Alfred Marshallning iqtisodiy ta'limoti . (1842-1924) iqtisodiyotda neoklassik (yangi klassik) yo`nalishning yetakchi vakili, marjinalizmning "kembrij maktabi"lideri hisoblanadi. Kembrij universitetida o`qidi, uni tugadi va shu yerda butun hayoti davomida o`qituvchilik qildi. U siyosiy iqtisod fanidan (1863 yildan to 1908 yilgacha) dars berdi. 1902 yildan boshlab yangi "Ekonomiks" fanini kiritdi va siyosiy iqtisod fani asta-sekin siqib chiqarildi.
Marshall marjinalizm g`oyasini musbat ravishda (Jevonani bilmagan holda) aniqladi. "Ekonomiks prinsiplari" (1890) A.Marshallning bosh asari bo`lib, olti jilddan iborat. Bu kitob doim to`ldirib borildi va olim hayoti davomida 8 marta qayta nashr etilgan (ruschaga - "Принципы экономики" tarjima qilingan). Kitob boshidayoq fanning predmeti to`g`risida fikr yuritiladi. Bu fan inson jamiyatining normal hayot faoliyatini tadqiq qilish bilan shug`ullanadi. Individual va ijtimoiy jarayonlarning farovonlikning moddiy asoslarini yaratish bilan chambarchas bog`liq bo`lgan sohani o`rganadi. Mashhur "Ekonomiks" kitobining muallifi P.Samuelson bu fan predmeti nomi "iqtisodiyot" bo`lib, iqtisod yoki maksimizatsiyani bildiradi. Unda ishlab chiqarish Hajmlari optimal bo`lganda, sof foyda maksumumga erishuviga katta e'tibor qaratilgan.
J.B.Klarkning iqtisodiy ta'limoti. (1847-1938) marjinalizmning "amerika maktabi" vakili bo`lib, XIX asr oxirida iqtisodiy ta'limotlarda neoklassik yo`nalish shakllanishiga muhim xissa qo`shdi.
AQSHda tug`ilgan bo`lajak olim keyinchalik Yevropa universitetlarida ta'lim oldi, Karl Knis (Germaniyada "Tarixiy maktab" asoschilaridan biri) uning ustozi bo`lgan.
AQSHga qaytgach o`qituvchilik qildi, T.Veblen uning qo`lida ta'lim olgan ekan. Klark Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasining tashkilotchisi edi va 1893-1895 yy. Uning uchinchi prezidenti bo`lgan. Uning asosiy asarlari: "Boylik falsafasi" (1886) va "Boylik taqsimoti" (1899). Bu asarlarda (ayniqsa 2-sida) iqtisodiyot fanining uch tabiiy bo`limlari, "ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumdorligi to`g`risidagi qonun" masalalarining yoritilishi muhimdir.
Klarkning yozishicha, iqtisodiyot fanining predmeti jamiyatning barcha daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat (ish haqi, foiz, foyda), bular o`z navbatida mos ravihda "ish bajarganligi uchun", "kapitalni berib turgani uchun" va "ish haqi va foizni koordinatsiya qilingani uchun" olinadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, bu daromadlar "sog` aql bilan" aniqlanganda. Ishlab chiqarish bilan shug`ullangan "insonlar sinfi"dan bironta odam bir-biriga da'vo qila olmaydi.
V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi. Vilfredo Pareto (1848-1923) iqtisodiy ta'limotning neoklassik yo`nalishini davom ettirgan yirik italyan vakili hisoblanadi, u marjinalizmning "Lozanna maktabi" ana'nalariga sodiq edi. Bu olimni iqtisodiyot bilan birga siyosat va sotsiologiya sohalari ham qiziqtirgan, bu uning yozgan asarlaridan ma'lum. Paretoning asosiy asarlari: ikki jildli "Siyosiy iqtisod kursi" (1898), "Siyosiy iqtisod ta'limoti" (1906) va "Umumiy sotsiologiya bo`yicha risola" (1916). Paretoning iqtisodiy tadqiqotlarida L.Valras, O.Kurno, F.Edtuort va boshqa olimlarning g`oyalari ta'siri katta bo`lgan. 1892 yil L.Valras Lozanna universitetidagi kafedra mudirligini V.Paretoga topshiradi va shu dargohda yuqorida ko`rsatilgan asarlar yaratildi. V.Pareto V.Valras kabi umumiy iqtisodiy muvozanat muammolari tadqiqotiga katta ahamiyat berdi, bunda marjinalizmning iqtisodiy tahlil g`ochlariga amal qilinadi. Shu bilan birga Pareto iqtisodiyotda muvozanatning shart-sharoitlari va omillarini o`rganishda sifat jihatidan yangi prinsiplarni ilgari surib, neoklassik iqtisodiy g`oyalarni yangi "ikkinchi to`lqini"ni boshlab berdi. Bular quyidagilarda namoyon bo`ladi.
V.Pareto funksional yondashuv asosida almashuvning birdan bir sababi naflik (ehtiyoj) degan qoidadan voz kechib, iqtisodiy tizimni butunligicha izohlashga o`tdi, bunda talab (iste'mol) va taklif iqtisodiyotda muvozanat elementlari sifatida qaraladi. Shu bilan birga, "sof" iqtisodiy nazariyaga asoslanib, daromadlar tengsizligi ularni sinflar o`rtasida taqsimlash bilan bog`liqligini inkor etadi.
IJTIMOIY-INSTITUTSIONAL YO`NALISH.