A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Mahsulot va xizmatlar sotish jarayonining hisobini



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

14.3. Mahsulot va xizmatlar sotish jarayonining hisobini
yuritish
Sotish jarayoni ishlab chiqarish va iste’molchi ortasida bogiovchi 
vazifasini bajaradi94.
llndudiga k o 'ra savdo faoliyati
Ichki savdo 
„ Tashqi savdo 
i

•-> 

•--)
14.1-rasm. 
Amal qilish hududiga ko‘ra savdo faoliyati turlari
Ichki savdo - bu bir mamlakat hududida amalga oshiriladigan 
savdo faoliyati. Tashqi savdo - bu bir mamlakat ichida ishlab 
chiqarilgan mahalliy tovarlami boshqa mamlakatlarga sotish faoliyati.
Tovarlami savdo-sotig‘ini amalga oshirish va unda qoilaniladigan 
hisob-kitob shakliga ko ‘ra savdo ulgurji, mayda ulgurji va chakana 
savdo turlariga boiinadi.
14.2-rasm. 
Tovarlar savdo-sotig‘ini amalga oshirishda savdo
turlari
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.D uchac, 9 31-page
451


Ulguiji savdo - tashkilotlararo, tashkilotlar va tadbirkorlar 
o ‘rtasida, tadbirkorlararo savdodir. Ya’ni bu shunday savdoki, tovar 
pirovard foydalanish uchun emas, balki biznes ehtiyojlari (qaytadan 
sotish yoki ishlab chiqarishda foydalanish) uchun sotiladi, bunda xaridor 
identifikatsiyalanadi. Ulguiji savdo - bu savdo sohasida tovarlaming 
yirik turkumlarini o ‘zaro hisob-kitoblaming naqd pulsiz shakli bo‘yicha, 
uni tijorat tadbirkorlik faoliyati maqsadida yoki o ‘z ishlab chiqarish- 
xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanishni m o‘ljallayotgan xo ‘jalik 
yurituvchi subyektlarga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga 
oshirish. Uigurji savdo ham ichki, ham tashqi savdo faoliyati bo‘lishi 
mumkin.
Tijorat maqsadlarida foydalanish yoki o ‘z ishlab chiqarish-xo‘jalik 
ehtiyojlari uchun hisob-kitoblaming naqd pulsiz shaklida xarid 
qilinadigan tovarlam i sotish ulguiji savdo faoliyati deb e ’tirof etiladi95.
Uigurji savdo bilan yuridik shaxs sifatida ro ‘yxatdan o ‘tkazilgan 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar, faqat ular tegishli litsenziya olgan 
taqdirda, shug‘ullanishlari mumkin.96
Uigurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy 
(oddiy) litsenziyalar beriladi. Ulguiji savdo faoliyatini litsenziyalash 
yuridik shaxs-litsenziya talabgori ro‘yxatdan o ‘tkazilgan joydagi shahar 
(tuman) hokimligi tomonidan amalga oshiriladi.
Bizning respublikamizda Uigurji va chakana savdo faoliyatini 
amalga oshirish tartibi to ‘g ‘risida nizom amal qilmoqda. Unga 
muvofiq:97
- uigurji savdo - tijorat maqsadlarida yoki o ‘z ishlab chiqarish- 
xo'jalik ehtiyojlari uchun foydalanish uchun hisob-kitoblam ing naqdsiz 
shaklida xarid qilinadigan tovarlami sotish;
- chakana savdo - savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun, undan 
tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlami donalab
95 O 'z b e k is to n R e s p u b lik a s i V a z irla r M a h k a m a s in in g 2 0 0 5 -y il 5 -n o y ab rd a g i 2 4 2 -so n q a ro rig a ilo v a “ U ig u rji sa v d o
fao liy atin i litse n z iy a la s h t o ‘g ‘ris id a ”gi n izo m , 2 -b an d i
96 “U lg u iji v a c h a k a n a s a v d o fao liy atin i a m a lg a o s h irish tartib i t o ‘g ‘ris id a ” g i n iz o m 3 -b a n d i ( 0 ‘z R V M 0 2 .1 1 .2 0 1 1
2 9 4 -so n Q a ro ri ta h ririd a g i n izo m )
“ U ig u rji v a c h a k a n a s a v d o fao liy atin i a m a lg a o s h irish tartib i t o ‘g ‘ris id a ”g i n iz o m 2 -b a n d i ( 0 ‘z R V M 0 2.1 1 .2 0 1 1
y. 2 9 4 -so n Q a ro ri ta h ririd a g i n izo m )
452


yoki ko‘p boim agan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi 
faoliyatni amalga oshirishdir.
T a’kidlash joizki, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida 
“chakana” tushunchasi savdoning hajmiy-miqdor jihatidan o ‘zini 
oqlamaydi. Oldi-sotdi buyumlarining miqdori savdo faoliyatini hamda 
xaridorlar ehtiyojini va ulami qondirishda sotuvchining imkoniyatlarini 
ifodalaydi.
Savdo 
korxonalarida 
chakana 
sotish 
tovarlami 
so'nggi 
iste’molchiga yetkazib berishni ifodalaydi. Mazkur savdo turini amalga 
oshimvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar chakana savdo korxonalari deb 
ataladi.
Mahsulotning 
sotilishi 
korxona 
mablag‘lari 
aylanishining 
yakunlovchi jarayonidir. Bu jarayon korxona tomonidan ishlab chiqilgan 
mahsulotning xalq xo‘jaligi iste’molida o ‘z o ‘mini topganligini 
anglatadi. Hozirgi paytda korxona ishini baholashda mahsulot sotilishi 
asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo ‘lib hisoblanadi.
Xalqaro hisobda mahsulot, tovarlar sotish, ishlar bajarish va 
xizmatlar ko ‘rsatishdan olinadigan tushumni belgilashning ikki usuli 
mavjud:
1. Kassa usuli - sotuvdan olingan tushum, yuklab j o ‘natilgan 
mahsulot uchun haq sifatida pul kelib tushishiga qarab.
2. Yuklab jo ‘natish usuli - bunda mahsulot xaridorlarga j o ‘natilib, 
ularga hisob-kitob hujjatlari topshirilishiga qarab bu mahsulot sotilgan 
hisoblanadi98.
Kassa usuli qoilanilganda mahsulotni topshirish va uning haqini 
to ia sh g a doir xo‘jalik operatsiyalari bajarilganidan keyingina mahsulot 
sotish ishlari tugatilgan hisoblanadi. Agar mahsulot j o ‘natilib, uning puli 
xaridorlardan kelib tushmagan bo ‘lsa, sotish ishi yakunlangan deb 
hisoblanishi mumkin emas. Yuklab 
j o ‘natish 
usuli 
q o ‘llanilganda 
mahsulot va tovarlar j o ‘natilib, ishlar va xizmatlar bajarilganidan keyin, 
ulaming hisob-kitob hujjatlari xaridor (buyurtmachi)ga taqdim etilgan 
b o isa , ana shunday mahsulot (ish, xizmat)lar va tovarlar sotilgan
98 Financial and managerial accounting, 12e, Carl S. W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 932-page
453


hisoblanadi. Hisob-kitob hujjatlari xaridor (buyurtmachi)ga shartnomada 
ko‘zda tutilgan usulda berilgan vaqtdan e ’tiboran bu hujjatlar xaridor 
(buyurtmachi)ga taqdim etilgan hisoblanadi. Agar shartnoma shartlariga 
ko‘ra xaridor (buyurtmachi) mahsulotni bevosita ishlab chiqaruvchi 
korxonaning o ‘zida qabul qilsa, u holda bunday mahsulot xaridor 
(buyurtmachi)ga topshirilib, shartnomada ko‘zda tutilgan hujjatlar 
rasmiylashtirilib, hisob-kitob hujjatlari xaridor (buyurtmachi)ga yoxud 
uning vakiliga taqdim etilganidan keyin sotilgan hisoblanadi.
16-qaydnoma va 11-jurnal-order asosida tuziladigan tovami sotish 
haqidagi hisobotda quyidagi ko ‘rsatkichlar ko‘rsatiladi: sotilgan 
mahsulotning reja tannarxi, reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq, 
sotish bilan bog‘liq xarajatlar hisobvarag‘i, soliq, sotishdan olingan 
tushum va oxirgi moliyaviy natija, y a’ni foyda yoki zarar summasi.
Sotilgan mahsulot 9010-“Mahsulot sotishdan olingan daromadlar”, 
9020-“Tovarlami sotishdan olinadigan daromadlar”, 9030-“Bajarilgan 
ish va k o ‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar” hisobvaraqlarida 
hisobga olinadi. 9040-“Sotilgan tovarlaming qaytarilishi” va 9050- 
“Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvarag‘ida 
sotilgan tovarlaming qaytarilishi hamda xaridor va buyurtmachilarga 
berilgan chegirmalar aks ettiriladi. 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlarining 
kreditida 4 010-“Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” 
hisobvarag‘i bilan korrespondensiyalangan holda mahsulot (ish, 
xizmat)lar sotishdan olingan 
so f tushum aks ettiriladi. 
Bu 
hisobvaraqlarda xaridorlarga 
j o ‘natilgan mahsulot (ish, xizmat)lar 
bo‘yicha hisoblangan aksiz solig‘i va QQS summalari aks ettirilmaydi.
Tayyor mahsulotning sotilishida sotish bahosining aks ettirilishiga 
quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”; 
Kredit 6410-“Byudjetga to ‘lovlar bo‘yicha qarzlar”:
Kredit 9010-“Mahsulot sotishdan olingan daromad”.
4010-“Xaridor va 
buyurtmachilardan 
olinadigan 
schyotlar” 
hisobvarag‘i aktiv bo‘lib, uning saldosi xaridor va buyurtmachilaming 
korxonadan sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha qarzini
454


ko‘rsatadi, debet aylanmasi hisobot oyida topshirilgan mahsulot, 
bajarilgan ish va ko ‘rsatilgan xizmatlaming sotish qiymatini, kredit 
aylanmasi esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani 
ko‘rsatadi.
Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi hisobini tashkil qilishda sotilgan 
mahsulot, tovarlar, ish va xizmatlaming har birining alohida turi 
bo‘yicha yuritilib, sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlaming 
tarkibiy tuzilishi hamda ulam ing har birining umumiy sotilish 
summasidagi hissasi, har qaysining rentabellik darajasi va boshqa 
m a’lumotlar aks ettirilishi lozim.
Xaridorlarga yuklab j o ‘natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 
16-qaydnomaning 2-boiim ida yuritiladi. Yuklab j o ‘natilgan va sotilgan 
mahsulotlaming hisobvaraqalari bo‘yicha sintetik hisob 11 jum al -
orderda yuritiladi. Bu jum al-order 2810, 9410, 9010,9020, 9030, 9210, 
4010 - hisobvaraqlarining kredit aylanmasi hamda 9010, 9020, 9030 -
hisobvaraqlarining analitik m a’lumotlarini yozish uchun m o‘ljallangan.
11-jumal-order 15 va 16-vedomostlaming analitik m a’lumotlariga 
asosan to‘ldiriladi.
Hisobot davri yakunida 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlari yopiladi:
Debet 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar;
Kredit 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”.
Shu bilan birga sotilgan mahsulotning tannarxi ham hisobot davri 
yakunida yakuniy moliyaviy natijaga o ‘tkaziladi:
Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”;
Kredit 9110, 9120, 9130.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)lami hisobga olishda foydalanilgan 
analitik schyotlaming oxiridagi qoldig‘i hisobot davri tugaganidan so‘ng 
sintetik schyotlarga mos kelishi shart. 
Hamda har bir b o iib o ‘tgan 
jarayon tegishli hujjatlarda aks ettirilishi kerak. Aks holda hisob-kitob 
ishlarida xatolikka y o i qo ‘yilgan, yoki berkitish, turli yashirishlar 
b o ig an deb qaraladi. Bu kabi holatlami bartaraf etish uchun 
buxgalteriya hisobida alohida ehtiyotkorlik, aniqlik, haqqoniylik, 
adolatlilik, o ‘z vaqtidalik, to iiq lilik tamoyillaridan foydalaniladi.
455


Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi hisobini tashkil qilishda, sotilgan 
mahsulot, tovarlar, ish va xizmatlaming har biming alohida turi bo‘yicha 
yuritilib, sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlaming tarkibiy 
tuzilishi hamda ulam ing har birining umumiy sotilish summasidagi 
hissasi, har qaysisining rentabellik darajasi va boshqa m a’lumotlar aks 
ettirilishi lozim. Korxonalar o ‘z mahsulotlarining sotilishini hisobga 
olish bilan bir qatorda mahsulot (ish, xizmat)lar uchun qo‘shilgan 
qiymat solig‘ini (QQS) ham hisobga olib borishlari shart.
B a’zi korxonalar tayyor mahsulotni sotishda qo‘shilgan qiymat 
solig‘i bilan birgalikda aksiz solig‘ini ham to ia sh i mumkin. Aksiz 
solig‘i sof daromad narxida va qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan 
bazada 
hisobga 
olinadigan, 
bilvosita 
soliq 
sifatida 
byudjetga 
toianadigan soliqdir.
Buxgalteriya hisobi haqidagi qonunlarga muvofiq berilgan xom­
ashyo mahsulotni ishlab chiqamvchi korxona tomonidan balansdan 
tashqarida hisobga olinadi.
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobida tayyor mahsulot sotishning 
yangi qirralari namoyon boim oqda. Bu, ayniqsa, tashqi iqtisodiy 
faoliyat hamda barter muomalalarida o ‘z ifodasini topmoqda. Aynan bu 
muomalalar buxgalteriya hisobining hozirgi amaliyotida hisob yuritishda 
bir qancha muammolari mavjudligi bilan ko‘zga tashlanmoqda. 
Fikrimizcha, respublikamizda faoliyat ko ‘rsatayotgan korxonalarda 
barter muomalalarini keng q o ‘llashga alohida e ’tibor qaratilishi lozim. 
Agarda barter muomalalari amaliyotga keng tatbiq etilsa, birinchidan, 
mavjud inflyatsiya sur’atini jilovlash imkoniyati tug‘iladi, ikkinchidan
hisob ishlarida ortiqcha rasmiyatchiliklar miqdori kamayib, uning 
samaradorligi yanada oshishi uchun zamin yaratiladi.
Tayyor mahsulotlami xaridorlarga jo ‘natish xaridor bilan tuzilgan 
shartnomalar 
asosida 
amalga 
oshiriladi. 
Bu 
shartnomalarda 
jo ‘natiladigan mahsulot muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob 
shartlari keltiriladi. Jo ‘natilgan mahsulot schyot-faktura, chiqim hujjati, 
to ‘lov talabnomasi va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi.
456


Xizmat ko‘rsatishni (ishlami bajarishni) o ‘z ichiga oladigan bitim 
natijasi aniq belgilanadigan b o isa , ushbu bitim bilan bog‘liq bo‘lgan 
daromad yillik moliyaviy hisobot tuzish vaqtida bitimning bajarilishi 
bosqichiga qarab tan olinadi. Bitim natijasi esa quyidagi shartlami 
bajarish bo ‘yicha aniq belgilanishi mumkin:
- bitimni bajarish chog‘idagi daromadlar hamda amalga oshirilgan 
xarajatlar va bitimni nihoyasiga yetkazishga doir xarajatlar yuqori 
darajadagi ishonchlilik bilan baholanishi mumkin;
- xo‘jalik yurituvchi subyektga bitim bilan bog‘liq bo ‘lgan daro­
m adlar kelib tushishining katta ehtimoli mavjud;
- buxgalteriya balansi hisobot sanasigacha bitim bo‘yicha 
ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi yuqori darajadagi ishonchlilik bilan 
baholanadi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan tovarlar, tayyor mahsulotlar, 
bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari 
bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g ‘risidagi 
axborotlami 
umumlashtirish 
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
4020 “Olingan veksellar”.
4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” 
schyotida sotilgan mahsulot (tovar)lar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan 
xizmatlar uchun xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan hisob- 
kitob hujjatlari bo‘yicha debitorlik qarzlari hisobga olinadi.
4020 “Olingan veksellar” schyotida olingan veksellar bilan 
ta’minlangan xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha 
debitorlik qarzi hisobga olinadi. (Respublikamizda veksel operatsiyalari 
amalga oshirilmaydi)
Olinadigan 
schyotlar 
(4000) 
asosiy 
(operatsion) 
faoliyat 
daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000), asosiy vositalar va 
boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200) va 
asosiy faoliyatning boshqa daromadlami hisobga oluvchi schyotlar
457


(9300) bilan b og ian g an holda xaridor (buyurtmachi)larga taqdim 
etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga debetlanadi.
Olinadigan schyotlar (4000) pul mablagMarini hisobga oluvchi 
schyotlar bilan kelib tushgan to io v la r summasiga, olingan bo‘naklami 
hisobga olish va boshqalar bilan bogMangan holda kreditlanadi.
Olinadigan schyotlar b o ‘yicha analitik hisob har bir xaridor 
(buyurtmachi) bo‘yicha yuritiladi.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin