Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov
11.6. Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi Asosiy vositalami uzoq vaqt davomida natural shaklini saqlagan va
qiymatini bir vaqtda o ‘zgartirishi bilan ishlashi bog‘liq o ‘ziga xos
xususiyatlari amortizatsiya miqdorini aniqlash zamriyatini keltirib
chiqaradi. Ushbu miqdor asosiy vositalardan foydalanish jarayonida
ulaming eskirishi yoki boshlang‘ich qiymatini kamayishi miqdorini
ko‘rsatadi.
Asosiy vositalaming eskirishi jismoniy va m a’naviy bo‘lishi
mumkin.
Jismoniy eskirish deganda asosiy
fondlaming
boshlang‘ich
iste’mol qiymatini faqatgina foydalanish jarayonida y o ‘qotishi emas,
balki ishlatilmay turganda ham (tashqi ta ’sirlar, atmosfera ta’siri,
zanglash natijasida)
o ‘z
qiymatini
asta-sekin yo‘qotib
borishi
tushuniladi.
M a ’naviy eskirish - mashina va uskunalaming joriy davrdagi
bozor qiymatining ular sotib olingan davrga nisbatan pasayishidir
(yoki yangi, yanada taraqqiy topgan va iqtisodiy samarali mashina va
uskunalaming
joriy
etilishi
natijasida ular
qiymatining
pasayishi). Boshqacha aytganda, m a’naviy eskirish natijasida asosiy
vositalar o ‘zining texnik xususiyati va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha
eskiradi.
Amortizatsiya - foydali xizmat muddati mobaynida aktivning
amortizatsiyalanadigan qiymatini mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga
yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o ‘tkazish ko‘rinishidagi
eskirishning qiymat ifodasidir.
Asosiy
vositalar
b o ‘yicha
amortizatsiya
ajratmalarini
hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan
344
keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi va mazkur obyektning
amortizatsiyalanadigan
qiymati
to ‘liq
so‘ndirilgan
yoki
bu
obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki
sanasida to‘xtatiladi.