8-ma’ruza: xorij ta'lim tajribasida differensial, integrativ va masofaviy ta'lim masalalari reja



Yüklə 313,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix10.06.2023
ölçüsü313,08 Kb.
#128044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-ma’ruza xorij ta\'lim tajribasida differensial, integrativ va

Buyuk Britaniyada birlashgan maktablar kichik grammatik sinflar va 
zamonaviy maktablarni o‘z ichiga oladi. Ilk 3 yillikda o‘quvchilar zamonaviy maktab 
dasturi bo‘yicha shug‘ullanadilar, keyin yoki shu dasturni davom ettiradi, yoki 
Grammatik maktab dasturi bo‘yicha o‘qishadi. Birlashgan maktablarda yoshiga ko‘ra 
90% o‘smirlar shug‘ullanadilar.
Germaniyada umumiy maktablarda yoshiga ko‘ra 5% o‘quvchilar tehsil 
olishadi. Umumiy maktabning kooperativ va integral tiplari yuzaga keldi. Kooperativ 
maktablar asosiy, real maktab va gimnaziyalarni birlashtirdi. 9-sinfdan keyin 
o‘quvchilar asosiy maktabdagi kabi diplom oladilar, 10-sinfdan keyin esa diplom real 
maktab va gimnaziyaning o‘rta bosqichiga teng keladi. Kooperativ maktablarda 
mashg‘ulotlar majburiy va elektiv dastur birgaligida amalga oshiriladi.



Fransiyada yagona kollejlarda guruh bo‘yicha ta'lim doimiy tashkil etiladi. 
Turli tipdagi guruhlar tuziladi: gomogen guruhlar-tayyorgarlik darajasi bir xil, yarim 
gomogen guruhlar-tayyorgarlik darajasi yaqin, geterogen-tayyorgarlik darajasi har xil. 
Guruhlarga o‘qituvchilar, psixologlar, yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatchilar 
tavsiyasiga ko‘ra bo‘linadi. Guruhlar maktab dasturi variantlarini o‘zlashtiradilar. 
Ikkita bitiruvchi sinfda kuchli va kuchsiz bosqichli guruhlar yuzaga keladi. Bu ikki xil 
guruhni bitirgan kollej o‘quvchilariga ta'limning keyingi tiplari tavsiya etiladi.
Yaponiya maktablarida guruhli ta'lim yaxshi mavqyega ega, uni musobaqa 
tarzida tashkil etishadi. Sinfdagi guruhchalar kim ko‘p ingliz tilidagi so‘zlar, ieroglif 
va she'r yod olish bo‘yicha bellashadilar. Baho butun guruhga qo‘yiladi. Yapon 
pedagoglari guruhli ta'limga har xil nuqtai nazar bilan qarashadi. Guruhli ta'lim 
pedagogik jihatdan to‘g‘ri, lekin guruhlarda shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlar 
dunyoqarashini toraytirish xavfi bor, deb hisoblashadi. Masalan, guruhni kuchlilar va 
zaiflar guruhiga bo‘lganda 2ta holat yuzaga keladi: yoki kuchlilarga, yoki kuchsizlarga 
e'tibor qaratiladi, bu har ikkala guruhga ham zarar. 

Yüklə 313,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin