8-LABORATORIYA ISHI.
Transpiratsiya tezligini tarsion tarozi yordamida aniqlash
Transpiratsiya - bu o‘simlikning yer ustki qismidan suvning bug‘lanish
jarayoni.
Transpiratsiya jadalligi deganda, o‘simlik uchun vaqt birligida o‘simlik
tomonidan bug‘langan suv miqdori (mg / dm
2
-soat, g / m
2
-soat) yoki tortilgan qism
(mg / ho‘l vazn soati) tushuniladi.
O‘simlikning o‘sish davrida bir gramm quruq
modda hosil qilish uchun
sarflangan suv miqdori
transpiratsiya koeffitsiyenti deb ataladi. O‘simlik
turiga
qarab transpiratsiya koeffisiyenti 200-300, hatto 1000 dan ortiq bo‘lishi mumkin.
Ma’lum miqdorda suv sarflanganda o‘simliklarda hosil bo‘lgan quruq modda miqdori
transpiratsiya mahsuldorligini belgilaydi.
Ma’lumki, transpiratsiya o‘simliklarda muhim va zarur fiziologik jarayonlardan
biri bo‘lib, o‘simliklarni quruq va issiq ob-havo sharoitida haddan tashqari issiqlik va
suvsizlanishdan saqlaydi, shuningdek, suv va unda erigan moddalarni o‘simlik
tanasi
bo‘ylab harakatlanishi, gaz almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Yuqori darajada
transpiratsiya
qiladigan bargning harorati, transpiratsiya qilinmaydigan so‘ligan
bargdan taxminan 7 °C past bo‘ladi.
Suv tanqisligi sharoitida transpiratsiyaning jadallashuvi o‘simliklar tanasida suv
tanqisligining paydo bo‘lishiga olib keladi. Natijada o‘simliklarning o‘sishi va
hosildorligi pasayadi. Bunday sharoitlarda o‘simliklar tomonidan suvning sarflanishini
oldini olish uchun antitranspirantlardan foydalanish amalga oshadi.
Suv yetarli bo‘lgan sharoitda o‘simliklarning atmosfera qurg‘oqchiligiga
chidamliligi barg og‘izchalarning ochiq bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bunda
transpiratsiya jadallashib, o‘simliklarni suv tanqisligidan kuchli himoya qiladi.
Suv yetishmaganda og‘izchalar yopilib barglarning turgorlik darajasi va
transpiratsiya
jadalligi pasayadi, jumladan, fotosintez ham. Natijada umumiy
mahsuldorlik kamayadi. Qurg‘oqchilik sharoitida unga chidamli bo‘lgan
o‘simliklarning mahsuldorligi chidamsizlariga qaraganda yuqori bo‘lgan.
Biz quyida o‘simlikning bargli novdasini
yoki bargini tarozida tortish, hajmiy
usulda aniqlash va ajralib chiqqan suv miqdorini aniqlash orqali transpiratsiya
jadalligini aniqlaymiz.