5-mavzu. Soliq to‘lovchilar va soliq obyektlarini hisobga olish tizimi


Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari



Yüklə 60,35 Kb.
səhifə4/7
tarix14.12.2023
ölçüsü60,35 Kb.
#179063
1   2   3   4   5   6   7
5-mavzu. SOLIQ TO‘LOVCHILAR VA SOLIQ OBYEKTLARINI HISOBGA OLISH TIZIMI

5.3.Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari
Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari deganda soliq to‘lovchi tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek Soliq Kodeksining 133-moddasida nazarda tutilgan tartibda organlar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar tushuniladi.
Yuridik shaxs to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari tarkibiga quyidagilar kiradi, xususan:

  1. soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

  2. to‘liq va qisqartirilgan nomi;

  3. joylashgan eri (pochta manzili);

  4. tashkiliy-huquqiy shakli;

  5. davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, joyi va raqami;

  6. ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori — tijorat tashkilotlari uchun;

  7. alohida bo‘linmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  8. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan ishtirokchilar soliq to‘lovchisining identifikatsiya raqami, chet ellik ishtirokchining mamlakati hamda har bir muassisning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi ko‘rsatilgan holda ishtirokchilarning to‘liq tarkibi — tijorat tashkilotlari uchun.

Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari tarkibiga ularning quyidagi shaxsiy ma’lumotlari kiritiladi:

  1. soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

  2. familiyasi, ismi, otasining ismi;

  3. fuqaroligi;

  4. jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun;

  5. pasportining seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi;

  6. yashash joyi (manzili).

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hisob ma’lumotlari tarkibiga jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, quyidagilar ham kiritiladi:

  1. davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, joyi va raqami;

  2. faoliyat turi;

  3. faoliyat amalga oshiriladigan joy.

Soliq to‘lovchi soliq organlarining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan o‘z hisob ma’lumotlarini soliq organining so‘roviga ko‘ra soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali tasdiqlashi kerak.
Soliq to‘lovchilar to‘g‘risida hisob ma’lumotlarini yuritish, soliq to‘lovchilar tomonidan ularni tasdiqlash, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish tartibi, shuningdek soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Yüklə 60,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin