Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov
Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash usullari Hisobot yili davomida asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amorti
zatsiya ajratmalari qo‘llaniladigan hisoblash usulidan qat’iy nazar
(amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari), yillik
summaning 1/12 miqdorida har oyda hisoblanadi.
Amortizatsiyani teng maromli (to‘g ‘ri chiziqli) hisoblash usulining
mohiyati shundaki, bunda amortizatsiya teng maromda, asosiy
vositalami
foydali
ishlatish
muddati
mobaynida
ulaming
amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda
hisoblanadi. M azkur usulga muvofiq asosiy vositalar obyektining
amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli
xarajatlarga teng maromda hisobdan taqsimlanadi. Usui amortizatsiya
m e’yori
foydali
xizmat
muddatining davom
etishi
muddatiga
bog‘liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya ajratmalari
summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni obyektdan foydalanilgan
hisobot davrlari soniga bo‘lish y o ii bilan hisoblanadi.
Misol. Kom pyutem ing boshlang‘ich qiymati
2680 ming so‘m,
uning besh yillik foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati 80
ming so ‘m. T o‘g ‘ri chiziqli hisobdan chiqarish usuliga muvofiq mazkur
vaziyatda
yillik
amortizatsiya
summasi
amortizatsiyalanadigan
qiymatidan 20 foizli, y a’ni 520 ming so‘mni ((2680000-80000)/5)
tashkil qiladi.
348
Kompyuterga amortizatsiya hisoblash jadvali 11.9-jadval Yil oxiri Boshlang‘ich qiymati Yillik am ortizatsiya Jamlangan eskirishi Qoldiq