8 – sinf o’zbekiston tarixi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə51/51
tarix27.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#199650
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
8-o\'zbek

Qoloqlik oqibatlari. O’zbek xonliklarining jahon taraqqiyotidan orqada qolishining oqibati yomon bo’ldi. Iqtisodiy qoloqlik va harbiy nochorlik, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik O’rta Osiyoni o’z tasarrufiga kiritib olishga intilayotgan davlatlarga qo’l keldi. Taniqli o’zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o’zining „O’tgan kunlar" romanida o’zaro urushlar girdobiga botib qolgan, vaqtini aysh-ishratda o’tkazayotgan xonlar va amaldorlarning qilmishlari qanday oqibatlarga olib kelishini yaqqol tasvirlab beradi. Romanda Yusufbek hoji tilidan quyidagi alamli so’zlar bayon qilinadi: „Maqsadlari juda ochiq... Bittasi mingboshi bo’lmoqchi, ikkinchisi Normuhammadning o’rniga o’tirmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o’ziga qaram qilmoqchi. Ittifoqning nima ekanligini, yolg’iz o’z manfaati, shaxsiyati yo’lida bir-birini yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog’idan yo’qolmay turib, bizning odam bo’lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holatda ketadigan, bir-birimizning tegimizga suv quyadigan bo’lsak, yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni egallar". Haqiqatan ham shunday bo’ldi. Xonliklardagi o’zaro nizo va urushlar, parokandalik, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilishi uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin