Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi. Reja; Qadimgi dunyo iqtisodiy ta'limotlari



Yüklə 138,01 Kb.
səhifə3/9
tarix07.06.2023
ölçüsü138,01 Kb.
#126559
1   2   3   4   5   6   7   8   9
21 OLIMOV (IU-20)

Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati.
Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin:

  1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o`rtalari).

  2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura sistemasi) (XVI-XVIII asr o`rtalari).

1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya'ni pul degani) XV-XVI asrlarda (qisman XVII asrda) mavjud bo`ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho javohirlardan iborat bo`ladi, degan g`oyani ilgari surdi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko`proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targ`ib qilingan.
2. Rivojlangan merkantilizm ta'limotida boylik savdo-sotiq sohasida savdo balansi asosida yuzaga kelgan, imkoni boricha ko`proq eksport qilish va mumkin qadar kamroq import qilish g`oyasi ilgari surilgan.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kеlgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qayerda va qanday qilib ko’payadi, dеgan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi mеrkantilizm dеb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi, savdoda band bo’lgan mеhnat unumli mеhnat, boshqa mеhnatlar esa unumsizdir, dеb tushuntirib kеldilar. Kеyinchalik, iqtisodiy bilimlar rivojlanib, takomillashib borgan sari, ayirboshlash, ya’ni savdo jarayonida hеch qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko’paymasligi ma’lum bo’lib qoldi. Faqat ayirboshlashning ekvivalеntlik tartibi, ya’ni tеng mеhnatga tеng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo’lib boradi. Mеrkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat dеb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish va savdoni o’z panohiga olishi zarur dеb hisoblaydi.
Bu ta'limot yangi tug`ilayotgan jamiyat - kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv xarakterga ega bo`ldi. Kapitalning dastlabki jamg`arilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo`llabquvvatladi, tovar-pul muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizm ta'limotida davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etishi shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi.
Haqiqatan ham har qanday tadbirkorlik puldan boshlanadi va pul kapitalga aylanadi, chunki unga ishchilar yollanadi, qayta ishlash yoki sotish uchun tovarlar sotib olinadi. Uni amalga oshirish nihoyatda primitiv (sodda) yo`llar bilan amalga oshiriladi, bu ishlar odatda davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi bilan, ma'muriy yo`llar bilan bajarilgan. Bu jarayonda esa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha cheklangan bo`lib, rivojlangan merkantilizm tarafdorlari davlat aralashuvini tabiiy huquq tamoyillariga mos bo`lishini istaydilar.
M.Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining yetakchi tamoyillari quyidagilar:

  1. oltin va boshqa qimmatbaho metallar boylikning asosi sifatida qaraladi;

  2. mamlakatga oltin va kumushlarning oqib kelishini ta'minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish;

  3. arzon xomashyoni import qilish yo`li bilan sanoatni qo`llab-quvvatlash;

  4. import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) tariflar;

  5. eksportni, ayniqsa tayyor mahsulot eksportini rag`batlantirish;

  6. ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi sonining o`sishi.

Shakshubhasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g`oyasining yuragi edi.
Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI asrning ikkinchi yarmida paydo bo`ldi va XVII asrning o`rtalarida asosan Angliyada avj oldi. Uning asosiy mafkurachisi Tomas Mann (1571-1641) edi. Uning fikricha, pul tashqi savdo oborotida boshlang`ich maskantni tashkil etadi, ya'ni P-T-P. T.Mannning fikricha, har bir savdo kapitalisti o`z pulini ma'lum foyda olish uchun oborotga qo`yadi. Shunday yo`l bilan, ya'ni savdo yo`li bilan boyish kerak. Tovar chiqarish miqdori (eksport), uni kiritish (import) dan ortiq bo`lishi zarur. Ishlab chiqarishni rivojlantirish savdoni kengaytirish vositasi sifatida qaraladi. Tovar, pul, foyda va kapital orasidagi aloqadorlikning sababini topishga harakat qilingan. U Makedoniya podshosi Filipp Makedonskiyning "Kuch natija bermagan joyda pulni ishga solish kerak", degan iborasini yaxshi ko`rgan.
FIZIOKRATIZM IQTISODIY TA'LIMOTI.
FIZIOKRATLAR - yunoncha “tabiat” va “hokimiyat” so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, XVIII asr Fransiya klassik burjua siyosiy iqtisodining namoyandalari. F. Kene ushbu maktab asoschisi hisoblanadi. (Fiziokratiya - tabiat hukmronligi). Fiziokratlar ishlab chiqarishni haqli ravishda ijtimoiy boylikning manbayi deb hisoblaganlar, ammo qishloq xo'jaligi tarmog'i bilan cheklanib qolganlar. Ular qishloq xo'jaligidagina sof mahsulot, foyda vujudga keladi, shuning uchun ushbu tarmoqda sarf etilgan mehnatni unumli, ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida qishloq xo'jaligida hosil etilgan boylik qayta ishlanganligi uchun yerdagi mehnatni unumsiz mehnat deb hisoblaganlar. Vaqt o'tishi bilan fiziokratlarning qarashlari bir yoqlama ekanligi ayon bo'ldi. Ular boylikning o'sishini yerning tabiiy hosildorligi bilan bog'lab, buning asosida sanoatni tarmoq deb solmay turib jamiyatni boy qila ololmaydi. Biroq shunga qaramasdan fiziokratlar ishlab chiqarishni yaxlit holda tadqiq qilishga asos soldilar, ular cheklanmagan holda xususiy mulk hukmronligi, erkin raqobat va tashqi savdo erkinligi tarafdori bo'lganlar. Ular birinchi marta kapitalni yillik avanslar ko'rinishida tadqiq qilishga asos soldilar, takror ishlab chiqarish qonunlari va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishini tadqiq etishga harakat qildilar.
F.Kenye - fiziokratizm ta'limotining asoschisi. Uning "Iqtisodiy jadval" asaridagi g`oyalar.
F.Kenyening iqtisodiy g`oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi.Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. Bizningcha, bu yerda obyektiv iqtisodiy informatsiya yetarli bo`lgan va olim ulardan yaxshi foydalanib o`z ta'limotlarini yaratgan. 1766-yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo`lgan edi. Didro va D`Alamber tomonidan chop etilgan "qomus"da F.Kenyening dastlabki iqtisodiy maqolalari: "Fermerlar", "Don", "Aholi", "Soliqlar" paydo bo`ldi. (1756-1757yy).
1758 yilda uning asosiy va eng muhim asari - "Iqtisodiy jadval" kitobi dunyoga keldi. F.Kenye bu asarlarida fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasturini ta'riflab berdi. Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning taniqli davlat arbobi A.Turgo (1727-1781 yy.) davom ettirdi. Fiziokratizm g`oyalarini (ayniqsa F.Kenye ta'limotini) Dupon de Nemur, D`Alamber, V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ`ib etdilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o`sha davr tili bilan aytganda "iqtisodchilar maktabi" tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70 yillariga to`g`ri keladi.
Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida "sof mahsulot" to`g`risidagi ta'limot markaziy o`rinni egallaydi. F.Kenye yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish harajatlari o`rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, boshqacha qilib aytganda bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha mahsulotdir. F.Kenye "sof mahsulot" faqat qishloq xo`jaligida, dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta'sirida iste'mol qiymatlari miqdori ko`payadi, deb ta'kidlaydi. Sanoatda esa iste'mol qiymatlari faqat turli kombinatsiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o`zgaradi, lekin uning miqdori ko`paymaydi, shuning uchun "sof mahsulot" paydo bo`lmaydi va boylik yaratilmaydi (kuchli, ammo noto`g`ri mantiq bor).
Fiziokratlarning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilardan bo`lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita "kapital" so`zi qo`llanilmagan, ammo yerlarning zaxini qochirish, ya'ni yer sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona uchun ma'lum tipdagi dastlabki avans (bo`nak) hamda urug`lik va ishchibatraklarga beriladigan avans boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan harajat bir necha yilda bir marta bo`lib, o`z-o`zini asta-sekin qoplaydi (asosiy kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo`lib, har bir hosil tufayli qoplangan. Shu sababli F.Kenye ularni dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtayi nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb atadi.
F.Kenyening g`oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781 yy.) tomonidan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o`zini F.Kenye shogirdi yoki davomchisi deb hisoblamagan. U Parijda normand dvoryanlar oilasida tug`ildi, Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini tugatdi, ammo bu sohada ishlamadi. 1751 yildan Parij parlamentining chinovnigi, 1761-1774 yillarda Limojda intendant (harbiy qismda xo`jalik mudiri), 1774-1776 yillarda moliya bosh nazoratchisi, qirol Ludovik XVI davrida moliya vaziri sifatida bir qancha antifeodal islohotlar o`tkazdi (don savdosidagi cheklashni yo`q qildi, savdo gildiyalarini tugatdi...), ammo bu o`zgarishlar Turgo iste'foga chiqqach, bekor qilindi. U ham F.Kenye singari Didro, D`Alamber va ularning yordamchilari tomonidan chiqarilayotgan "qomus"ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy maqolalar yozdi.
A.Turgo V.Gurne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kenye xuzurida ko`p bo`lgan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo`lsa ham, ko`p sohalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Turgo Parijda A.Smit bilan ham uchrashgan.
A.Turgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 yilda yozilgan (1769-1770 yillarda chop etilgan) "Boylikning paydo bo`lishi va taqsimlanishi to`g`risidagi mulohazalar" asarida nisbatan to`la yoritilgan. U Kenye fikrlarini faqat targ`ibot qilish bilan cheklanmadi, uni rivojlantirdi. U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini ancha chuqur tushundi, feodalizmni islohotlar o`tkazish yo`li bilan yaxshilash mumkin degan fikrga ishonmadi (Kenye ishongan), kapitalizm feodalizm kobig`ida vujudga keladi va g`alaba qiladi degan g`oyani ilgari surdi.
Oxirgi 52 ta teoremada A.Turgoning tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan asosiy iqtisodiy g`oyalari keltiriladi. Fiziokratlar jamiyatni uch sinfga bo`ladilar. A.Turgo esa jamiyatni sinflarga boshqacharoq ajratadi, "unumsiz" sanoatchilar sinfini u ikki qismga bo`ladi: birinchisiga tadbirkor manufakturistlar, fabrika egalari kiradi, ular katta kapital egalari sifatida namoyon bo`lib, o`z avans, ya'ni bo`naklari yordamida ish joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar. Ikkinchilari - bu oddiy hunarmandlar bo`lib (ishchilar), ular o`z qo`l kuchlari hisobiga ish haqi oladilar (ishlab chiqarish vositalaridan mahrum). A.Turgo ish haqini V.Petti va F.Kenye kabi tirikchilik uchun zarur minimum mablag`lar asosida hal etadi, ammo Kenyedan farqli ravishda nega shunday bo`lishi kerakligining mexanizmini tushuntirib bermoqchi bo`ladi. Uning asosiy dalili shuki, mehnatga talab taklifga nisbatan kamayib boradi, ishchilar o`rtasida raqobat boradi.
Bu oqimning asosiy vakillari F.Kenye va A.Turgo mamlakatdagi o`sha davr iqtisodiy holatini har tomonlama tahlil etib, iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo`yicha qimmatli fikrlarni berdilar. Ular fermerlarni himoya qilgan holda avvalo merkantilizmdan voz kechib, boylikning asosiy manbayi mehnat va yer ekanligini ko`rsatdilar. "Tabiiy tartib" konsepsiyasi asosida "unumli mehnat", "sof mahsulot", kapital to`g`risidagi ta'limotlar ilgari surildi.
Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baholar, erkin raqobat, davlatning iqtisodga kam aralashuvi "tabiiy hol" deb tan olindi. Ularning fikricha, qiymat iste'mol qiymati bo`lib, hatto tabiat, yer in'omi sifatida talqin etiladi. Shundan dehqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat tarmoqlari unumsiz soha deb qaraladi. Bunday noto`g`ri fikrning paydo bo`lishi Fransiyaning o`sha davrdagi iqtisodiy ahvoli (agrar mamlakat) bilan bog`liqdir.
Kapital tushunchasining kiritilishi va uning boshlang`ich va yillik bo`nak kabi ikki qismga bo`linishi iqtisodiyot tarixida muhim qadamdir. Shundan doimiy va aylanma kapital g`oyalari ham kelib chiqadi.
F.Kenyening asosiy "Iqtisodiy jadval" asarida jamiyatdagi sinflar masalasi ko`tariladi, ammo bunda ba'zi kamchiliklar bor, uni A.Turgo rivojlantirib, o`sha davr uchun to`g`ri xulosalar chiqaradi. Takror (uzluksiz) ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasi birinchi bor kun tartibiga qo`yiladi. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi beriladi va tayyor mahsulotning aylanish tamoyillari ko`rsatiladi, bu o`sha davr uchun katta kashfiyot edi. Tarmoqlar, ya'ni sektorlararo taqsimotning aniq proporsiyalari bo`lishi zarurligi qayd etiladi, ma'lumki bu tamoyil hozirgi davrda ham muhim.
Olim va davlat arbobi A.Turgoning iqtisodiy g`oyalari ancha mukammal bo`lib, o`sha davrdagi jamiyat va iqtisodiyotdagi jarayonlarni ancha izchil tahlil etadi va sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar mavjudligi hamda beshta sinf borligi e'tirof etiladi. Bu xulosa to`g`ri xulosadir. A.Turgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi. U kapital va qo`shimcha mahsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal hal etadi, sanoat, ssuda va kapital haqida fikr yuritadi, lekin oxir-oqibatda fiziokratizm qobig`idan chiqa olmaydi, qo`shimcha mahsulotning asosiy shakli yana yerga, yer rentasiga qaytadi. A.Turgo davlat chinovnigi, aniqrog`i moliya vaziri sifatida ham bir qancha iqtisodiy islohotlarni o`tkazishga erishadi. Ammo mamlakatdagi ijtimoiy tuzum bu islohotlarga to`siq edi.
Hozirgi davr tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarini qo`lladilar, ammo ularning g`oyasi asosan qishloq xo`jaligi bilan cheklab qo`yildi, barcha fikrlarda mukammallik yetishmas edi. Bu vazifalar esa keyingi olimlar tomonidan hal etildi.



  1. KLASSIK MAKTABNING IQTISODIY TA'LIMOTLARI.

Klassik (mumtoz) iqtisodiy maktab paydo bo`lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning xarakteristikasi.


Merkantilizm o`rniga klassik (lot. namunali, haqiqiy) iqtisodiy maktab vujudga keldi. Chunki, avvalgi ta'limot sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob bermay qo`ydi ("Klassik maktab" atamasi K.Marks tomonidan berilgan). Paydo bo`layotgan yangi muammolarni hal etish yangi yo`nalish tarafdorlari zimmasiga to`g`ri keldi. Uning namoyandalari o`z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib kishilikning ishlab chiqarish sohasini oldilar va kapitalizmni ilmiy tahlil qilish bo`yicha dastlabki muhim qadamni qo`ydilar.Bu jarayonlar dastlab XVI asrda Angliyada ro`y bera boshladi. Feodalizm yemirilib, uning zaminida kapitalistik, ya'ni bozor munosabatlar shakllana bordi.
Yangi ta'limotning klassik (mumtoz) deb atalishiga sabab avvalo shuki, hozirgi iqtisodiyotning asosida yotuvchi ko`pgina nazariya va metodologik qoidalarning haqiqiy ilmiy xarakteri bilan izohlanadi. Mana shu maktab namoyondalarining xizmatlari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan darajasiga ko`tarildi. Erkin xususiy tadbirkorlikning ahamiyati isbotlab berildi. P.Samuelson fikricha, yangi ta'limot to`la laisser faire (ya'ni tadbirkorlik faoliyatiga davlatning mutlaq aralashmasligi) sharoitiga o`tishga va voqealarning boshqacha rivojiga olib keladi va faqat XIX asrning oxirlarida deyarli barcha mamlakatlarda davlat iqtisodiy funksiyalarining doimiy kengayishi ro`y berdi. Bu ta'limot namoyondalari Angliyada V.Pettidan to D.Rikardogacha, Fransiyada P.Buagilberdan S.Sismondigacha (XIX asrning o`rtalarigacha) yangi jamiyatning haqiqiy ishlab chiqarish munosabatlarini tadqiq etdilar. Ularning fikricha, erkin xo`jalik faoliyatida shu davrdagi tuzum mukammal deb qaraladi.
Ya.S.Yadgarov klassik maktab rivojlanishida (ma'lum shart bilan) 4 bosqichni ajratadi: 1-bosqich XVII asr oxiri - XVIII asr boshiga to`g`ri keladi. Bu bosqichda merkantilizm ta'limotining xatolari yoritib beriladi va uning asoschilari V.Petti va P.Buagilber bir-biridan bexabar qiymatning mehnat nazariyasini ilgari surdilar va har qanday qiymatning manbayi va o`lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi. Boylik va farovonlik muomala sohada emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko`rsatiladi. Bu bosqich XVIII asr o`rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kenye va A.Turgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi. Sof mahsulot (milliy daromad) manbayini qidirish orqali asosiy e'tiborni mehnat bilan yerga qaratdilar. Merkantilizm tanqid qilinib, tahlilda ishlab chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to`la ajratib qo`yilgan. 2-bosqich XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to`g`ri kelib, A.Smit asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarda aks etgan. 3-bosqich XIX asrning 1-yarmiga to`g`ri kelib, fransiyalik J.B.Sey va F.Bastiya, inglizlar D.Rikardo, T.Maltus va N.Senior, amerikalik G.Keri va boshqalar asarlaridagi g`oyalar bilan bog`liq. 4-yakunlovchi bosqich XIX asrning 2-yarmiga to`g`ri keladi va J.S.Mill g`oyalarida o`z nihoyasiga yetadi. K.Marks ham shu bosqich vakili sifatida qaraladi, lekin bizning fikrimizcha, bu unchalik to`g`ri emas. Bu bosqichlarning xususiyatlari tegishli boblarda yoritiladi.
Vilyam Petti (1623-1687yy.) Romsi shahrida tug`ilgan, Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisidir. Ko`pchilik bu olimning iqtisodiyot fani sohasidagi faoliyatiga yuksak baho berib, uni buyuk va takrorlanmas iqtisodchitadqiqotchi deb baholagan edi. V.Petti favqulodda har tomonlama va yuksak bilimli inson bo`lgan. U mayda hunarmand-matochi oilasida tug`ildi. Leyden, Parij va Oksford universitetlarida tibbiyot sohasida tahsil ko`rdi.
U juda keng qobiliyatli talaba bo`lgan, 1647 yilda nusxa ko`chiradigan mashinani (kseroks) ixtiro qildi, 1649 yilda fizika doktori ilmiy darajasiga ega bo`ldi. U dengizchi, vrach sifatida ham ishladi. Petti shu bilan birga yirik yer egasi ham edi, u yirik ingliz lendlordlar (yirik yer egasi) sulolasining asoschisi bo`lib qoldi. 1652 yilda Kromvel' hukumatining topshirigiga ko`ra Irlandiyaning "yer obzori" (kadastri)ni o`tkazdi. U XVII asrdagi Angliya burjuaziya inqiloblaridan keyin kuchaygan ingliz tadbirkorlar mafkurachisi sifatida tanildi.
Boylik va pul nazariyalari. Merkantilistlardan farqli ravishda, U.Petti fikri bo’yicha, nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo’yicha o’z fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat – boylikning otasi,y er esa uning onasi» degan iborani ishlatdi.
Mamlakat boyligini ko’paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o’rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to’lashga «qurbi etmagan o’g’rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda, boylik, eng avvalo, mehnat bilan yaratilishini bildiradi, ya’ni xo’jalik hayotidagi pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi. U.Petti bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash bema’ni narsa ekanligini ko’rsatib o’tadi. Davlatning bunday hatti-harakati, uning fikri bo’yicha, mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish bilan bir narsadir. U.Petti bu fikrlari bilan o’zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko’rsatdi va muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori to’g’risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish etdi. Ammo uning iqtisodiyotdagi pulning vazifasini yuzaki tushunganligi aniq ko’rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy nazariyasi, haqiqatdan ham, «pul o’z-o’zidan boylik mazmunini anglatmasligini» ko’rsatdi, ikkinchi tomondan esa – U.Petti va undan keyingi boshqa klassik iqtisodiy nazariya mualliflari, M.Blaug so’zi bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e’tiborni pulning muomalavositasi sifatidagi vazifasiga qaratgan holda, tovar va pul bozorlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funktsiyasini inkor etdi.
Shuning uchun merkantilizmga nisbatan to’g’ri tanqidlari bilan birga, U.Pettining bu borada noto’g’ri tushunchalari ham bo’lgan. Masalan, u savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq turib ma’qulladi.

Yüklə 138,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin