A. A. Bolibekov Guldu "Maktabgacha ta‟lim" kafedrasi


“Umumiy pedagogika”fani bo„yicha



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix29.12.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#78094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
0Maktabgacha talim 2021

“Umumiy pedagogika”fani bo„yicha 
Fanni o„qitishdan maqsad – bo„lg„usi o„qituvchi-tarbiyachilarni zamonaviy 
pedagogikaning nazariy va amaliy asoslari, ta‟lim tashkilotlarida o„quv-tarbiyaviy 
jarayonni, pedagogik faoliyatni tashkil etish qonun-qoidalari, pedagogik mahorat
pedagogik texnika va pedagogik texnologiyaga doir nazariy bilim, amaliy ko„nikma 
va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. 
Fanning vazifalari – talabalarda pedagoglik kasbiga qiziqishni yanada oshirish, 
didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogika tarixi, pedagogik mahorat, pedagogik 
texnologiyaga doir nazariy bilim, pedagogik faoliyat ko„nikma va malakalarni 
shakllantirishdan iborat. 
“Bolalar nutqini o„stirish” fani bo„yicha 
Fanni o„qitishdan maqsad -maktab yoshida bo„lgan bolalarda og„zaki va yozma 
nutqni rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir. 
Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etishni ko„zda tutadi: 
-maktab yoshidagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko„ra olish 
va tushunish qobiliyatini shakllantirish; 
-bola nutqiga ta‟sir ko„rsatishning eng samarali yo„lini to„g„ri tanlash va 
bolaning nafaqat yoshini, balki uning o„ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
o„zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish; 
-bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirishning aniq uslublari va usullari 
haqidagi bilimlar o„zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida 
qo„llay olinishini ta‟minlash; 
-uslubiy adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabgacha yoshda bo„lgan 
bola nutqiga ta‟sir ko„rsatishning o„ziga xos usullari va uslublarini yaratishga 
intilishni rag„batlantirish. 
Fan bo„yicha talabalar bilimiga, ko„nikma va malakasiga qo„yiladigan talablar. 
Fanni o„rganish jarayonida talabalar bolalarda nutqni rivojlantirish 
uslubiyatining nazariy asoslarini; bolalarni ona tiliga o„rgatishning psixolingvistik, 
lingvodidaktik asoslarini bilishi kerak; 
-zamonaviy ona tilini (o„zbek, rus tili va boshqa tillar), maktab yoshida nutqni 
rivojlantirishning o„ziga xos xususiyatlarini, ona tilini o„qitishning psixolingvistik, 
lingvodidaktik asoslarini bilish asosida ularni amaliyotda qo„llash uslubiyatini 
o„zlashtirish; 
-o„qish 
va 
nutqning 
mantiqiy 
va 
his-hayajonli, 
obrazli 
ifodasini 
o„zlashtirishlari; badiiy ko„nikma va malakalarini orttirish

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin