4-Mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi. Seminar rejasi



Yüklə 368,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix05.05.2023
ölçüsü368,35 Kb.
#108421
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
V. Musobaqa dasturi. 
Erkaklar va o‟smirlar: 60, 200, 400, 800, 1500, 3000, 5000 m.ga yugurish; 60 m.ga 
to‟siqlar (g‟ovlar) osha yugurish, uzunlikka, balandlikka, uch xatlab, langarcho‟p bilan sakrash, 
yadro uloqtirish, 5 km.ga yugurish. 
Ayollar va o‟smir qizlar: 60, 200, 400, 800, 1500, 3000, 5000 m.ga yugurish; 60 m.ga 
to‟siqlar (g‟ovlar) osha yugurish, uzunlikka, balandlikka, uch xatlab, langarcho‟p bilan sakrash.
VI. Shaxsiy va jamoa birinchiligini aniqlash tartibi. 
Dasturning xar bir turiga ikki sportchi tavsiya etilishi mumkin. Xar bir sportchi dasturning 
ikki turi bo‟yicha qatnashishi mumkin. O‟zbekiston Kubogi dasturida shaxsiy birinchilik xar bir 
turdagi yuqori sport natijalariga ko‟ra aniqlanadi. 
O‟smirlar ichida shaxsiy birinchilik 1987-1988 yillarda tug‟ilgan sportchilar orasida 
o‟ynaladi. O‟smirlar o‟rtasida o‟rinlar musobaqaning barcha ishtirokchilari orasida egallagan 
yuqori joyiga qarab aniqlanadi. 
Jamoa birinchiligi qatnashchilar jamlagan ochkolar soniga qarab aniqlanadi. Jamoa 
birinchiligi xisobiga quyidagilar kiradi:
Birinchi guruh bo‟yicha – 22 yaxshi natija; 
Ikkinchi guruh bo‟yicha – 10 yaxshi natija. 
Ochkolar xisobi IAAFning yopiq inshootlar uchun 2003 yildagi natijalar jadvali bo‟yicha 
amalga oshiriladi. 
Rag‟batlantiruvchi ochkolar jamoaga XTSU me„yorini bajargani uchun 500, SU uchun 300 
ochko tarzida qo‟yiladi.
VII. Mukofotlash. 
O‟zbekiston Kubogi dasturining barcha turlari va o‟smirlar o‟rtasida O‟zbekiston 
Respublikasi birinchiligi g‟oliblari O‟zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari 
vazirligining sovg‟a va birinchi darajali diplomi bilan taqdirlanadi. O‟smirlar o‟rtasida 
O‟zbekiston birinchiligi g‟oliblariga O‟zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari 
vazirligining birinchi darajali diplomi beriladi. 2 va 3 o‟rinni egallagan sportchilar Vazirlikning 
muayyan darajadagi diplomi bilan taqdirlanadi.

Yüklə 368,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin