3-kurs smmt 82 guruh talabasi Saydullayev Berdimurod Toshkent-2023 Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari


Uzoq muddatli (joriy bo’lmagan) aktivlar



Yüklə 239,78 Kb.
səhifə4/10
tarix02.03.2023
ölçüsü239,78 Kb.
#86234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxgalteriya balansi

Uzoq muddatli (joriy bo’lmagan) aktivlar – subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, moddiy aktivlari, taraqqiyot va gudvillga xarajatlar. Investitsiyalash Joriy majburiyatlardan chiqarib yuboriladigan har qanday qisqa muddatli qarz miqdori uni taqdim etishni qo’llab-quvvatlovchi axborot bilan birgalikda buxgalteriya balansiga izohlarda ochib berilishi lozim.
Buxgalteriya balansida aks ettirilishi lozim bo„lgan axborot. Xo‗jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi moliyaviy holatning tarkibini tashkil etuvchi turli jihatlarni aks ettiradigan tarzda taqdim etilishi lozim. Quyidagilar buxgalteriya balansining majburiy unsurlari hisoblanadi:
- moddiy aktivlar;
- nomoddiy aktivlar;
- moliyaviy aktivlar;
- zaxiralar;
- debitorlik qarzi;
- pul mablag‗lari va pul ekvivalentlari;
- kreditorlik qarzi;
- ajratmalar;
- foiz to’lashni talab qiluvchi majburiyatlar;
- o’z sarmoyasi va zaxiralari.


Buxgalteriya balansi unsurlari

1.Moddiy aktivlar ; Asosiy vositalar, moddiy aktivlarga qo‗yilmalar, moddiy aktivlarga foydali sarmoyalar, uzoq muddatli investitsiyalar, materiallar, tovarlar, tayyor mahsulotlar


2.Nomoddiy aktivlar ; Moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk obyektlari
3. Moliyaviy aktivlar ; Uzoq muddatli investitsiyalar, uzoq muddatli debitor qarzlar, uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar, debitorlik majburiyatlari
4. Zaxiralar ; Kelgusida muayyan xarajatlarga sarflanishi mumkin bo’lgan xususiy sarmoyaning bir qismi
5. Debitorlik qarzi ; Xaridor va buyurtmachilarning qarzi, ajratilgan bo’linmalarning qarzi, sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarning qarzi, xodimlarga berilgan bo’naklar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar, byudjetga soliq va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari, maqsadli davlat jamg’armalari va sug’urtalar bo’yicha bo’nak to’lovlari, ta‘sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzi, xodimlarning boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzi, boshqa debitor qarzlar
6. Pul mablag’lari va pul ekvivalentlari; Kassadagi pul mablag’lari, hisob raqamidagi pul mablag’lari, chet el valyutasidagi pul mablag’lari, boshqa pul mablag’lari va ekvivalentlari
7. Kreditorlik qarzi ; Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz, ajratilgan bo’linmalarga qarz, sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarga qarz, kechiktirilgan daromadlar, soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo’naklar, byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz, sug’urtalar bo’yicha qarz, maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarz, ta‘sischilarga bo’lgan qarzlar, mehnatga haq to’lash bo’yicha qarz
8. Ajratmalar ; Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriluvchi (amortizatsiya, byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga va h.k.) ajratmalar
9. Foiz to’lashni talab qiluvchi majburiyatlar ; Kreditlar, qarzlar, ssudalar, dividendlar bo’yicha yuzaga keluvchi majburiyatlar
10. O’z sarmoyasi va zaxiralari ; O’z sarmoyasi – subyektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir.
Zaxiralar – zarar oqibatlaridan qo’shimcha muhofaza qilish yuzasidan barpo etilgan fondlar
Taxminiy baholashning ko‗pgina darajasidan foydalanish yo‗li bilangina baholash mumkin bo‗lgan majburiyatlar zaxira hisoblanadi. Subyektni va kredit bergan tashkilotlarni zarar oqibatlaridan qo‗shimcha muhofaza qilishni ta‘minlash uchun qonun yoki ustavda zaxiralarni barpo etish ko‗zda tutiladi.

Yüklə 239,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin