Xodim bilan ish beruvchi o ‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat
shartnomasi ogohlantirish muddati tugamasdan oldin ham bekor
qilinishi mumkin.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga
uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi
haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart.
Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor
qilinganda xodimga tegishli ish haqi, uning miqdori xususida nizo
bo‘lmasa:
1) mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga qadar ishlayotgan
xodimga, — mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni;
2) mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamayotgan
xodimga, — u hisob-kitob qilishni talab etgan kuni toianishi kerak.
Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinganda
unga tegishli ish haqi, uning miqdori xususida nizo bo‘lmasa:
1)
qonun
bo‘yicha
yoki
shartnomaga
muvofiq
mehnat
shartnomasini bekor qilish haqida ish beruvchini ogohlantirishi shart
bo‘lgan xodimga, — ogohlantirishiga ko‘ra u ishni tashlab ketishga
haqli bo‘lgan kundan kechiktirmasdan;
2) mehnat shartnomasini bekor qilishi haqida ish beruvchini
ogohlantirishi shart b o‘lmagan xodimga, — ishdan ketgan kunining
ertasidan kechiktirmasdan to‘lanishi lozim.
Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi
shartlariga muvofiq o ‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt
Dostları ilə paylaş: