Investitsiyaning bu ko’rinishi tavakkalchilikni, investitsiyalardan foydalanish
samaradorligi uchun ma’suliyatni davlat va aholi zimmasiga yuklamasdan, balki
ularni tadbirkorlik tizimlari o’rtasida taqsimlashning eng yaxshi va sinalgan usuli
hisoblanadi.
BXI borasidagi yana bir yondashuv bu turdagi investitsiyalarni faqat mulkchilik
ko’lami bilan, ya’ni aktsionerlik kapitalidagi ulushi bilan bog’liq, deb ko’rsatadi.
Unga muvofiq BXIlarni:
a) xorijda aktsiyalarni sotib olish orqali;
b) foydani qayta investitsiyalash yordamida;
v) firma ichki qarzlari va qarzdorliklari orqali amalga oshirish mumkin.
Ko’pchilik iqtisodchilar bu shakllar etarli emas, deb xisoblashadi va asosli
ravishda turli xil noaktsioner shakllar orqali bu ro’yxatni davom ettirishadi:
subkontraktlar, boshqaruv kelishuvlari, franchayzing, litsenzion kelishuvlar va
boshqalar.
BXIlarning shakl va usullariga bog’liq tushunchalar bilan bog’liq turli xil
yondashuvlarning ko’payishi qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolar
umumbashariy tasifga ega bo’lib, nostandart yondashuvlar echimini talab etadi.
Bevosita investitsiyalar asosan ikki guruhga ajratiladi:
1.Transkontinental kapital qo’yilmalar.
2.Transmilliy qo’yilmalar.
Dostları ilə paylaş: