Mavzuning maqsad va vazifalari: Kurs ishning asosiy maqsadi bog‘lovchi va uning turlarini tahlil qilish hamda o‘zbek tilshunosligida bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar ahamiyatli o‘rnini belgilashdan iborat. Ana shu maqsaddan kelib chiqib, ushbu kurs ishi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar;
- Zidlov bog‘lovchilaritutgan o‘rnini belgilash;
- Zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap doir ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil etish.
Kurs ishining metodologik asosi va metodlari: Dialektik falsafaning keng tarqalgan tavsiflash, tahlil etish, umumiylik – xususiylik, butun – bo‘lak kabi usullardan hamda o‘zbek tilshunosligida qo‘lga kiritilgan nazariy fikrlardan ijodiy foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Ushbu kurs ishi umumiy tavsifni o‘zida aks ettirgan kirish, uchta asosiy reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. GAP HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOT
1.1.Qoʻshma gap va uning tavsiflanishi
Voqelikni va unga bo'lgan munosabatni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan shakllangan, ohang va mazmun jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan so'z yoki so'zlar bog'lanmasi gap deyiladi.
Ma'lumki, kishilar o'zaro fikr almashadilar, aloqa qiladilar, bunday aloqa aralashuv faqat gap orqali yuzaga keladi. Shuning uchun gap fikrni ifoda etuvchi nutq birligidir.
Gapning asosiy belgilari quyidagilar:1
1. Gap asosan so'zlarning ma'lum grammatik qoidalari asosidabirikuvidan hosil bo'ladi. Masalan: Dars boshlandi.
2. Gapning yana muhim belgilaridan biri hukm(predikativlik)dir. Bunda so'zlovchining aytilayotgan fikrigabo'lgan munosabati ifoda qilinadi. Hukm (predikativlik moddalik,zamon, shaxs-son kategoriyalarini o'z ichiga oladi. Hukmso'zlarning predikativ munosabatiga kirishuvi bilan (ega va kesimaloqasi) ifodalanadi. Masalan:
Yoshlar mustaqil vatanga sodiq bo'ling!
3. Gap ohang (intonatsiya) tugalligiga ega. Ohang, birtomondan, bir qancha so'zlar bir gapni tashkil etganligini ko'rsatsa.ikkinchidan, gapning tugallanganligini ko'rsatadi. bu esa yozuvda turli tinish belgilari orqali ifodaetiladi. Masalan: Ular butun vujudi bilan ishga sho'ng'ib ketishgandi-yu, ammo texnika yetishmasdi.(Ch.A.)
Oltinsoy tongi naqadar go'zal! (Sh.R.)Yuragimni hech sezasanmi men sevaman, sen sevasanmi? (qo'shiq). Birinchi gapda xabar ohangi bo'lgani uchun (.), ikkinchi gapda his-hayajon ohangi bo'lgani uchun (!), uchinchi gapda so'roq ohangi bo'lgani sababli (?) belgilari qo'yilgan.
4. Gap fikriy jihatdan nisbiy tugallikka ega. Bu esa ma'lumsharoit bilan bog'liq. Ba'zan bir so'z ham gap bo'lishi mumkin.Masalan: Kuz oltin fasl. Pishiqchilik. To'kin-sochinlik.
Ifoda maqsadiga ko'ra gap turlari
Umuman olganda so'zlovchi tinglovchiga o'z fikrini bayon qilish uchun o'z oldiga turli maqsadlarni qo'yadi, ya'ni biror voqea haqida ma'lumot olishni istaydi, yo tinglovchini biror ishini bajarishga undaydi, yoki shu haqda istak bildiradi. Demak, so'zlovchining bunday istagi ifoda maqsadiga ko'ra gaplar uch turga bo'Iinadi: darak gaplar, so'roq gaplar, buyruq gaplar.
Darak gap. Borliqdagi voqea -hodisa, narsalarni tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Mirzo Ulug'bek chashma bo'yiga tiz cho'kib, muzday suvga yuvindi, tahorat oldi va movut to'nini buloq atrofidagi sarg'aya boshlagan ajriqzorga yozib, peshin nomozi o'qidi. (O.Yo.)
Darak gap maxsus ko'rsatkichga ega emas. Darak gap fe'l bilan, ayrim hollarda ot bilan ham ifodalanadi. Masalan: Dunyo xaritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yangi davlat O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. (I. Karimov). Bahor keldi, gullar ochilsa. yana avvalgiday tabiat gullar. (H. O.) Darak gapning oxiriga nuqta (.) qo'yiladi.
So'roq gap. So'zlovchi uchun ma'lum bo'lmagan voqea, hodisa, harakat holat haqidagi so'roqni ifoda qiluvchi gaplar so'roq gap deyiladi. Masalan:
Suvdan oldin—-sel kelar,
Tuzdan keyin—siz kelar.
Suv, tuzga—siz qo'shsak,
Toping, qanday so' z bo' lar?
(grammatik topishmoq)
So'roq gaplarning tarkibida so'roq olmoshi va so'roq yuklamasi bo'ladi yoki so'roq ohangi bilan talaffuz etiladi. Masalan:
Bor "yalpizda", yashinda
Ham "yaqin", ham yashilda
Undan so'ng yozilmasa,
U qaysi harf ekan-a?
Bir unli-yu bir undosh,
Qanday bo'g'in? Top Yo'ldosh.
(gramatik topishmoq)
So'roq gaplar quyidagi vositalar orqali hosil bo'ladi:
1. So'roq olmoshlari. kim? nima? qanday? qaysi? qancha?necha? qaerda? qachon? nega? nima uchun? Masalan:
Tuz qachon bo'ladi tus
Or qachon bo'ladi qor? (grammatik topishmoq)
2. -mi, -chi,-a,-ya yuklamalar: Terma. terim, terimchi, qandayso'zlar? Topingchi?
3. So'roq ohangi: Nahotki, daryolar oqsa teskari.(G'.G'.)So'roq gaplar mazmuniga ko'ra bir necha turga bo'linadi:
Sof so'roq gaplar tinglovchidan ma'lum bir javobni talabqiladi. Masalan: Qaysi so'zlar turlanadi? Sen Toshkentda bo'l-ganmisan? Nimadan xafa bo'lding?
Ritorik so'roq gaplar. Bunday gaplarning so'rog'i ichidajavobi ham anglashib turadi. Uslubiy vosita sifatida nutq uchunxizmat qiladi. Masalan:
Men nechun sevaman O'zbekistonni? Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo? (A. O.) Nechun tug'ding, men baxti qaroni? Baloga mubtalo motamsaroni? Muruwat bilmagan kunlar uchunmi? Jafokash. berahm tunlar uchunmi? ("Navoiy" drammasidan)
3. So'roq buyruq gaplar so'roq mazmuni bilan birga buyruqmazmunini ham ifodalaydi. Masalan: Tez-tez yurmaysanmi ? (tez-tez yur)
So'roq gaplarning oxiriga so'roq belgisi qo'yiladi. . Buyruq gaplar. So'zlovchining biror narsaga buyirishi, undashi, iltimos qilishi,rnaslahati kabi fikrlarni ifodalaydigan gap buyruq gap deyiladi.
Buyruq gaplar semantik jihatdan quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1) Sof buyruq gaplar: Kitobni oxirigacha o'qi! Bugun o'qishga ertaroq bor! Darsdan kechikma!
Iltimos, yalinish ifodalanadi. Masalan: Ozgina jim o'tir. O'n to'qqizdan oshmay tur go'zal. (H. 0.)
Maslahat, nasihat gaplar. Masalan: Nasihatim yod qilib olfarzandim. (0. Yb.)
Istak, tilak,maqsad gaplar. Masalan: Mustaqil yurt gullashiuchun tinmay mehnat qiling. Yo siz keeling, yo men boray.
His-hayajon ifodalashiga ko'ra gap turlari. Bu jihatdan gaplar ikki turga bo'linadi:
his-hayajonga ega bo'lmagan gaplar.
his-hayajon yoki undov gaplar. His-hayajonga ega bo'lmagangaplarga darak gap, so'roq gap, buyruq gaplar kiradi.
His- hayajonli gaplar. Kuchli his- hayajon bilan darak, so'roq, buyruq gaplardan hosil bo'lgan gaplar his-hayajon gap deyiladi.
Masalan:
Har aytganing buyuk jangnoma.
Qayga desang qaytmay keturman.
His-hayajon gaplar qmidagi ma'nolarni ifodalaydi:
1. Darak: E, biz bunaqa imtihondan endi o'tayotganimiz yo'q!
2. So'roq: Naqadar chiroyli manzara-a?! (Sh. R.) Ona!Dunyoda bundan yoqimliroq so'z bormikan?!
Buyruq: Baxtimizga mustaqillik omon bo'lsin!
Shodlik. quvonch. tantana:Alisherni alla aytib uxlatgan ona!Og'ishida Bobur kamolga yetgan ona!Torobiyni ulug' jangga jo'natgan ona!Sharaf senga, obro’ senga, senga tantana!Sharaflarga muyassarsan ey, ulug' ona! (M. Sh.)S.Taajjub: Shunday erkin zamonlar ham kelar ekan-a?!
6. Qayg'u. afsus: Esiz taqdir ekan qaydan bilibmiz! ("Navoiy"drammasi).
Gapning tuzilish jihatidan turlari
Har qanday gapning tuzilish jihatidan turlarini uning grammatik asosi belgilab beradi. Gapning grammatik asosini bosh bo'laklar: ega va kesim tashkil etadi. Gap tarkibidagi grammatik asos (ega va kesim) ning ishtirokiga ko'ra gaplar tuzilish jihatidan ikki turga bo'linadi: sodda gaplar va qo'shma gaplar.
Bitta grammatik asosiga ega bo'Iib ma'lum bir fikr va his-hayajonni ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi.
Ikki va undan ortiq grammatik asosdan iborat bo'Iib, nisbatan murakkabroq fikrni ifodalovchi gaplar qo'shma gap deyiladi. Masalan:
Chor atrofga yoyganda gilam.
Aslo yo'qdir bundayin ko'klam. (H. O.)
Til bilan dil dushman bo' Imaydi.
O'ldirmaydi qo'shiqni qo'shiq. (R. H.)
Keltirilgan misollarning birinchisi sodda gap bo'Iib, uning grammatik asosi bitta: ega va kesimdan (yo'qdir, ko'klam} ikkinchi gap esa qo'shma gap, uning grammatik asosi ikkita: 1) dushman bo'lmaydi, 2) o'ldirmaydi qo'shiq.
Sodda gaplar grammatik asosning tarkibliga ko'ra ham ikki xil: 1) ikki tarkibli gaplar, 2) bir tarkibli gaplar.
Grammatik asosi ikki bosh bo'lak (ega va kesim) dan iborat bo'lgan gaplar ikki tarkibli gaplar deyiladi. Masalan: Solihlar esga olinganda Allohning rahmati nozil bo'ladi (Tusiy). Bu gapning grammatik asosi ega (solihlar) va kesimi (hosil bo'ladi) dan iborat.
Grammatik asosi bir bo'lakdan iborat bo'lgan gaplar bir tarkibli gap deyiladi. Masalan:
Oyni etak bilan yopib bo'lmas. Bu gapning grammatik asosi faqat kesim (yopib bo'lmas) dan iborat.
Sodda gaplar, ikkinchi darajali bo'laklarning ishtirokiga ko'ra yig'iq va yoyiq gaplarga bo'linadi.
Ega va kesimdan tashkil topgan sodda gaplarning bir ko'rinishi yig'iq gap deyiladi. Masalan: Qor tindi. Hamma yoq oppoq.
Tarkibida bosh bo'laklardan tashqari ikkinchi darajali bo'laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq gap deyiladi. Masalan: Aziz va ulug' bo'lgan Allohga bir soat astoydil tavajjuh qilish quyosh nuri tushadigan barcha narsadan yaxshiroqdir. (Abduni Zajjoj.) Bu gapda aziz va ulug' bo'lgan (aniqlovchi), Allohga (to'ldimvchi), bir soat (aniqlovchi) astoydil tavajjud qilishning (aniqlovchi), yaxshiroqdir (kesim). Shu boisdan bu gap yoyiq gapdir.
Gapning tuzilishiga ko'ra turlari jadvali
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
S o'z birikmasi va uning turlarini ayting.
Gapni ta'riflang? Gap boshqa sintaktik birliklardan qaysixususiyatiga ko'ra farq qiladi?
Gap ifoda maqsadiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?
Gapning gramrnatik asosi deganda nimani tushunasiz?
Gaplar to'zilishiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?
Gapning grammatik asosini qaysi bo'laklar tashkil etadi?
Gaplar tarkibiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?
Sodda gap bilan qo'shma gapning qanday farqi bor?
Amaliy mashqlar
So 'z birikmasini tahlil qilish tartibi va unga namuna.
1 .Birikmani aniqlash.
2.Hosil bo'lish usulini ko'rsatish (moslashuv, boshqaruv, bitishuv).
Hukm so'zning qanday sintaktik vazifa bajarilganligiga ko'ra turini aniqlash.
So'z birikmasining tuzilishiga ko'ra turini aniqlash (soddayoki murakkab). Masalan: Bo'riboy daladagi ishlarining borishinito'liq tushuntirib beradi.(Gazetadan.) 1) daladagi ishlar—bitishuv,otli (hokim so'z - ot). aniqlovchili (tobe so'z aniqlovchi vazifasida)sodda; 2) ishlarning borishi—moslashuv, sodda; 3)borishinitushuntirib berdi—boshqaruv, fe'lli (hokim so'z fe'l to'ldiruvchili(tobe so'z—to'ldiruvchi vazifasida) sodda; 4) to'liq tushuntu ibberdi—bitishuv, fe'lli (hokim so'z—fe'l), holli (tobe so'z ravish holivazifasida) sodda.
45-mashq. O'qing, ushbu keltirilgan gaplardagi so'zlarning o'zaro qanday bog'lanishi va uning turlarini ayting.
1. Keyingi o'n yillikda biz qo'lga kiritgan eng buyuk muvaffaqiyat—mustaqillik. (Gazetadan.) 2. Oltinsoy tongi naqadar go'zal (Sh. R.) 3. Talabalar berilgan topshiriqlarni hamma bajarib kelganligini aytishdi.4. Fakultet dekani shanbalikka chiqishni aytdi. 5. O'zbekiston sportchilari olimpiada o'yinlarida katta g'alabani qo'lga kiritdilar. (Gazetadan). 6.0chil vujudida hayajonli titroq bilan deraza oldiga keldi. (P.Q.) Daraxtlarning uchlari asta qimirlaydi (O.) S.O'zbbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida yuzyillarga teng g'alabalarga erishdi.
Qoʻshma gap — tuzilishiga koʻra sodda gapga oʻxshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Qoʻshma gap tuzilishi va qurilish materialiga koʻra sodda gapdan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali soʻz yoki soʻz birikmalari boʻlsa. Qoʻshma gapning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, qoʻshma gap esa ikki va undan ortiq predika-tiv asosdan tashkil topadi. Bir qancha turkiy tillarda, jumladan. oʻzbek tilida, qoʻshma gaplar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: bogʻ-lovchisiz qoʻshma gap; bogʻlangan qoʻshma gap; ergashgan qoʻshma gap
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi soʻz yordamida emas, balki boshqa vositalar yordamida birikkan Q. g. lar bogʻlovchisiz qoʻshma gap hisoblanib, bunday qoʻshma gaplarda ohang muhim rol oʻynaydi. Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar aksar hollarda bogʻlangan va ergashgan qoʻshma gaplar bilan oʻxshash, munosabatdoshday koʻrin-sada, ular ana shu turdagi gaplarning bogʻlovchisiz varianti emas, balki qoʻshma gaplarning alohida turi hisoblanadi: „Saodatxon eshikni ochib yubordi, uyga muzday kuz havosi kirdi“ (S.Zunnunova). „Sultonmurod oʻzini chetga olishga tirishdi, xalq toʻlqini uni surib ketdi“ (Oybek).
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro teng bogʻlov-chilar yordamida birikkan (teng aloqali) qoʻshma gaplar bogʻlangan qoʻshma gap deyilib, uning tarkibiy qismlari shaklan mustaqil koʻrinsa-da, maz-munan va tuzilish jihatdan bir butunlikni tashkil etadi. Mas: „Bahor keldi va gullar ochildi“. „Dil-afroʻz chindan ham oʻzgargan. Ammo oʻktam kulgusi, quralai koʻzlarining kibrona boqishi oʻsha-oʻsha edi“ (Oʻ.Hoshimov).
Tarkibidagi predikativ birliklar (sodda gaplar) bosh va ergash holatida boʻlib, yaʼni bosh va ergash gaplardan tuzilib. ergashtiruvchi bogʻlovchilar, bir qancha feʼl shakllari, yuklama va koʻmakchilar, nisbiy soʻzlar va tobelanish ohangi yordamida birikib, biri ikkinchisini aniqlash, toʻldirish kabi vazifalarni bajaradigan qoʻshma gap turi erga sh gan qoʻshma gap yoki ergash g a p l i qoʻshma gap deyiladi. Mas: „Bir kuni koʻchada ketayotsam, Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti“ (A.Qahhor) gapida-gi, „bir kuni koʻchada ketayotsam“ qismi ergash gap boʻlib, u bosh gapdagi (Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti) ishharakatning amalga oshish payti (vaqti)ni aniqlab, uni toʻldirmoqda, predikatdagi shaklga koʻra tobe holatda turibdi. Demak, bosh gap ergashgan qoʻshma gap tarkibidagi hokim kom-ponent, yaʼni ergash gap tomonidan oʻzi yoki biror boʻlagi aniqlanadigan, ergash gap tobe boʻladigan gapdir. Mas.: „Qaysi kishi ertalab shunday mashq qilsa, u dardga chalinmaydi“ gapi ega ergash gapli qoʻshma gap boʻlib, undagi „udardga chalinmaydi“ qismi bosh gap hisoblanib, bosh gapning egasi ergash gap orqali izohlanmoqda. Yoki „Shoshish kerak emas, chunki bu yil toshqin xavfi yoʻq“ gapida esa „Shoshish kerak emas“ bosh gap boʻlib, ergash gap bosh gapdan anglashilgan harakatning sababini koʻrsatmoqda. Ergash gapli qoʻshma gap tarkibidagi tobe qism ergash gap hisoblanadi. Ergash gap bosh gapga er-gashib (tobelanib), bu gapni yoki uning biror boʻlagini qandaydir (payt, oʻrin, sabab, natija va boshqalar) jihatdan aniqlab, belgilab keladi. Oʻzbek tiliga doir mavjud darslik va qoʻllanmalarda ergash gaplar (ergash gapli qoʻshma gaplar) mazmun va vazifalariga koʻra 14 turga ajratiladi.
Qoʻshma gap va uning turlari, qoʻshma gaplarning tabiati masalalari rus va yevropa tilshunosliklari qatori oʻzbek tilshunosligida ham keng, atroflicha oʻrganilgan. Bu sohada, ayniqsa, akademik Gʻ.Abdu-rahmonov va M.Asqarovalarningxizmatlarini alohida qayd etmoq kerak. Shuningdek, A. Gʻulomov, H. Gʻoziyev, F. Kamolov, A. Azizova, H. Rustamov, E. Azlarov, A. Kononov, E. Grunina, X. Ab-durahmonov, A. Nurmonov, N. Mahmudov va boshqa ham oʻzbek tilida qoʻshma gap sintak-sisini oʻrganish va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshganlar. Keyingi yillarda (oʻtgan asrning 90-yillaridan) oʻzbek tilshunosligida qoʻshma gaplarni, umuman sintaktik hodisalarni yangicha nuqtai nazar bilan sistemaviy-struktur usulda oʻrganish boshlandi.
Dostları ilə paylaş: |