Ishga
qabul
qilish
ish
beruvchining
buyrug‘i
bilan
rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun
xodim bilan tuzilgan mehnat
shartnomasi asos bo ‘ladi.
Korxona rahbarini ishga qabul qilish korxona mulki egasining
huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek o ‘zi
vakil qilgan
organlar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona
kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa organlar orqali amalga oshiradi.
Korxona rahbari korxona mulkdori unga bergan vakolatlar
doirasida xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi.
Ishga
qabul
qilish
haqidagi
buyruq
tuzilgan
mehnat
shartnomasining mazmuniga to‘la muvofiq ravishda chiqariladi.
Buyruq xodimga m a’lum qilinib, tilxat olinadi.
Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan
mansabdor shaxs
tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat
etilgan bo‘lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan
yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’i nazar,
ish boshlangan kundan
e ’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti
bilan tuzilishi mumkin:
-xodim ning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish;
-xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom
ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi.
Dastlabki
sinovni
o ‘tash
haqida
mehnat
shartnomasida
shartlashilgan bo'lishi lozim. Bunday shartlashuv bo'lm agan
taqdirda
xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
Homilador ayollar, uch yoshga toMmagan bolasi bor ayollar,
korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga
yuborilgan
shaxslar, o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining
hamda oliy o ‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan
kundan e ’tiboran uch yil ichida birinchi
bor ishga kirayotgan
189
bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti
oygacha muddatga
mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda
Dostları ilə paylaş: