8-ma’ruza: xorij ta'lim tajribasida differensial, integrativ va masofaviy ta'lim masalalari reja



Yüklə 313,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix10.06.2023
ölçüsü313,08 Kb.
#128044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-ma’ruza xorij ta\'lim tajribasida differensial, integrativ va

Xulosa. 
Jahon ta'lim tajribasida differensial va integratsion ta'lim masalalari, xususan 
jahon ta'lim taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, differensial va integratsion ta'lim 


17 
mazmun mohiyati pedagogik muammo sifatida o‘rganilib, quyidagi xulosalarga 
kelindi:
1. Integratsiya (lot. Integeration-tiklash, to‘ldirish, birlashtirish. Integer-yaxlit) 
sintezlab bir butun qilib birlashtirmok, mantiqiy yaxlit holga keltirmoq ma'nosida 
tushuniladi. Ta'lim mazmunini integratsiyalash deganda o‘zaro uzviy aloqador, bir-
birini taqozo etadigan, kengaytiradigan, chuqurlashtiradigan o‘quv predmetlari 
mazmunini sintezlash, ya'ni mantiqiy birlashtirib bir butun (yaxlit) holga keltirishni 
tushunamiz.
2. Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‘zaro 
aloqadorlik va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda 
chuqurlashtiruvchi o‘quv predmetlari mazmunini eng kamida ta'lim standartlari 
darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir. 
Integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan o‘quv predmeti yoki integratsiyalab 
o‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama 
aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi. Bu o‘z 
navbatida xozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan mustaqil fikr yurituvchi va 
ijodiy faoliyat ko‘rsatuvchi keng ixtisosli malakali mutaxassis shaxsini 
shakllantirishga imkon beradi. 
3. Integratsion ta'lim tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash 
operatsiyalarini talab qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish
algoritmlashtirish, turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli 
aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi 
yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar 
o‘rganilayotgan obyektni barcha muhim jihat va xususiyatlarini ajratib olib 
(tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab yetish va ularni umumlashtirish orqali 
amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim ham uning ikkinchi tomoni bo‘lgan 
tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga tayangan holda rivojlanib boradi yoki aksincha.
4. Integratsiya va differensiatsiya bir-biridan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, 
biri ikkinchisidan kelib ham chiqmaydi, balki ular har doim bir vaqtni o‘zida 
o‘rganilayotgan obyektning ikki tomoni sifatida namoyon bo‘ladi.


18 
5. Integratsiyalashtirilgan o‘quv dasturlarining mualliflari barcha yondosh o‘quv 
kurslarini o‘zak predmet va g‘oya atrofiga jipslashtirishga harakat qilishadi, bu 
o‘quvchilarga ijodiy tafakkur yurgizishga yordam beradi.
6. Rivojlangan mamlakatlar o‘quv dasturiga integratsiyalashgan kurslarni 
kiritish bilan bir qatorda alohida fanlardan chuqurlashtirilgan kurslarni tavsiya 
etmoqdalar. Masalan, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida 15 foiz o‘quvchilar fizika 
fanini chuqurlashtirib o‘rganadilar.
7. Bosqichlik differensiya foydalanishning asosiy maqsadi har bir o‘quvchini 
o‘zining imkoniyatlari texnologiyasidan va qobiliyatlari darajasida o‘qitish bo‘lib, 
natijada har bir ta'lim oluvchi o‘z iqtidoriga ko‘ra bilim olish va shaxsiy salohiyatini 
amalga oshirish (qo‘llay olish) imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Yüklə 313,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin