv. sm
AOPB ning yuzi = 3 ˑ 2 = 6 kv. sm
AOPB = TSCD = 6 kv. sm
OPST = ABCD = 2 ˑ 4 = 8 kv. sm
b)To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hamma yoqlari yuzining yig‘idisini topish uchun 6 ta yoqni bir-biriga qo‘shiladi yoki 3 ta har xil yoqni qo‘shib, keyin uni ikkiga ko‘paytiriladi.
(8 + 12 + 6) ˑ 2 = 52 kv. sm
174-topshiriqda o‘qituvchi avvaldan tayyorlab qo‘yilgan simdan Simdanyasalgan kub shaklini o‘quvchilarga ko‘rsatadi va bunda hammasi bo‘lib qancha sim ishlatilganini so‘raydi. Agar kubning 8 ta qirrasi bo‘lsa, demak uni yasash uchun 8 ta sim bo‘lagi ishlatilganini ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab o‘rganadilar.
V.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mavzuni mustahkamlashda ekranda mavzuga oid trenajor mashq bajariladi. Bunda kub, piramida, parallelepiped, konus, silindrlarningo‘zi va yoyilmasi aralashgan holda beriladi. O‘quvchilar berilgan geometrik jismlarni ularning yoyilmasi bilan moslashtiradilar.
175-topshiriq.
O‘quvchilar bu topshiriqni guruhlarda bajaradilar va bajargan ishlarini taqdimot qiladilar. 1- va 2-guruhlar qirralarining uzunligi1 sm bo‘lgan kub sirtining yuzini, 3 – va 4-guruhdagilar qirralarining uzunligi 5sm bo‘lgan kub sirtining yuzini, 5 – va 6-guruhdagilar qirralarining uzunligi 4 sm bo‘lgan kub sirtining yuzini, (hamma yoqlari yuzini) hisoblaydilar.
Dars yakunida mavzu bo‘yicha tuzilgan testni bajaradilar.
V. Darsni yakunlash, o‘quvchilarni baholash:
-Bolajonlar bugungi mavzu yuzasidan kimda qanday savol bor?
Dars davomida berilgan barcha topshiriqlar yuzasidan g‘olib guruh aniqlanadi va rag‘batlantiriladi. Qolgan guruhlar ham rag‘batlantiriladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin