9-mavzu. Korxona maxsulotlariga narxni shakllanishi reja


Tovarga monopol past narxni aniqlash



Yüklə 55,9 Kb.
səhifə8/9
tarix14.12.2022
ölçüsü55,9 Kb.
#74581
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Korxona maxsulotlariga narxni shakllanishi reja

Tovarga monopol past narxni aniqlash. Tovarga monopol past narxni aniqlashda:
a) tovarga oldin belgilangan narxni pasaytirish yo’li bilan, agar bunda jamlangan holda:

  • tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo’lgan xarajatlar o’zgarishsiz qolishi yoki ularning o’zgarishi tovarning narxi o’zgarishiga muvofiq emasligi;

  • tovarni sotuvchilar yoki xaridorlar tarkibi o’zgarishsiz qolishi yoxud tovarlarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi o’zgarishi sezilarli emasligi;

  • tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari o’zgarishsiz qolishi yoki ularning o’zgarishi tovarning narxi o’zgarishiga mutanosib emasligi;

  • tovarga talab va (yoki) taklif o’zgarishsiz qolishi yoki ularning o’zgarishi tovarning narxi o’zgarishiga mutanosib emasligi shartlari bajarilsa;

b) tovarning oldin belgilangan narxini saqlab turish yoki pasaytirmaslik yo’li bilan, agar bunda jamlangan holda:

  • tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo’lgan xarajatlar jiddiy ravishda o’sganligi;

  • tovarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi tovarning narxini ko’paytirish tomonga o’zgartirish imkoniyatini aniqlashi;

  • tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari tovarning narxi ko’payish tomonga o’zgarishi imkoniyatini ta’minlashi;

  • tovar bo’yicha talab va (yoki) taklifning o’zgarishi tovar narxining ko’payishi tomonga o’zgarishini belgilaydigan shartlar bajarilsa, sub’ekt tomonidan bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo’lgan xarajatlar va foydani qoplamaydigan qiyoslanadigan tovar bozorida raqobat sharoitlarida shakllanadigan narxdan past belgilanishi holati hisobga olinadi.

Agar narx qiyoslanadigan tovar bozorida raqobat sharoitlarida shakllangan narxdan past bo’lmasa, narxning tovarni sotuvchi tomonidan belgilanishi tegishli tovar bozorida tovarning sotuvchilari yoki xaridorlari bilan shaxslarning bir guruhiga kirmaydigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar sonining qisqarishi munosabati bilan raqobatning cheklanishiga olib kelmasa yoki olib kelishi mumkin bo’lmagan taqdirda tovarning monopol past narxi e’tirof etilmaydi.

Yüklə 55,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin