3-kurs smmt 82 guruh talabasi Saydullayev Berdimurod Toshkent-2023 Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari



Yüklə 239,78 Kb.
səhifə7/10
tarix02.03.2023
ölçüsü239,78 Kb.
#86234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Buxgalteriya balansi

Joriy aktivlar (JA) bo’limida tovar-moddiy zaxiralar, kelgusi davr xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi, debitorlik qarzlari, pul mablag’lari, qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar va boshqa joriy aktivlar summalari oshkor qilinadi.
Xususiy sarmoya (XS), o„z mablag„lari manbai (O„MM) bo’limida ustav sarmoyasi, qo’shilgan sarmoya, zaxira sarmoya, sotib olingan o’z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo’lg’usi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari oshkor qilinadi.
Majburiyatlar (M) bo’limida uzoq muddatli va joriy majburiyatlar bo’yicha axborotlar alohida oshkor etilishi lozim.
Uzoq muddatli majburiyatlar (UMM) bo’yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarzlar, alohida bo’linmalarga uzoq muddatli qarzlar, sho’ba va tobe xo’jalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarzlar, muddati kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlar, soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar, uzoq muddatli bank kreditlari, uzoq muddatli qarzlar va boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlari summalari ko’rsatilishi kerak.
Joriy majburiyatlar (JM) bo’yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar, alohida bo’linmalarga qarzlar, sho’ba va tobe xo’jalik jamiyatlariga qarzlar, muddati kechiktirilgan daromadlar, soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa muddati kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo’naklar, byudjetdan soliqlarga oid qarzlar, sug’urtaga oid qarzlar, davlat maqsadli jamg’armalaridan to’lovlarga oid qarzlar, ta‘sischilardan qarzlar, mehnatga haq to’lashga oid qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari summalari oshkor qilinadi
Aktivlar – xo’jalik subyektining qiymat bahosiga ega bo’lgan moddiy, shu jumladan, pul mablag’lari va debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir.
Aktivlarda aks ettirilgan bo’lg’usi iqtisodiy foyda, xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’lari oqimiga potensial, bevosita va bilvosita qo’shiladigan ulushdir. Bu ulush xo’jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatini bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin.
Asosiy moliyaviy hisobot shakli bu – buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdir. Boshqa moliyaviy hisobotlar bir jihatning boshqa-boshqa jihatlarini aks ettiradi. Ular qatoriga pul oqimlari, xususiy kapital to’g’risidagi hisobot shakllarini kiritish mumkin.


Yüklə 239,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin