tamoyil mavjud. Bu tamoyil odatdir...”
10
, deb qayd etadi. Sabablar mavjudligining
inkorini Yum shu bilan tushuntiradiki, sababning oqibatni yuzaga keltirish
jarayonini biz bevosita kuzata olmaymiz. Sabab haqida biz yuz bergan oqibatga
qarab xulosa chiqaramiz, ammo bu voqea chindan ham ayrim sababning oqibatimi,
degan savolga biz aniq javob bera olmaymiz, chunki sabab-oqibat aloqasi
mavjudligini biz sinov yo‘li bilan hech qachon tasdiqlay olmaymiz
11
.
Hozirgi zamon fani sabab ob’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa bo‘lib, uning oqibatida
o‘zaro aloqaga kirishgan ob’ektlarning ikkalasi ham o‘zgarishini aniqlash imkonini
beradi. Masalan, Erga yirik meteoritlar tushishiga ulkan ekologik falokatlar sabab
bo‘lgan. Bir qarashda Er jabrlangan passiv tomon, meteorit esa – faol tomon
bo‘lgan. Amalda klassik mexanika qonunlariga muvofiq Er va meteoritning
to‘qnashuvi yuz bergan. Buning oqibatida ikkala jismda tegishli deformatsiyalar
yuzaga kelgan. Amaliyot har qanday hodisaning vujudga kelishi biron-bir omil
yoki omillar bilan belgilanishini ko‘rsatadi.
Yuz berishi yangi hodisa vujudga kelishiga olib keluvchi hodisa sabab deb ataladi.
Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi
.
Dunyoda barcha hodisalar, o‘zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda muayyan
sabablar tufayli yuz beradi. Dunyoda sababsiz hodisalar yo‘q va bo‘lishi mumkin
ham emas
. Sababiyat qonuni dunyoda barcha hodisalar sababiy belgilangan
degan qoidaga asoslanadi
.
Sababiyat qonunini tan oluvchi va uni borliqning
barcha hodisalariga tatbiq etuvchi faylasuflar
deterministlar deb, sababiyat
qonunini inkor etuvchi faylasuflar esa indeterministlar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: