у
= 50 ООО + 24.50 х
Xarajatlaming bu fiinksiyasidan so‘ngra ishlab chiqarishning
boshqa sharoitlarida xarajatlaming har bir alohida moddasi bo‘yicha
xarajatlami baholash uchun foydalaniladi.
Keltirilgan misoldan ko ‘rinib turibdiki, o ‘zgaruvchi
va doimiy
xarajatlar bo‘yicha chiqimlami tahlil qilish yetarlicha subyektivdir.
Buning ustiga bunday tahlilda eng so‘nggi ma’lumotlar qo‘llaniladiki,
ular xarajatlar o ‘zgarishining oldingi yoki keyingi tuslariga nisbatan
tipik bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli mumkin bo‘lgan joylarda
xarajatlami baholash turkum kuzatishlarga asoslanishi kerak.
Shunday
usulga asoslanib xarajatlami baholash yakka va ko‘pincha shartli
mulohazalarga asoslanadi. Shu sababli bunday baholar yetarlicha aniq
bo‘lmasligi mumkin, ayniqsa ularga asoslanib katta m ablag‘
bilan
bog‘liq qaror qabul qilish uchun aniq emas. Demak bu usulda o ‘lchov
xatolari bo‘lishi mumkin.
Grafik usul yoki yoyilish diagrammasi. Bu usul faoliyatning har
bir turiga umumiy xarajatlar grafikasini chizib borishni o ‘z ichiga oladi.
Umumiy xarajatlar - tik o ‘q (Y) bo‘yicha, ishlab chiqarish hajmi -
ko ‘ndalang o ‘q
(X)
bo‘yicha o ‘tkaziladi,
tarqalgan nuqtalar orqali
to ‘g ‘ri chiziq tortiladi.
Eng ko‘p va eng kam qiymat usuli eng yuqori va eng kam faollik
davrini tanlash va xarajatlardagi o ‘zgarishlami shu ikki darajaga
muvofiq ravishda qiyoslashdan iborat.
Bunday yondashuv quyidagi
misolda ko‘rsatilgan.
Quyida mahsulot chiqish va texnik xizmatlar ko‘rsatishga oldingi
12 oydagi oylik hisob m a’lumotlari keltirilgan. Bu m a’lumotlar ishlab
chiqarishning eng past va eng yuqori darajasida olingan.
Dostları ilə paylaş: