Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.
Reja; 1.Qadimgi dunyo iqtisodiy ta'limotlari.
2. Klassik maktabning iqtisodiy ta'limotlari
3. Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlarining asosiy yo`nalishlari.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Q
Kirish. Iqtisod – jamiyatning hamma aʼzolari uchun farovon hayot yaratish usul va vositalarini oʻrganadigan va amalda qoʻllaydigan soha. Iqtisodning yagona maqsadi – jamiyatning har bir aʼzosi uchun yaxshi turmush tarzini yaratish. Ana shu asosiy maqsaddan boshqa ikkilamchi maqsadlar kelib chiqadi: iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish, barchani ish bilan taʼminlash va hokazo.
Bugun oliygohlarda iqtisod yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan koʻpchilik talabalar iqtisodni nazariy jihatdan chuqur oʻrganib, shu bilimlarni amalda qoʻllashga kelganda ozgina qiynalishadi. Ushbu kurs ishida men qoʻldan kelgancha va oʻz bilimlarim doirasida iqtisodiy nazariya va amaliy iqtisod oʻrtasida bogʻliqlikni koʻrsatishga harakat qilaman.
Koʻpchilik orasida yana bir xato tushuncha bor: iqtisod asosida pul turadi. Yoʻq – iqtisod asosida manbalar resurslar turadi – pul ularning harakatini taʼminlovchi vosita, xolos. Savdo – iqtisodning katta qismi, lekin u iqtisodning asosi emas. Ibtidoiy jamoada savdo boʻlmagan. Odamlar oʻz ehtiyojlarini qoplash uchungina mehnat qilishgan. Jamoa orasida shu jamoa ehtiyojlarini qondirish uchun mehnat taqsimoti boʻlgan: Ayollar nasl tarbiyasi va termachilik bilan mashgʻul boʻlsa, erkaklar ov va jamoa xavfsizligini taʼminlash bilan band boʻlgan. Bunday iqtisodda pul kerak boʻlmagan va iqtisod tabiiy qonunlar asosida qurilgan.
Yuqoridagi misoldan birlamchi ehtiyojlar nima ekani yaqqol tushunarli. Oziq-ovqat, boshpana va yashab nasl qoldirish uchun xavfsiz sharoit – bizning birlamchi tabiiy ehtiyojlarimizdir. Faqatgina tabiiy ehtiyojlarni qondirish uchun ishlaydigan iqtisod – tabiiy iqtisoddir tabiiy fenomen.
Pulga (yoki uning oʻrnini bosadigan narsaga) zarurat mehnat natijasida topilgan mahsulotlar birlamchi ehtiyojlarni qondirib, ortib qolganda paydo boʻlgan. Qishloq xoʻjaligi rivojlangani sayin, yetishtirilayotgan mahsulot koʻpayib borgan. Bir qabilada ortiqcha bugʻdoy toʻplanib qolsa, boshqasida ortiqcha meva-sabzavotlar yigʻilgan. Ikki qabila oʻrtasida shu mollarni ayirboshlash barter boshlangan.
Bu jarayon jamoa oʻrtasida ijtimoiy tabaqalanishga olib kelgan. Endi savdo orqali boshqalarga nisbatan koʻproq manbaga resursga ega boʻladigan odamlar paydo boʻlgan. Bunda tabiiy resurslar odamlarning nafaqat tabiiy ehtiyojlarini – balki ijtimoiy talablarini ham qondirishga safarbar qilingan. Mana shu bosqichda ijtimoiy iqtisod sotsial fenomen yuzaga kelgan.
Siz bilan biz oʻrganadigan iqtisod – ijtimoiy iqtisod. Toʻgʻri, bugungi iqtisod ibtidoiy tuzum iqtisodidan ancha murakkab. Lekin uning asosida oʻsha minglab yillar avvalgi iqtisodni boshqargan qonuniyatlar va tamoyillar yotadi…