A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
Samyayev

 Parallellar — Yer yuzasida ekvatorga paralel o`tkazilgan shartli doira 
chiziqlar. Xarita globuslarda gradus to`rining asosiy tarkibiy qismi. P sharq Bilan 
g`arbni ko`rsatadi. Ekvatordan uzoqlashgan sari P. qisqara boradi. P. joyning 
geografik kengligini ko`rsatadi. 
Pasttekislik — mutloq balandligi dengiz sathidan 200 m gacha bo`lgan 
tekisliklar. M., Kaspiy bo`yi pasttekisligi P. lar dengiz sayozligining daryolar 
keltirgan loyqalar bilan to`lishidan, tog` oldi bukilmalarining tog`lardan tushgan 
nuroq jinslar bilan to`lishi na-tijasida hosil bo`ladi. Platformalarning asta pasayishi 
va dengiz sayozligining ko`tarilishi oqibatida ham P. lar vujudga keladi. 
Plato — yer yuzasi yassi yoki sal to`lqinlangan, ba`zan bir oz parchalangan 
baland tekislik. YOnbag`irlari ko`pincha kesilgandek tik bo`ladi. Atrofdagi tekislik 
erlardan tik jarliklar hosil qilib ko`tarilib turadi. Mas., Ustyurt platosi Baland 
platolar ko`pincha yassi tog`lik deb ataladi. 
Platforma (frantsuzcha plat — yassi, forme- shakl) Er po`stining nisbatan 
barqaror, tektonik harakatlarga kam beriladigan yirik, barqaror bo`laklari. P. Er 
tarixining qadimiy eralaridagi geosinklinalarda burmalanishlar ro`y berib, so`ngra 
tektonik harakatlarning zaiflashishi natijasida vujudga kelgan. Platforma jinslari 
metamorfiklashib, kristallashib ketgan. Quruqlikdagi platformalar: SHarqiy 
Evropa, Sibir, Xitoy, Afrika, Avstraliya, Antarktida, SHim. va Jan. Amerika. 
Plita — platformalarning pasaygan va ustini salgina qiya yoki gorizontal 
yotgan cho`kindi jinslar qoplagan qismlari. P. lar zaminning kristalli va 
metamorfiklashgan qattiq jinslarini keyingi geologik davrlarning dengiz va qurqlik 
yotqiziqlari qoplashidan vujudga keladi. 
Promille — biron-bir sonning mingdan bir ulushi, 
0
/
00
alomati bilan 
belgilanadi. Suvning sho`rligini aniqlashda suvning 1000 og`irlik ulushiga necha 


64 
ulush tuz to`g`ri kelishini bildiradi. SHo`rligi 1/
00
gacha bo`lgan suv ichishga 
yaroqli hisoblanadi. Dunyo okeani suvining o`rtacha sho`rligi 35
0
/
00
. Ayrim 
joylarda 42% gacha, qutbiy o`lkalarda 33—34
0
/
00
bo`ladi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin