A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Xususiy kapital tarkibi
Shulardan kelib chiqib, xususiy kapital tarkibini shartli ravishda 
ikki guruhga ajratish mumkin:
107 Z a v a lis h in a I.A . “ Y a n g ic h a b u x g a lte riy a h is o b i” , Т.: 2 0 0 3 y . “Itis o d iy o t v a h u q u q d u n y o s i” n a sh riy o t u y i, 3 6 4 -
bet.
4 8 2


1. Subyekt tashkil etilayotganda shakllanadigan kapitallar:
- ustav kapitali;
- qo ‘shilgan kapital;
2. Subyekt faoliyati davomida hosil bo ‘ladigan kapitallar:
- sotib olingan xususiy aksiyalar;
- rezerv kapitali;
- taqsimlanmagan, jam g‘arilgan foyda yoki qoplanmagan zarar 
(jami xususiy kapitalni aniqlashda ayriladi);
- maqsadli moliyalashtirish m ablagiari;
- kelgusi xarajatlar va to io v la r rezervlari.
Xususiy kapital hisobining asosiy maqsadi buxgalteriya hisobi 
axborotidan foydalanuvchilar uchun xususiy kapitalning shakllanishi, 
tarkibiy tuzilishi va dinamikasi to ‘g ‘risidagi ishonchli m a’lumotlami 
tayyorlash hamda taqdim etish.
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda xususiy kapital hisobining 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• ustav kapitalini shakllanishi va undan foydalanishni nazorat 
qilish;
• korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosqichlari va 
aksiyalar turlari bo‘yicha axborot to ‘plash;
• ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish 
bo‘yicha m a’lumotlar olishni ta’minlash;
• qo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan 
bog‘liq muomalalami o ‘z vaqtida hisobda aks ettirish;
• korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini 
o ‘z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish;
• davlatga qarashli korxonalar, birlashmalar va tashkilotlaming 
ustav fondini, shuningdek, xususiy hamda aralash mulkchilikka 
asoslangan korxonalaming ustav kapitali ahvolini va harakatini 
o ‘rganish;
• oddiy va imtiyozli aksiyalami qaytarib bermaslik sharti bilan 
olingan mulklar hamda ustav kapital (fond)ga kiritilgan mablagMami 
qayta baholash natijasida yuzaga kelgan tafovut summalar monitoringini 
o‘tkazish;
483


• rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (pul mablag‘laridan 
tashqari), korxona ta ’sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan hosil 
qilingan 
kapitallar, 
keyinchalik 
kiritilgan 
(ustav 
kapitalida 
ko‘rsatilmaydigan) aktivlami qayta baholash yuzasidan keladigan farq 
m ablagiarining mavjudligi va harakatini belgilash;
• korxona faoliyatining hamma davri va hisobot davridagi 
taqsimlanmagan foydalari hamda qoplanmagan zararlar summasining 
holati, harakati yuzasidan axborotlami umumlashtirish;
• xususiy kapital qatoriga qo‘shiladigan va korxona faoliyatini 
moliyalashtirish manbai sifatida qaraladigan grantlar hamda subsidiya 
kapitallarining holati, harakati to‘g ‘risidagi m a’lumotlami y ig is h va 
hokazo.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin