A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51
Samyayev

Suvayirg`ich, jo`n — yog`in suvlarini daryolar yoki ikki dengiz, okean 
havzasiga ajratib (bo`lib) turgan chegara. S. tog`li o`lkalarda tizmalarning 
qirralaridan o`tadi. Tekisliklarda esa S. yassi erlardan, botqoqliklardan iborat 
bo`lishi mumkin. Bunday joylarda S. ni chiziq tarzida ko`rsatish mumkin emas. 
Tabiiy geografik o`rin — barcha geografik ob`ektlarning(shahar, qishloq, 
o`lka, mamlakat, qit`a, tog`, daryo, ko`l, dengiz va h. k.) atrofdagi tabiiy geografik 
ob`ektlarga nisbatan ylashgan o`rni. Mas., Toshkent 42° shim. kenglik va 68° 
sharqiy uzunlikda CHirchiq daryosi bo`yida, CHotqol tog`larshshng g`arbiy tog` 
oldi tekisligida joylashgan.
 Tabiiy geografiya — 1) geografik qobiq tabiatini o`rganuvchi fan. Er 
haqidagi fanlardan biri. Geografik qobiqning moddiy tarkibi, tuzilishi, rivojlanishi, 
o`zgarishi, hududiy bo`linishini o`rganadi; 2) tabiiy jo`g`rofiy fanlar sistemasn. Bu 
sistemaga umumiy er bilimi, hududiy tabiiy geografiya, landshaftshunoslik, 
geomorfologiya, iq-limshunoslik, okeanografiya, muzshunoslik, muzloqshunoslik, 
tuproqlar geografiyasi, bio geografiya, fenologiya va boshqa fanlar kiradi. 
Tabiat kompleksi (geografik kompleks) — tabiatning o`zaro ta`sir etib va bir-
birini taqozo qilib, yagona sistema hosil qilib turuvchi komponentlari, ya`ni relef, 
iqlim, er osti va yer usti suvlari, tuproq, o`simlik, hayvonot dunyosining qonuniy 
uyg`unligi. T. k. ning eng kichigi joy, Mas., kichik botqoqlik, bir soy yoki jar 
bo`lsa, eng kattasi landshaft qobig`i. Tabiat zonasi ham, geografik mintaqa , ham T. 
k. hisoblanadi. 
 Tektonika (yunoncha tektonikos — binokorlikka oid)—geologiya (Er 
haqidagi fan) ning bir tarmog`i, Er po`stining tuzilishi va uning ichki kuchlar 
ta`sirida, Erning taraqqiyoti jarayonida ro`y berayotgan o`zgarishlarni o`rganadi. 
Tog`-vodiy shamoli — tog`li ulkalarda tunda tog yonbag`ri va vodiy bo`ylab 
pastga tomon, kunduzi esa vodiy va yonbag`ir bo`ylab yuqori tomon esuvchi 
shamol. T. v. sh. havoning tog`lar bilam atrofdagi tekisliklarda va vodiy tagi: bilan 
yoybag`irda turli darajada: isishi hamda tunda tog`larda va yonbag`rida tez sovib 
ketishi natijasida bir xil balandlikda havo bosimida tafovut vujudga kelishi 
oqibatida hosil bo`ladi. 
Tog` daryosi — tog`lardagi muz, qor va buloq suvlaridan boshlanib, 
shovullab tez oqadigan daryolar. Tog` daryolarida ostona va sharsharalar ko`p 
bo`ladi. Ko`pincha tor vodiylar, daralarda oqadi. M., Piskom, CHotqol, Ugom va b. 
Tog` muzliklari — tog`larning qor chegarasidan yuqorida qor to`p-lanib, 
zichlashib hosil bo`lgan muzliklar. Ko`pincha vodiylarda, cho`qqilar atrofida, 
yonbag`irlarda bo`ladi. Qor chegarasidan pastga ham siljib tushadi. Eng katta T. m. 
Alyaskadagi Bering, Pomirdagi Fedchenko muzliklari (77 km ga cho`zilgan). 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin