A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Tayyor mahsulotlar deganda nima tushuniladi?
2. M ahsulot sotish hisobi oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?
3. Tayyor mahsulotlami ishlab chiqarish sohasidan omborxonaga 
o ‘tkazishda qaysi dastlabki hujjatlar to ‘ldiriladi?
4. Tayyor mahsulotlami sotishdan olingan daromadlar deganda 
nima tushiniladi?
5. Mahsulotni yuklab j o ‘natishda qanday hujjatlar qoilaniladi?
6. Tayyor mahsulot yuklab j o ‘natilganda buxgalteriya hisobida 
qanday hisobga olinadi?
7. 
Sotilgan mahsulotlar bo ‘yicha aksiz va qo‘shilgan qiymat 
solig‘iga qanday provodka beriladi?
8. Tayyor 
mahsulotlaming 
harakati 
qaysi 
hujjatlarda 
rasmiylashtiriladi?
9. M ahsulot sotish bilan bog‘liq bo ‘lgan sotish xarajatlariga 
qanday aniqlanadi?
10. Konsignatsiya bo‘yicha sotilgan tovarlar buxgalteriya hisobida 
qanday rasmiylashtiriladi?
478


15-BOB. XUSUSIY KAPITAL HISOBI
15.1. Xususiy kapital hisobining maqsad hamda vazifalari
Yangi tashkil etilayotgan korxonalar o‘z moliyaviy va moddiy 
resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona 
ta’sischilari tomonidan o ‘z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush 
sifatida qo‘shish bilan yaratiladi.
Kompaniya faoliyatini tashkil etish davrida kompaniya ta ’sischilari 
tomonidan o ‘z moliyaviy resusrlarini ustav kapitalini shakllantirishga 
yo‘naltiradi101.
Shuning uchun ham turli mulkchilik shaklidagi korxonalami 
tashkil etish bosqichida xususiy kapitalning shakllanishi hisobiga 
alohida e ’tibor qaratiladi. Chunki, xususiy kapital moliyaviy aktivlar 
bilan ta ’minlashning asosiy manbai hisoblanadi.
Korxonaning xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo ‘lgan uning moddiy 
va nomoddiy boyliklari, pul m ablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalarining 
jami - korxonaning kapitalidir.
Korxonaning xususiy kapitali - bu uning netto-aktivlari bo‘lib (sof 
aktivlar, mol-mulkning mulkdorlarga tegishli bo‘lgan sof qiymati), u 
aktivlar bilan majburiyatlar o ‘rtasidagi ayirma sifatida aniqlanadi.
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav kapitali 
ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan 
xo‘jalik jamiyati m as’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. 
Mas’uliyati cheklangan jam iyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari 
bo‘yicha javobgar boim ay d ilar va jam iyat faoliyati bilan bog‘liq 
zararlar uchun o ‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar 
bo‘ladilar. Jamiyatning o ‘z hissasini to ‘la qo‘shmagan ishtirokchilari 
jam iyat majburiyatlari 
bo‘yicha har bir ishtirokchi 
hissasining
101 Financial and managerial accounting, 12e Carl S. W aren, Jam es M.Reeve, Jonathan E.D uchac, 848-page
4 7 9


to‘lanmagan qismining qiymati doirasida bahamjihatlikda javobgar 
bo‘ladilar102.
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav kapitali 
ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga b o iin g a n
xo‘jalik jam iyati qo‘shimcha m as’uliyatli jam iyat deb hisoblanadi. 
Bunday jam iyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari b o ‘yicha 
o ‘ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil b o ig a n va 
qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta ’sis hujjatlarida 
belgilanadigan karrali miqdorda bahamjihatlik tarzida subsidiar javobgar 
boiadilar. 
Q o‘shimcha 
m as’uliyatli 
jam iyat 
ishtirokchilari
javobgarligining 
eng 
yuqori 
miqdori qo‘shimcha 
mas’uliyatli
jamiyatning ustavida nazarda tutiladi103.
Ustav 
kapitali 
jamiyatning 
aksiyadorlarga 
nisbatan 
majburiyatlarini 
tasdiqlovchi 
muayyan miqdordagi 
aksiyalarga
taqsimlangan xo ‘jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jam iyati deb 
hisoblanadi. Jamiyat davlat ro ‘yxatidan o ‘tkazilgan paytdan boshlab 
yuridik shaxs huquqlarini q o ig a kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida 
boshqacha qoida belgilanmagan bo isa, cheklanmagan muddatga 
tuziladi.
Agar bir (asosiy) xo ‘jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo ‘jalik 
jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega b o ig a n holda 
ishtirok etishi tufayli yoxud ular o ‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq 
yo b o im a sa boshqacha tarzda ikkinchi xo‘jalik jam iyati tomonidan 
qabul qilinadigan qarorlami belgilab berish imkoniga ega b o isa , ushbu 
ikkinchi xo ‘jalik jam iyati shu’ba xo ‘jalik jamiyati hisoblanadi104.
X o‘jalik jam iyatida ishtirok etuvchi boshqa jam iyat x o ‘jalik 
jam iyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalaming yigirma foizidan 
ko‘prog‘iga ega b o isa , bunday x o‘jalik jamiyati qaram jam iyat deb 
hisoblanadi.
102 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s in in g 0 6 .1 2 .2 0 0 1 y ild a g i (N 310-11) “M a s ’u liy a ti c h e k la n g a n h a m d a q o ‘s h im c h a
m a s 'u liy a d i ja m iy a tla r t o ‘g ‘r is i d a ”g i Q o n u n i 3 -m o d d a si.
103 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s in in g 0 6 .1 2 .2 0 0 1 y ild a g i (N310-11) “M a s ’u liy a ti c h e k la n g a n h a m d a q o ‘sh im c h a
m a s ’u liy a tli j a m iy a tla r t o ‘g ‘r is i d a ” gi Q o n u n i 4 -m o d d a s i.
104 0 ‘z b e k isto n R e s p u b lik a s i O liy M a jlis in in g 2 9 .0 8 .1 9 9 6 y. 2 5 7 -I-s o n Q a ro rig a m u v o fiq 0 1 .0 3 .1 9 9 7 y. e ’tib o ra n
a m a lg a k iritilg a n “ 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s in in g F u q a ro lik k o d e k si” 6 7 - m o d d a.
480


Davlat organining qaroriga muvofiq davlat mulki b o ig a n mol- 
mulk negizida operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar 
korxonasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi mumkin.
Mulkdor yagona jism oniy 
shaxs tomonidan tuzilgan 
va 
boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e ’tiro f etiladi. 
Xususiy 
korxona 
tadbirkorlik 
subyektlarining 
tashkiliy-huquqiy 
shaklidir. Xususiy korxona o ‘z mulkida alohida mol-mulkka ega b o iad i, 
o ‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega b o iish i 
hamda ulami amalga oshirishi, majburiyatlami bajarishi, sudda da’vogar 
va javobgar bo iish i mumkin. Xususiy korxona o ‘z majburiyatlari 
bo‘yicha o ‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan 
holda qishloq xo ‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, 
mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Fermer xo‘jaligi 0 ‘zbekiston 
Respublikasida 
qishloq 
xo‘jaligi 
ishlab 
chiqarishining 
asosiy 
subyektidir105.
Xususiy kapital - bu korxonaning aktivlari va majburiyatlari 
o ‘rtasidagi farqdir. Mol-mulk bilan b o g iiq barcha qarzlar toianganidan 
so‘ng, o ‘z kapitalingizni har qanday aktivga egalik qilish huquqiga ega 
deb hisoblashingiz mumkin106.
Xususiy kapital - barcha majburiyatlami chegirib tashlangandan 
keyin korxonaning aktivlarini bir qismidir, y a’ni xususiy kapital - bu 
mulkdoming firmadagi egaligiga oid ulushidir. Bu qoldiq ulush sifatida 
ta’riflanadi, chunki firma aktivlaridan majburiyatlami ayirgandan keyin 
qolgan summasini tashkil etadi.
Shuni ta’kidlab o ‘tish joizki ba’zi m e’yoriy - huquqiy hujjatlarda 
va ilmiy adabiyotlarda xususiy kapital tarkibidagi ko‘rsatkichlar 
turlichaligini va ularga berilgan ta r’iflar ham noaniqligini ko ‘rishimiz 
mumkin.
Masalan, “Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risida”gi qonunning 19 - 
moddasida xususiy kapital - ustav kapitali, qo‘shilgan va zaxira
105 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s in in g 2 0 0 4 -y il 2 6 -a v g u s td a g i 6 6 2 -II-so n li “ F e rm e r x o ‘ja lig i to ‘g ‘ris id a ” q o n u n i (y an g i 
tah riri) 3 -m o d d a.
106 F in a n cia l a n d m an a g e ria l a c c o u n tin g , 12e, C arl S .W a rre n , J a m e s M .R e ev e , J o n a th a n E .D u c h a c , 9 8 7 -p a g e
481


kapitalidan hamda taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi deyilgan.
Shuningdek, I. A. Zavalishina ham xususiy kapitalni manbalar 
bo‘yicha quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘lgan107:
- ustav kapitali;
- qo‘shilgan kapital;
- rezerv kapitali;
- taqsimlanmagan foyda;
- maqsadli jam g ‘armalar (grantlar va subsidiyalar);
- rezervlar.
21-sonli BHMSda xususiy kapital tarkibida qonunda sanab o ‘tilgan 
ko‘rsatkichlar bilan birgalikda “sotib olingan xususiy aksiyalar”, 
“maqsadli tushumlar” hamda “kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervi” 
nomli ko ‘rsatkichlar ham sanab o ‘tilgan. 5-shakl “Xususiy kapital 
to ‘g ‘risida”gi hisobotda ham xuddi shu nomli ko ‘rsatkichlar bo‘yicha 
m a’lumot berish uchun joy ajratilgan:
15.1-rasm. 

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin