A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


0 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

178


0 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda nimani tushunasiz?
2. Naqd pulsiz hisob-kitoblaming qanday turlari mavjud?
3. Pul 
mablag‘lari 
harakatining 
hisobi 
qaysi 
hujjatlarda 
rasmiylashtiriladi?
4. Kassa muomalalarini hisobga olish xususiyatlari nimalardan 
iborat?
5. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi qanday yuritiladi?
6. Banklarda ochilgan maxsus hisobvaraqlarda bajariladigan pul 
muomalalarining hisobi qanday tashkil qilinadi?
7. Valyuta muomalalari hisobining xususiyatlari nimalardan iborat?
8. Pul mablag‘lari inventarizatsiyasi qaysi muddatlarda o ‘tkaziladi?
9. Kassa operatsiyalarini hujjatlashtirish tartibini aytib bering.
10. Pul m ablagiarini inventarizatsiya qilish tartibini tushuntiring.
11. Naqd pulsiz hisob-kitoblami amalga oshirish tartibini yoritib 
bering.
12. Yo‘ldagi pul mablag‘lari deganda nimani tushunasiz?
13. Valyuta operatsiyalari bilan bog‘liq xo‘jalik jarayonlari qanday aks 
ettiriladi?
14. Buxgalteriya balansining m a’lumot manbalari qaysi hujjatlar 
asosida shakllanadi?
15. Pul ekvivalentlari va ulam ing hisobini yuritish tartibini izohlang.
179


8-BOB. MEHNAT VA ISH HAQI HISOBI
8.1. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari
Korxonaning ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyati jonli mehnatni 
iste’mol qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi- 
soatlar bilan oMchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan 
ishi, tayyorlagan mahsuloti, iste’molchilarga ko‘rsatgan xizmatlari 
uchun sarflangan mehnatiga haq to ‘lash 
miqdorini asoslash hamda 
aniqlashni tatbiq qiladigan o ‘zaro munosabatlar vujudga keladi.
Ishlab chiqarish faoliyatida markaziy o ‘rinni mehnat va uning 
natijalari egallaydi, chunki uning yordami bilan mahsulot yaratiladi. Bu 
holat mehnat munosabatlarini belgilaydiki, hech bir korxona kerakli 
miqdordagi va tasnifdagi mehnat resurslarisiz o ‘z maqsadiga erisha 
olmaydi. Mehnat resurslari esa ishlaganliklari uchun mehnat haqi bilan 
ta’minlanadilar.
Mehnat haqi - bu mehnatning bahosi yoki narxidir. Uning miqdori 
va dinamikasi bozor omillariga, birinchi navbatda esa unga bo ‘lgan talab 
va taklifga bog‘liq.
Mehnat haqi - bu tovam ing puldagi ifodasi “ishchi kuchi” yoki 
“ ishchi kuchining narxi”. Uning miqdori ishlab chiqarish sharoiti hamda 
bozor omillari - talab va taklif, y a’ni bu omillar ta’sirida bozorda ishchi 
kuchi narxi va ish haqi o ‘rtasida tafovut yuzaga keladi (ish haqi haqiqiy 
narxidan oshishi yoki kamayishi mumkin).
Mehnat haqi - bu jam iyat koMamida milliy daromadning ishchilar 
va xizmatchilar o ‘rtasida ular mehnatining miqdori va sifatiga muvofiq 
taqsimlanadigan 
hamda 
shaxsiy 
iste’moli 
maqsadlari 
uchun 
foydalaniladigan qismidir.
0 ‘zbekiston Respublikasida fuqarolaming mehnat qilish huquqi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan. Unga
180


ko‘ra, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatii mehnat 
sharoitlarida ishlab va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan 
himoyalanish huquqiga egadir29.
Mehnat haqining miqdorini belgilash ish beruvchi bilan xodim 
o ‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari 
bilan belgilangan eng kam miqdordan oz b o iish i mumkin emas va 
uning eng ko‘p miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi30.
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ 
m a’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. 
Unda xodimlar sonining o ‘zgarishi ish vaqtining sarflanishi, mehnatga 
haq to‘lash fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifa bo‘yicha hamda 
mehnatga haq to ‘lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa 
to‘lovlar korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. 
Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat 
m e’yori va uni haq to ‘lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham 
belgilanadiki, bu esa:
• ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlaming ish sifatini to ‘g ‘ri va 
o‘z vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini 
hsoblash va uni belgilangan muddatlarda to ‘lash;
• soliqlar va boshqa ish haqidan ushlanmalar q o ‘shilgan holda 
korxona xodimlari bilan mehnatga haq to ‘lashga doir hisob - kitoblami 
o ‘z vaqtida o ‘matilgan muddatlarda olib borish;
• hisoblangan mehnat haqi summasini va ijtimoiy sug‘urta 
fondlariga ajratmalar summasini mahsulot tannarxiga to ‘g ‘ri hamda o ‘z 
vaqtida o ‘tkazish;
• operativ boshqarish va zamriy hisobotlami tuzish hamda 
ijtimoiy sug‘urta fondlari bilan hisob - kitob qilish maqsadida mehnat va 
unga haq to ‘lash ko ‘rsatkichlarini tezkor yig‘ish va guruhlash;
29 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s i K o n s titu ts iy a sin in g 3 7 -m o d d a s i.
30 0 ‘z b e k isto n R e s p u b lik a s i M e h n a t K o d e k si. IX b o b , 153 m o d d a.
181


• ish haqidan byudjetga majburiy to ‘lovlami, 
shuningdek, 
korxonaga yetkazilgan moddiy zarami ayrim tashkilotlar va jismoniy 
shaxslar foydasiga to ‘g ‘ri hamda o ‘z vaqtida ushlab qolish va o'tkazish;
• xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni 
ta’minlash;
• ish vaqtining to ‘g ‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish;
• sarflangan mehnat yoki ishlab chiqarilgan mahsulotni tegishli 
hujjatlarda o ‘z vaqtida va to ‘g ‘ri aks ettirish;
• hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlari o ‘rtasida to ‘g ‘ri 
taqsimlash;
• ish haqi va mehnatga haq to ‘lashning ilg‘or usullarini amalda 
qo‘llash;
• mehnatga haq toMash fondini to ‘g ‘ri sarflanishi ustidan nazorat 
olib borish.
Asosiy bo ‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar toifasiga uy- 
joy va kommunal x o ‘jaligiga xizmat ko‘rsatish, savdodagi, tibbiyot 
muassasalari hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo‘lgan 
xodimlar kiradi.
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko ‘ra quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi:
- ishchilar;
- xizmatchilar.
Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlami yaratish, tuzatish, yuklami 
ko‘chirish, y o ‘lovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan 
bevosita band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar 
kiradi. Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlami tayyorlash, rasmiylashtirish 
ishlarini olib boruvchi, xo‘jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar 
(kassirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) 
kiradi.
182



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin