3-mavzu: Gimnastika, voleybol va basketbolda tayyorgarlik turlarining o’rni


Chidamlilikni rivojlantirish uslublari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə9/16
tarix12.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#142913
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
3-SEMENAR

Chidamlilikni rivojlantirish uslublari.
Chidamlilikni rivojlantirishn asosiy vositalari o’rta va sekin tezlikda, uzoq davom etadigan ishdir. Mashg’ulotning asosiy vazifalaridan biri, bu chidamlilikni rivojlantirishga yo’naltirishdir, yuklanishni aniqlash quyidagi beshta turkum asosida belgilanadi:
1.Chaqqon harakatlanish (doimiy);
2.Davom etish:
3.Dam olishni oraliq o’lchovi;
4.Dam olish xususiyati;
5.Qaytarish soni.
Gimnastikachilarni maxsus chidamliligini rivojlantirishda, quyidagi mashqlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir: 1.Batutda uzoq vaqt davomida sakrash; 2.Akrobatik mashqlar; 3.Erkin mashqlar; 4.ko’pkurash turlarida bajariladigan maxsus mashqlar majmuasi.


Chidamlilikni rivojlantirish bo’yicha nazorat o’rnatish.
Turga qarab chidamlilikni nazorat qilish vositasi har xil bo’ladi. Maxsus chidamlilik darajasini aniqlash uchun dastakli otda o’tirgan holatdan, oyoqlar holatini almashtirish yoki ikki oyoqda aylanma harakatlarni maksimal sonda bajarish. Kuch-chidamlilikni kuch bilan bajariladigan mashqlarni qaytarish soni bilan aniqlash mumkin.
Nazorat savollari

  1. Beshta asosiy jismoniy sifatlarni nomini ayting.

  2. Jismoniy tayyorgarlikni xilma xilligini ayting.

  3. Mushaklar qanday ish tartibida rivojlanadi?

  4. Egiluvchanlikni shakllarini aytib bering.



3.2. Voleybolda tayyorgarlik turlarining o’rni
Ko‘p yillik sport trenirovkasi uzoq muddatli pedagogik jarayon bo‘lib, muayyan yosh guruhlarida o‘ziga xos dastur asosida mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan ifodalanadi.
Ushbu jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- sog‘lomlashtirish guruhi – 7-8 yosh;
- dastlabki tayyorgarlik guruhi – 9-10 va 11-12 yosh;
- o‘quv-mashg‘ulot guruhi – 13-14; 14-15; 15-16; 16-17 yosh;
- takomillashuv guruhi – 17-18; 18-19; 19-20 yosh;
- yuqori sport mahorati guruhi – 17 va undan katta yosh.
Shug‘ullanuvchi bolalarning nasliy va hayot davomida jismoniy, psixologik va morfofunksional imkoniyatlariga qarab, ular kichik yosh guruhidan katta yosh guruhiga o‘tkazilishi mumkin.
Bolalarni guruhlarga qabul qilish va ularni bir guruhdan ikkinchi guruhga ko‘chirish me’yoriy test sinovlari natijalari asosida amalga oshiriladi.
Barcha guruhlarda o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulot jarayoni quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilishi darkor:
- sog‘liqni mustahkamlash, chiniqtirish, jismoniy, psixologik va morfofunksional imkoniyatlarni shakllantirish;
- hayotiy zarur harakat ko‘nikmalarini (o‘tirish-turish, yurish-yugurish; sakrash, siljish-to‘xtash; tortilish va hokazo) takomillashtirish;
- jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamliylik, egiluvchanlik) taraqqiy ettirish;
- voleybolga oid maxsus sifatlarni (sakrovchanlik, sakrovchanlik chidamkorligi, tezlik-kuch, o‘yin chidamkorligi, diqqat, xotira, iroda, zukkolik va hokazo) shakllantirish;
- texnik va taktik malakalarga o‘rgatish va takomillashtirish;
- o‘yin mahoratini o‘quv o‘yini va musobaqalarda oshira borish.
O‘quv-trenirovka jarayonida va akademik darslarda beriladigan jismoniy va texnik (voleybol) mashqlar o‘z hajmi, shiddati, murakkabligi va qaytarilish soni jihatlaridan turli yoshdagi va jinsdagi bolalarning funksional hamda jismoniy imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda me’yorlanishi kerak.
O‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlarning to‘g‘ri taqsimlanishi malakali voleybolchilar tayyorlash samarasini belgilaydi.
Boshlang‘ich o‘rgatish jarayonida mashqlarning aksariyat foizi bolalarning jismoniy va funksional tayyorgarligini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak, qolgan qismi esa texnik-taktik malakalarini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lishi muhim shartlardan biridir. Bu bosqichda turli harakatli o‘yinlar, shu jumladan voleybol o‘yiniga ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yinlarni qo‘llash tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil qilishga yordam beradi. Bunday harakatli o‘yinlar o‘rgatish va takomillashtirish jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Takomillashtirish bosqichida asta-sekin umumiy jismoniy mashqlar foizi qisqartiriladi, maxsus jismoniy mashqlar va texnik-taktik mashqlar foizi esa ancha ortadi. Mashqlarning hajmi biroz kamaytirilib, shiddati va qaytarilish soni oshirilib boriladi.
Ko‘nikmalarni mukammallashtirish (mustahkamlash) bosqi-chida mashqlarni ijro etish shiddati musobaqa darajasiga yetkazilishi lozim. Bu bosqichda aksariyat musobaqa mashqlari turli o‘yin vaziyatlariga mos ravishda qo‘llanilishi katta ahamiyatga ega. Har bir o‘yin malakasini (to‘pni kiritish, uzatish, to‘siq qo‘yish, qabul qilish, zarba berish) turli usullarda ijro etishga o‘rgatish, masalan, zarba berishning o‘ng va chap qo‘lda nisbatan bir xilda bajara olish o‘yin malakalarining ijro etish doirasini kengaytiradi va harakat zaxirasini boyitadi.
O‘rgatish va takomillashtirish jarayonida o‘yin malakalarini uzoq vaqt davomida jismoniy, texnik-taktik jihatdan tez, kuchli, chaqqon, aniq va vaziyatga mos samarali ijro etilishini ta’minlash uchun aksariyat hollarda mashqlar charchash asoratlari mavjud hollarda bajariladi. Lekin, bunday mashg‘ulotlar nihoyatda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi darkor. Chunki, me’yoridan ortiq yuklama (nagruzka) bola organizmini zo‘riqishga, jarohat olishga yoki patologik holatlarga duchor qilishi mumkin.
Yosh voleybolchilarni tayyorlashda ularni psixologik sifatlarini ham parallel tarzda shakllantira borish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, voleybol o‘yinida yoki o‘yinning ayrim vaziyatlarida muvaffaqiyatga erishish barcha sifat, mahorat va qobiliyatlarni yuqori taraqqiy etganligi bilan bir qatorda tez fikrlash, tahlil qilish, farqlay bilish, to‘g‘ri baholash, diqqat, xotira, oldindan sezish (ansipatsiya), iroda, zukkolik hamda «ayyorlik» xislatlarining shakllangan bo‘lishini talab qiladi.
Iste’dodli yosh voleybolchilarni tayyorlash samaradorligi ko‘p jihatdan sport to‘garaklari va sport maktablariga qabul qilishda tanlov jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga bog‘liq bo‘ladi.
«Tanlov» – ko‘p yillik jarayon bo‘lib, o‘z ichiga dastlabki tanlov, qayta tanlov (guruhdan guruhga o‘tkazishda saralash), o‘yin funksiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish, jamoa tarkibiga tanlov asosida qabul qilish kabi bosqichlarni kiritadi.
O‘quv-trenirovka jarayonida murabbiy o‘z rahbarligi ostida shug‘ullanayotgan turli yoshga mansub guruh a’zolari tarkibidan qobiliyatli, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan bolalarni tanlab olishi va ularni o‘ziga faol yordamchi qilib tayyorlashi nafaqat mashg‘ulotlar samaradorligini oshiradi, balki sport intizomi, umuman ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga yordam beradi. Ushbu masalaning yana bir ahamiyatli joyi, ya’ni yordamchi faollar joyi shundaki, yordamchi faollar ommaviy voleybolni tashkil qilishda, iste’dodli bolalarni izlab topish, turarjoylarda – mahallalardagi bolalarni voleybolga jalb qilish, musobaqalar tashkil qilish, me’yoriy mashq-testlarini hamda «Alpomish» va «Barchinoy» testlarini qabul qilishda alohida o‘rin egallaydi.
Har bir murabbiyni sport to‘garagi va sport maktablarida o‘quv-trenirovka jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishi uchun shug‘ullanuvchi bolani ta’lim olayotgan maktabi, o‘qituvchilari va ota-onalari bilan hamkorlikda ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, murabbiy mashg‘ulotlarni samarali olib borishi, shug‘ullanuvchi bolaning mashqlarni o‘zlashtirishi, uni mahoratini shakllanishi shu bolani maktab va uydagi ahvoli, kayfiyati, dunyoqarashi, qiziqishi hamda xislat va boshqa omillarga bog‘liqdir.
Ma’lumki, shug‘ullanuvchi bolani o‘quv-trenirovka jarayonida mashqlarni ongli tushungan holda ijro etishi, yuklamani qanday ijro etayotganligini sezishi, malaka va ko‘nikmalarni hamda o‘yin sirlarini mukammal o‘zlashtira olishi ko‘p jihatdan uning nazariy-intellektual tayyorgarligiga ham aloqadordir. Demak, har bir murabbiy o‘z rahbarligi ostida shug‘ullanayotgan bola haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishi, shu bolani nafaqat malakali sportchi qilib yetishtirishga yordam beradi, balki ma’naviy-madaniy jihatdan yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim rol’ o‘ynaydi.
Shug‘ullanuvchi bolalarni yoshi, o‘rgatish va takomillashtirish bosqichi hamda guruhlarning nomiga qarab nazariy va amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan o‘quv soatlari «pastdan» «yuqoriga» qarab taqsimlanadi.
Sog‘lomlashtirish va dastlabki tayyorgarlik guruhlarida umumiy jismoniy tayyorgarlik eng ko‘p soatlar hajmini, maxsus jismoniy tayyorgarlik – kamroq, texnik – yana kamroq va eng kam soatlar hajmini taktik tayyorgarlik egallaydi. Keyingi guruhlarda mashg‘ulotlar hajmi borgan sari ixtisoslashuvga qarab yo‘naltiriladi. Ya’ni, maxsus jismoniy tayyorgarlik soatlar bo‘yicha ustun bo‘ladi, texnik va taktik mashqlar hajmi ortib boradi.
Aynan shu tamoyil sport trenirovkasining bosqich va davrlarida qo‘llanilishi zarur. Jumladan, tayyorgarlik davrining umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichi (1-bosqich), maxsus jismoniy tayyorgarlik (2-bosqich) va musobaqaoldi bosqich (3-bosqich) larida mashg‘ulotlarning hajmi va shiddati sekin-asta proporsional o‘zgarib boradi. Ya’ni, 1-bosqich hajmi ko‘p, shiddat esa sekin bo‘ladi, 2 va 3-bosqichlarda bu ikki ko‘rsatkichning «joyi» o‘zgarib boradi. Boshqacha qilib aytganda, musobaqa davriga yaqinlashgan sari mashqlar hajmi kamayib, shiddati esa maksimal darajaga ko‘tariladi. 16-andozada voleybolchilar tayyorlashning tashkiliy shakllari, 17,18-jadvallarda esa voleybolchilar o‘quv guruhlari va mashg‘ulotlar hajmi keltirilgan.
19-jadvalda turli yosh guruhlariga rejalashtiriladigan tayyorgarlik turlari va yuklamalar hajmi berilgan.
17-jadval

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin