Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat



Yüklə 163,27 Kb.
səhifə2/6
tarix26.09.2023
ölçüsü163,27 Kb.
#148843
1   2   3   4   5   6
Fitrat

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 1-davr
Mirrix yulduziga
Goʻzal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqgʻani!
Nega bizdan qochib muncha uzoqlargʻa tushibsan;
Tuvgʻaningga nechun sira gapurmasdan turibsan?
Soʻyla, yulduz, holing nadir? Nechuk topding dunyoni?
Bizning yerda boʻlib turgʻan tubanliklar, xoʻrliklar,
Soʻyla, yulduz, sening dagʻi quchogʻingda boʻlurmi?
* * *
Bormi senda bizim kabi insonlar,
Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar.
Oʻrtoq qonin qonmay ichkan zuluklar,
Qardosh etin toʻymay yegan qoplonlar?
Bormi senda, oʻksuz yoʻqsulning qonin —
Gurunglashib, chogʻir kabi ichkanlar?
Bormi senda butun dunyo tuzugin
Oʻz qopchigʻin toʻldirgʻali buzgʻanlar.
Bormi senda bir oʻlkani yondirib,
Oʻz qozonin qaynatgʻuchi xoqonlar.
Bormi senda qorin-qursoq yoʻlida
Elin, yurtin, borin-yoʻgʻin sotqonlar?
Qayta nashrida 1920-yil sanasi koʻrsatilgan[5].
Fitrat vataniga qaytgach, Buxoro jadidlarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni maʼrifat va madaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kurashdi, xususan u Buxoroning turli tumanlarida oʻqituvchilik qilib, jadidchilik gʻoyalarini keng targʻib etdi. 1915-yildan „Yosh buxoroliklar“ harakatining soʻl qanotiga boshchilik qildi. 1916-yilga qadar buxorolik jadidlar yakdil va yagona jabha boʻlib ish olib borgan boʻlsalar, keyinchalik ular ikkiga boʻlinib ketadilar. Abdulvohid Burhonov boshchiligidagi jadidlarning bir qismi eski tarzda faqat maʼrifat-madaniyat tarqatish yoʻlini tutgan boʻlsa, ularning boshqa boʻlagi Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev kabi chet mamlakatlarda oʻqib kelgan yoshlar omma oʻrtasida maʼrifat va madaniyat tarqatish bilan birga amirga qarshi kurashishni ham yoqlab chiqadilar. Bunday boʻlinishning asosiy sabablari:

  • Turkiston oʻlkasi, shu jumladan Buxoro amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning ogʻirligi, rus podshosi va amirlikning ikki yoqlama zulmkorlik siyosati;

  • bolsheviklarning mahalliy xalq oʻrtasida yurgizgan tashviqot va targʻibotlari taʼsiriga ishonuvchanlik;

  • mahalliy xalq vakillarining siyosiy vakuumda saqlanganligi, ularning siyosat borasidagi gʻoyaviy-nazariy saviyasining yetarli darajada rivojlanmaganligi.

Fitrat 1917-yilgi fevral voqealaridan soʻng jadidlarning Buxorodagi ahvoli murakkablashgach, Samarqandga koʻchib borib 1917-yil aprelidan 1918-yil martigacha chiqib turgan „Hurriyat“ gazetasiga muharrirlik qiladi (1917-yilgi 27-sonidan 1918-yilgi 87-sonigacha), gazeta ishlarini rivojlantirish maqsadida Fitrat nashriyotga Oʻrta Osiyo jadidchiligining dargʻasi, muftiy Mahmudxoʻja Behbudiyni taklif etadi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Fitrat shu-yillarda „Ittihodi taraqqiy“ tashkiloti Eski Buxoro boʻlimining raisi ham boʻlgan.
1917-yilning oktabr oyini „Yurt qaygʻusi“ deb baholadi. Ammo nurli kelajakdan umid uzmadi. 1917-yil 27-noyabrda eʼlon qilingan Turkiston Muxtoriyatini soʻngsiz mehr bilan qarshi oldi. Hatto 27-noyabrni „Milliy laylatulqadrimiz“ deb atadi. Ammo uning bu quvonchi uzoqqa choʻzilmadi, 1918-yilning 19-20-fevralida Turkiston muxtoriyati bolsheviklar va armanlarning „Dashnaksutyun“ partiyasi tomonidan qonga botirildi. Bu voqea tarixda „Qoʻqon voqeasi“ nomini olgan.
1918-yil martdagi Kolesov voqeasidan keyin u Toshkentga keldi. Dastlab Xadradagi maktabda, may-iyun oylaridan boshlab Turkiston musulmon dorilfununi qoshida tashkil topgan dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. 1919-1920-yillarda Afgʻoniston amirligining Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qildi.
Toshkentda u asosan ilmiy, ijodiy maʼrifiy ishlar bilan koʻproq band boʻldi. Bir qator darsliklar tuzdi, „Chigʻatoy gurungi“ nomli ijtimoiy-adabiy tashkilot tuzib, unda faol ishtirok etdi. 1920-yil 9-aprelda „Tong“ jurnalini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhiyatida tarbiyalashga kirishdi. „Tong“ jurnalining shiori boʻlgan: „Miya oʻzgarmaguncha boshqa oʻzgarishlar negiz tutmas!“ soʻzlari Fitratning shu-yillarda olib borgan faoliyatining maqsad-mohiyatini toʻla ifodalaydi. Jurnalda „Chigʻatoy gurungi“ aʼzolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, jurnal ishi 3-sondan keyin toʻxtab qoldi.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topishi bilan Fitrat 1921-yilda Buxoroga taklif qilinadi va shu-yildanoq maorif noziri vazifasida ish boshlaydi. 1922-yilda xorijiya (tashqi ishlar) noziri, Xalq xoʻjaligi Kengashi raisi, Markaziy Ijroya Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Xalq nozirlari shoʻrosi raisi oʻrinbosari, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay’atining raisi, BXSR mehnat kengashining Prezidium aʼzosi va boshqa lavozimlarda xizmat qildi. Ikki yil davomida Buxoro Xalq Respublikasida taʼlim vaziri va iqtisodiy rivojlanish kengashining rahbari sifatida faoliyat yuritgan. U shu davrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi mablagʻlari hisobiga 70 nafar turkistonlik istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib oʻqishi, Buxoroda Sharq musiqasi maktabining tashkil etilishi, fan va madaniyatga doir xalq qoʻlida sochilib yotgan noyob qoʻlyozmalarni toʻplashda tashabbuskor boʻldi. Fitratning saʼy-harakatlari bilan Buxoro Xalq Sovet Respublikasida turk (oʻzbek) tili davlat tili deb eʼlon qilindi. Davlat teatri tashkil qilinib, bu teatrda ishlash uchun Toshkentdan Mannon Uygʻur va Choʻlpon, vaqf ishlarini boshqarish uchun esa Munavvar Qori Abdurashidxonov taklif etildi (1921).
Ammo 1923-yilda Yan Rudzutak boshchiligida Moskvadan kelgan komissiya Fitratni ishdan olib, Rossiyaga „chaqirib olingan“ deb eʼlon qildi va Fitrat 1923—1927-yillarda Moskvadagi Sharqshunoslik instituti (1921-yilgacha Sharq tillari instituti deb nomlangan)da ishladi, ilm bilan shugʻullandi. Leningrad Davlat universitetining Sharq fakultetida Turk, arab, fors tili va adabiyoti, madaniyatidan talabalarga dars berdi. Leningrad Davlat universiteti professorligiga saylandi. „Abulfayzxon“„Bedil“, „Qiyomat“, „Shaytonnig Tangriga isyoni“ kabi asarlar yozib, chop ettirdi. 1927-yilning boshida Rossiyadan qaytgach, 1937-yilga qadar Samarqanddagi Oliy pedagogika instituti (hozirgi Samarqand Davlat universiteti) hamda Toshkentdagi Til va adabiyot institutida faoliyat koʻrsatdi. Fitrat oʻz hayoti davomida yuzlab ijtimoiy-publitsistik maqolalar, oʻnlab ijtimoiy-siyosiy va ilmiy risolalar yaratdi. U birgina Turkistonda emas, AfgʻonistonHindistonTurkiyaKavkaz, Volgaboʻyi matbuotida ham faol ishtirok etdi.[6]
Badiiy va ilmiy adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fitratning adabiy merosi rang-barang. U adib sifatida badiiy ijodning barcha turlarida qalam tebratibgina qolmay, oʻzbek adabiyotining yangi janr va turlar bilan boyishi, sheʼr tuzilishining isloh etilishi, adabiy realizmning teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bogʻliq boʻlgan muhim ijtimoiy muammolarning oʻzbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan hissa qoʻshdi.
Fitrat ijodini shartli ravishda uch davrga boʻlish mumkin: 1-davr 1909-1916-yillarni oʻz ichiga olib, Turkiya taassurotlaridan ilhomlangan holda jadid maʼrifatparvari sifatida ijod qilgan. 2-davr 1917-1923-yillarni qamrab oladi, bu davrda Fitrat milliy istiqlol gʻoyalari bilan toʻyingan asarlar yozadi. Ijodining 3-davri 1923-1937-yillarga oid boʻlib, Shoʻro maxfiy xizmatining doimiy nazoratida boʻlgan Fitrat asosan ilmiy va pedagogik ishlar bilan shugʻullanadi.
Fitrat zullisonayn adib boʻlib, adabiyotga shoir va adabiyotshunos sifatida kirib kelgan. Istanbuldagi toʻrt yillik taʼlimi davomida faqat forsiy tilda ijod qilgan. Koʻp oʻtmay u oʻzini dramaturgiya va prozada ham sinab koʻrdi. U „Munozara“ (dastlabki nomi „Hindistonda bir farangi ila buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi“) asarini Turkiyaga borishdan oldin, 1905-1907-yillarda yaratgan. „Sayha“ („Chorlov“, „Naʼra“) (fors tilida), „Sayyohi hindi“ („Bayonoti sayyohi hindi“), „Rahbari najot“, „Tarixi Islom“ asarlarini esa Turkiyada tahsil paytida yozgan va „Munozara“ 1908-yilda, „Sayha“ 1910-yilda, „Sayyohi hindi“ 1913-yilda Istanbulda bosilib chiqqan. „Rahbari najot“ va „Oila“ 1915-1916-yillarda Bokuda nashr qilingan. Bu asarlar oʻsha davrdayoq xalq orasida keng tarqaldi. Horijiy tillarga ham oʻgirildi. Masalan, „Munozara“ 1909-1914-yillar orasida turkozarbayjon tillarida, „Sayyohi hindi“ rus tilida chop etilgan. „Rahbari najot“ni esa doʻsti, shoir va noshir Abdulvohid Burhonov Sankt-Peterburgda nashrdan chiqargan. Bulardan tashqari uning „Mavludi Sharif“, „Abo Muslim“, „Begijon“ asarlari va dastlabki sheʼrlari „Oyna“„Taraqqiy“„Sadoi Turkiston“„Turon“„Hurriyat“„Buxoroi Sharif“ kabi gazeta va jurnallar sahifalarida eʼlon qilingan.
Uning „Munozara“ va „Sayyohi hindi“ asarlari XX asr boshlarida Turkistondagi milliy uygʻonish harakatining norasmiy dasturi boʻlib xizmat qilgan va yoshlar dunyoqarashining keskin oʻzgarishi va ularning jadidlar safiga kelib qoʻshilishiga sabab boʻlgan. Keyinchalik bu asarlar orqali Fitratni millatchilikda, turkparastlikda va islomparastlikda ayblashgan.
Fitratning bizgacha yetib kelgan oʻzbek tilidagi sheʼrlari, 1917- va undan keyingi davrlarga oid. Maʼlumki, fevral inqilobidan keyin Turkiston xalqlarining mustaqillikka erishishlari uchun juda qulay fursat tugʻilgan. Fitrat shu davrda xalqni mustamlakachilik kishanlarini parchalab, milliy istiqlol uchun kurashga daʼvat etuvchi sheʼrlar yozishga kirishgan. Ammo anʼanaviy aruz vazni, uning nazarida, bunday zamonaviy gʻoyani ifodalash, xalqni oyoqqa turgʻazish va safarbar etish kuchiga ega emas edi. Shuning uchun ham Fitrat turk va tatar sheʼriyatlarida shakllangan, oʻzbek xalq ogʻzaki sheʼriyatida ayrim unsurlari boʻlgan sochmani milliy adabiyotimizga olib kirdi. Oʻz ona diyorini ozod va hur koʻrishni orzu qilgan shoir „Yurt qaygʻusi“ deb nomlangan bir sheʼr va toʻrtta sochma yozib, ularda hurriyat uchun kurash gʻoyasini baralla kuylaydi. Ijodkor mazkur sochmalarida Turkistonni xoʻrlangan va xorlangan Ona obrazida tasvirlab, bu jabrdiyda Onani zulmkorlardan xalos etish uchun Amir Temur singari insonlarni qoʻmsaydi.
U 1917-yillarda „Mirrix yulduziga“, „Sharq“, „Shoir“ kabi sheʼrlarni yaratib, Turkistonni endi „qizil mustamlaka“ga aylantira boshlagan bolsheviklarga va ular barpo etayotgan tuzumga nafrat tuygʻusini ifodaladi. Bundan tashqari Fitrat barmoq vaznida yozilgan mazkur sheʼrlari bilan xalq ogʻzaki sheʼriyatining mulki boʻlgan barmoqni isloh etib, Choʻlpon bilan birga uni yozma adabiyotga olib kirdi va unga yangi hayot bagʻishladi.
1922-yilda Fitrat tashabbusi bilan „Oʻzbek yosh shoirlari“ sheʼriy toʻplami bosilib chiqdi. Bu toʻplamdan Fitrat asarlari bilan birga oʻsha davrda qizgʻin ijod qilgan ChoʻlponBotu va Elbekning sheʼrlari ham oʻrin olgan va xalq orasida katta qiziqish bilan oʻqilgan.
Nasr[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fitrat nasrda ham samarali ijod qilgan. XX asrning 10-yillarida sahna asari sifatida namoyish etilgan „Munozara“ Fitratning nasrdagi ilk asaridir. „Munozara“ ham „Sayyohi hindi“ ham Fitrat publitsistikasining yorqin namunalaridandir. Fitrat keyinchalik ham ijtimoiy, huquqiy, maʼnaviy hamda estetik qarashlarini ifodalashda publitsistikadan samarali foydalandi. Faqat 20-yillarning oʻrtalariga kelibgina u „sof“ nasriy asarlarni yarata boshladi („Qiyomat“, „Meʼroj“, „Oq mozor“, „Zayd va Zaynab“, „Zahroning imoni“ va boshqalar). „Munozara“ va „Sayyohi hindi“ asarlarida koʻtarilgan milliy qoloqlik, diniy fanatizm mavzusi 20-yillar uchun ham dolzarb ahamiyatga ega edi. Fitrat bu hikoyalarida diniy syujetlardan din taʼsiriga qarshi kurashda foydalandi. Bu asarlar, ayniqsa, 1930-yilda qayta ishlangan „Qiyomat“ xayoliy hikoyasi oʻzbek adabiyotida fantastikaning tugʻilishi va shakllanishida milliy manba boʻlib xizmat qildi.

Yüklə 163,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin