7
shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish,
sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash
operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar o‘rganilayotgan obyektni barcha muhim
jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab
yetish va ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim
ham uning ikkinchi tomoni bo‘lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga tayangan
holda rivojlanib boradi yoki aksincha. Integratsiya masalasini pedagog olimlar va
amaliyotchilar quyidagi yo‘nalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar: a) o‘quv
predmetlari va fanlar turkumi doirasidagi mazmunni integratsiyalab o‘rganish; b) turli
o‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini integratsiyalash; v)
ta'lim-tarbiya
ishini
tashkil
etish
shakllarini
integratsiyalash
va shu kabilar.
Bu yo‘nalishlarning har birining aniq o‘z maqsadi bo‘lib, uni amalga oshirish
uchun mos shakl, metod, vosita va shart-sharoitlarni talab etadi.
Amaliyotda ulardan uyg‘un holda foydalanilgandagina ko‘zlangan maqsadga
erishish mumkinligini ham shu o‘rinda eslatib o‘tish lozim. Pedagogika fanida XX
asrning 80- yillaridan boshlab integratsiya, "o‘zaro aloqadorlik", “o‘zaro ta'sir",
"sintez" kabi tushunchalar qo‘llanilgan ilmiy ishlar paydo bo‘lib, ta'lim-tarbiya ishida
integratsiya muammosining dolzarbligi sezila boshlangan. Hozirgi paytga kelib ta'lim-
tarbiya ishiga integrativ yondashuv g‘oyasi xususiy fanlar doirasida chegaralanib
qolmasdan, umumpedagogik ahamiyatga ega masalaga aylandi.
Dostları ilə paylaş: