3-bob. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi xodimlarining malaka tavsiflari 23-§. Tuman (shahar ) maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri lavozimning malaka tavsiflari



Yüklə 255,81 Kb.
səhifə4/14
tarix02.06.2023
ölçüsü255,81 Kb.
#122514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
MTB lavozim yo\'riqnoma lotin

Tanishdim: A.Utelbayev

Maktabgacha ta’lim bo’limining


2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova
30-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va metodik xizmatni tashkil etish sho’ba metodisti lavozimining
malaka tavsiflari

Tartib raqami

1718

Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi

2341

Xodimlar toifasi

Mutaxassis



  1. Lavozim vazifalari:

O’zbekistan Respublikasi Qonunlari, O’zbekistan Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bo’lim mudiri hamda sho’ba mudiri tomonidan o’ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to’liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
bo’lim kengashi, ishlab chiqarish yig’ilishlarida ishtirok etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va uzluksiz metodik xizmatni yo’lga qo’yish yuzasidan ma’lumotlar tayyorlash va muhokamaga kiritish, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash;
bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularni maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha ta’lim soxasiga oid normativ-hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borilishini nazorat qilish;
tashkilotlarni attestatsiya va akkreditatsiyadan sifatli o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkil etish, ichki va tashki baholash jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda “ONAKS” elektron platformasiga o’z muddatida joylashtirib borish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonini o’rganish hamda o’rganish natijalari asosida ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar tayyorlash, metodik yordam ko’rsatish;
ta’lim-tarbiya jarayoni sifatli deb topilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida tayanch ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish, ularning negizida ilg’or tajribalar almashish, yangi pedagogik, axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish masalalari bo’yicha uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar o’tkazish, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishni ta’minlash;
tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga metodik xizmat ko’rsatish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’limga qo’yilgan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablariga mos shart-sharoitlar yaratilishini o’rganish;
maktabgacha ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimiz va jahonda sohani rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini pedagoglar, ota-onalar hamda tarbiyalanuvchilar ongiga etkazishni nazarda tutadigan seminarlar tashkil etish;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish soxalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratish;
bolalarning rivojlanish har italarini yuritilishini nazorat qilish, xulosalar yuzasidan tegishli metodik maslaxatlar berish;
maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog va rahbar xodimlar o’rtasida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasidan foydalanadigan va amaliyotga tatbiq etadigan ilg’or ish tajribalarni aniqlash, o’rganish va ommalashtirishga doyr hujjatlarni umumlashtirish;
maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik va psixologik usullar bilan o’qitishning ilg’or shakl va usullarini o’yinlar orqali joriy etilishi yuzasidan amaliy metodik yordam ko’rsatish;
ta’lim berish tilidan kelib chiqib, pedagoglarning o’quv-metodik qo’llanmalarga bo’lgan ehtiyojlarini aniqlash yuzasidan ma’lumotlar bankini yaratish, so’rovnomalar o’tkazish va tahlil qilish;
maktabgacha ta’lim tizimiga doyr bolalar badiiy adabiyotlari, metodik adabiyotlar bilan ta’minlash bo’yicha takliflar tayyorlab, bo’lim mudiriga o’rnatilgan tartibda buyurtmalar kiritish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning kasbiy salohiyati va ta’lim sifatini oshirish maqsadida, metodik adabiyot va qo’llanmalarni pedagoglar va ota- onalarga etkazilishini ta’minlash;
bo’limning tegishli sho’balari bilan o’zaro hamkorlik ishlarini amalga oshirish;
o’z yo’nalishi bo’yicha tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni tayyorlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish.

  1. Bilishi lozim:

maktabgacha ta’limi tizimiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mazmun- mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni;
maktabgacha pedagogika, maktabgacha bolalar psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasi va ularni hayotga tatbiq etish yo’llarini;
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo’llarini;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etilishini tahlil qilish va amaliy yordam berish shakllarini, ta’lim metodlarini va vositalarini;
ilg’or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq; etish metodlarini, jamoada kupay psixologik muhit yaratishni;
maktabgacha ta’limga oid sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish yo’riqnomasini.

  1. Malaka talablari:

maktabgacha ta’lim yoki psixologiya yo’nalishlari bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
ikki yildan kam bo’lmagan pedagogik ish staji.

Tanishdim: D.Musayeva


Maktabgacha ta’lim bo’limining


2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova
31-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, bolalar salomatligi va xavfsiz ovqatlanishni ta’minlash sho’ba mudiri lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami

859

Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi

1229

Xodimlar toifasi

Boshqaruv



  1. Lavozim vazifalari:

O’zbekistan Respublikasi KDnunlari, O’zbekistan Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bo’lim mudiri tomonidan o’ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini tupik; bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
sho’ba faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning yillik, choraklik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishiga tashkil qilish, ularni bo’limning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
sho’ba xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;
ish taqsimoti asosida sho’ba xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini ta’minlash;
bo’limning boshqa sho’balari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, faoliyat yo’nalishlari bo’yicha tegishli axborotlarni yig’ish, tahlil qilish;
bo’lim Xdy’ati, ishlab chiqarish yig’ilishlarida ishtirok etish;
maktabgacha ta’lim tizimida sog’lom va xavfsiz ovqatlanish masalalarini rivojlantirish hamda sho’ba faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, uni bo’limning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish hamda bajarilishini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni belgilangan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiena normalariga muvofiq holda sog’lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etilishini nazorat qilish;
xorijiy ilg’or ish tajribalarni o’rganish asosida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qulay bo’lgan, amaliyotda sinalgan ovqatlantirishning noan’anaviy usullarini keng joriy etish (Autsorsing, keytring va boshqalar);
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarini sog’lom ovqatlantirish bo’yicha yuritiladigan hujjatlarni to’gri yuritilishini nazorat qilish va metodik yordam ko’rsatish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari kesimida sog’lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini amalga oshirish;
ovqatlantirish bilan bog’liq kasalliklarni oldini olish maqsadida o’rnatilgan tartib asosida tibbiy xizmatni nazorat qilish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, oshpaz va xamshiralari uchun maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni sog’lom va xavfsiz ovqatlantirishga doyr amaliy va o’quv seminarlar tashkil etish va ularni malaka oshirishlarini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiena normalariga muvofiq sifatli Oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlanishini nazorat qilish;
kunlik ratsionni to’gri tashkil etish uchun un kunlik, xaftalik taomnomalarni tayyorlash, xududiy davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari bilan kelishish va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga amaliyotga tatbiq etish uchun etkazish;
bolalar iste’moli uchun sifatli va xavfsiz Oziq-ovqat maxsulotlari va tayyor taomlar berilishini nazorat qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumi uchun zarur Oziq-ovqat maxsulotlari zaxirasini yaratish uchun mavjud extiyojni aniqlash va Oziq ovqat maxsulotlari zaxirasini tashkil qilishni nazorat qilish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti omborxonalarida Oziq-ovqat maxsulotlarini sifatli saqlash, mavsumiy zaxiralardan to’laqonli foydalanishini nazorat qilish;
uz yo’nalishi bo’yicha yaratilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyixalarini tayyorlashda faol ishtirok etish, ta’lim tizimini tashkil etishga doyr normativ-huquqiy hujjatlarni joylarga etkazish va nazoratini olib borish;
kasbiy odob-axloq qoidalari, zaxiralardan talablariga, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

  1. Bilishi lozim:

maktabgacha ta’limi tizimiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mazmun- moxiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni;
maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishga qo’yilgan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiena normalarini;
sog’lom va xavfsiz ovqatlantirish bo’yicha yangiliklarni va uni hayotga tatbiq etish yo’llarini;
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablarining hamdabarcha turdagi ta’lim-tarbiyaviy dasturlarning mazmunini;
ilg’or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq; etish metodlarini;
barcha sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish yo’riqnomasini.

  1. Malaka talablari:

uz yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki umumiy ovqatlanish texnologichen va uni tashkil etish, yoki oliy ma’lumotga ega bo’lgan mazkur yo’nalish bo’yicha qayta tayyorlov kurslarini tugatgan bo’lishi lozim;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
uz mutaxassisligi bo’yicha uch yildan kam bo’lmagan ish staji.

Maktabgacha ta’lim bo’limining


2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova
32-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, bolalar salomatligi va xavfsiz ovqatlanishni ta’minlash sho’ba metodisti lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami

1718

Kasblarning milliy standart
klassifikatori bo’yicha kodi

2341

Xodimlar toifasi

Mutaxassis



  1. Lavozim vazifalari:

O’zbekistan Respublikasi Qonunlari, O’zbekistan Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Xukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Boshqarma va bo’lim boshligi tomonidan uz iga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to’liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
bo’lim Xdy’ati, ishlab chiqarish yig’ilishlarida ishtirok etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tegishli masalalarni o’rganish hamdao’rganish natijalari bo’yicha ma’lumotlar loyihalarini tayyorlash;
maktabgacha ta’lim tizimida sog’lom va xavfsiz ovqatlanish masalalarini rivojlantirish hamdasho’ba faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqishda takliflar berish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni belgilangan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiena normalariga muvofiq holdasog’lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etilishini o’rganish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiena normalariga muvofiq; sifatli Oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlanishini o’rganib borish;
kunlik ratsionni to’gri tashkil etish uchun un kunlik, xaftalik taomnomalarni tayyorlash, xududiy davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari bilan kelishish va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaliyotga tatbiq etish uchun amaliy seminarlar tashkil etib borish;
bolalar iste’moli uchun sifatli va xavfsiz Oziq-ovqat maxsulotlari va tayyor taomlar berilishini nazorat qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog’lom ovqatlantirish bo’yicha yuritiladigan hujjatlarni to’gri yuritilishini nazorat qilish va metodik yordam ko’rsatish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari kesimida sog’lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini amalga oshirish;
ovqatlantirish bilan bog’liq kasalliklarni oldini olish maqsadida o’rnatilgan tartib asosida tibbiy xizmatni o’rganib borish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti omborxonalarida Oziq-ovqat maxsulotlarini sifatli saqlash, mavsumiy zaxiralardan to’laqonli foydalanishini kiyosiy o’rganish;
kasbiy odob-axloq qoidalari, szaxiralardan talablariga, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

  1. Bilishi lozim:

Maktabgacha ta’limi tizimiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mazmun- mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishga qo’yilgan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiena normalarini;
maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi va bolalar fiziologiyasi hamdakichik yoshdagi bolalar ovqatlanishini;
sog’lom va xavfsiz ovqatlantirish bo’yicha yangiliklarni va uni xayotga tatbiq etish yo’llarini;
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon, elektron pochta va x);
sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini.

  1. Malaka talablari:

uz yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot, umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil etish, yoki oliy ma’lumotga ega bo’lgan mazkur yo’nalish bo’yicha qayta tayyorlov kurslarini tugatgan bo’lishi lozim;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to’liq foydalanishni bilishi;
uz mutaxassisligi bo’yicha ikki yildan kam bo’lmagan ish staji.
Maktabgacha ta’lim bo’limining
2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova

Yüklə 255,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin