Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha) va
uzoq muddatli (bir yildan ortiq) bo’ladi. Masalan, oddiy aktsiyalarning muomalada
bo’lishi umuman biror bir muddat bilan cheklanmaydi. Depozit sertifikati (olti oy
muddatga berilishi mumkin) qisqa muddatli qo’yilma turi bo’lsa, obligatsiyalar
(masalan, 20 yilda qaytarish muddati bilan) uzoq muddatli qo’yilma turiga kiradi.
Lekin, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarni sotib olish va qisqa muddatda, masalan
olti oy o’tgandan so’ng, investor uzoq muddatli vositalardan qisqa muddatli
maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko’pincha investorlar ana shunday vositalarni
tanlaydilar va o’z pullarini qisqa muddatlarga qo’yishni hoxlaydilar. Masalan, yaqin
olti oy mobaynida investor kerak bo’lmaydigan mablag’iga olti oylik muddatga ega
bo’lgan depozit sertifikati sotib olishi mumkin. Qirq yoshga to’lgan investor
pensiyaga chiqquncha pul yig’ish uchun biron-bir kompaniyaning obligatsiyasini 20
yilga sotib olish mumkin. Odatda uzoq muddatli investitsiyalar kapital qo’yilmalar
shaklida namoyon bo’ladi.
Mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, qo’shma va xorijiy
shakllarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: