e)
belgilangan tartibga muvofiq inventarlash materiallari to‘g‘ri va
o ‘z vaqtida rasmiylashtirilishi uchun javob beradi.
Inventarlash komissiyalari a ’zolari tovarlar, materiallar va boshqa
boyliklar kamomadi va ishlatib yuborgani
yoki ortiqcha chiqqanini
yashirish maqsadida ro‘yxatga boyliklaming haqiqatdagi qoldiqlari
to‘g ‘risida ataylab noto‘g ‘ri m a’lumotlami kiritganlik uchun belgilangan
tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi
mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarlash komissiyasi
inventarlash paytidagi eng so ‘nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki
moddiy vositalar va pul mablag1 lari harakati to ‘g ‘risidagi hisobotlami
olishi kerak.
Inventarlash komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan
barcha kirim-chiqim hujjatlariga “inventarlashgacha ...da (sana)” deb
ko‘rsatgan holda viza qo‘yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob m a’lumotlari
bo‘yicha inventarlashni boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini
aniqlash
uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Moddiy javobgar shaxslar inventarlash boshlanishiga qadar mol-
mulkka
doir barcha
kirim-chiqim
hujjatlari
buxgalteriya
yoki
komissiyaga topshirilgani va ular javobgarligiga kelib tushgan barcha
boyliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan
o ‘chirilgani to‘g ‘risida tilxat beradilar. Mol-mulkni sotib olishga hisobot
beriladigan summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari bo‘lgan
shaxslar ham shunday tilxat beradilar.
Inventarlashni o ‘tkazish oldidan ishchi
inventarlash komissiyalari
a ’zolariga buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi
(inventarlash komissiyasi ishlaydigan butun ish vaqtida plombir
komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda inventarlashni o ‘tkazishga doir
ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi.
Agar mol-mulkni inventarlash bir necha kun mobaynida o ‘tkazilsa,
moddiy
boyliklar
saqlanayotgan
xona
inventarlash
komissiyasi
ketayotganida muhrlanishi kerak. Inventarlash komissiyalari ishida
103
tanaffus boMganda (tushlik vaqti, tunda, boshqa sabablarga ko‘ra)
ro‘yxatlar inventarlash o ‘tkazilayotgan yopiq xonadagi yashikda (javon,
seyfda) saqlanishi shart.
Haqiqatdagi qoldiqlami tekshirish moddiy javobgar shaxslaming
(kassirlar, xo ‘jalik, savdo korxonasi, omborxona,
tayyorlov punkti va
hokazolar mudirlari) albatta ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi.
Inventarlash paytida boyliklaming mavjudligi albatta sanash,
tarozida tortish, o ‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
Yetkazib
beruvchining
ochilmagan
o ‘ramida
saqlanayotgan
materiallar va tovarlar bo‘yicha ushbu boyliklar miqdori istisno
tariqasida hujjatlar asosida, ushbu boyliklaming bir qismini albatta
naturada
(tanlab
olib)
tekshirish
bilan
aniqlanishi
mumkin.
Qoplanmagan mahsulotlar og ‘irligi (yoki hajmi)ni oMchash va texnik
hisob-kitoblar
asosida
aniqlashga
y o ‘l
qo‘yiladi;
o ‘lchash
dalolatnomalari va hisob-kitoblar ro‘yxatga ilova qilinadi. Tarozida
tortiladigan ko‘p miqdordagi tovarlar inventarlanganda
tarozida tortish
qaydnomalarini ishchi inventarlash komissiyasining a ’zolaridan biri va
moddiy javobgar shaxs yuritadi. Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish
tugagach)
ana shu qaydnomalar
m a’lumotlari
solishtiriladi
va
chiqarilgan yakun inventarlash ro‘yxatiga qayd etiladi. Tarozida tortish
qaydnomalari ro ‘yxatga ilova qilinadi.
Inventarlanadigan boyliklar va obyektlaming nomlari va ulaming
miqdori ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobda qabul qilingan
o ‘lchov birliklarida ko‘rsatiladi.
R o‘yxatlarga ishchi inventarlash komissiyasining barcha a ’zolari
va moddiy javobgar shaxslar imzo chekadilar. Ro‘yxat
oxirida moddiy
javobgar
shaxslar
komissiya
boyliklami
ulam ing
hozirligida
tekshirganini, komissiya a ’zolariga nisbatan hech qanday da’volar
yo‘qligi va ro‘yxatda sanalgan boyliklar m as’uliyatli saqlashga qabul
qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga imzo chekadilar.
104
Boyliklaming haqiqatda mavjudligini tekshirish paytida moddiy
javobgar shaxslar o ‘zgargan taqdirda boyliklami qabul qilgan shaxs
inventarlash ro‘yxatlariga ulami olganligi, topshirgan shaxslar esa ulami
topshirganligi xususida imzo chekadilar.
X o‘jalikka tegishli boMmagan, biroq
unda joylashgan boyliklarga
alohida ro‘yxatlar tuziladi.
Inventarlash paytida inventarlash bo‘yicha birlamchi hisob
hujjatlarining tasdiqlangan namunaviy shakllari qo‘llanilishi kerak.
Ish hayvonlari va mahsuldor mollar, parranda va asalari oilalari,
ko‘p yillik o ‘simliklar, k o ‘chatzorlar inventarlanganda qishloq x o ‘jalik
korxonalari uchun tasdiqlangan ro ‘yxat shakllari qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: