Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat



Yüklə 163,27 Kb.
səhifə3/6
tarix26.09.2023
ölçüsü163,27 Kb.
#148843
1   2   3   4   5   6
Fitrat

Dramaturgiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fitrat dramaturgiyasi ham oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. U 1916-yildan boshlab teatr uchun koʻplab asarlar yaratdi. Ammo uning nafaqat 1916—1918-yillarda yozgan „Begijon“, „Qon“, „Abo Muslim“, „Temur sagʻanasi“, „Oʻgʻizxon“ singari pyesalari, hatto 1934-yilda yozgan „Toʻlqin“ opera librettosi ham bizgacha yetib kelmagan. Maʼlumki, Fitratning 5 pardali „Begijon“ pyesasida dehqonlarning xon zulmiga qarshi koʻtargan isyonlari tasvir etilgan. „Temur sagʻanasi“ pyesasida esa muallifning „Yurt qaygʻusi (Temur oldinda)“ sochmasidagi istiqlol uchun kurash gʻoyasi oʻzining badiiy tajassumini topgan. Fitrat oʻsha-yillarda yozgan boshqa sahna asarlarida ham tarixiy oʻtmishga murojaat etganiga qaramay, bolsheviklarning Turkistonda olib borgan gʻayrimilliy siyosatiga faol munosabat bildirib, zulm va zoʻravonlikka asoslangan „yangi tuzum“ni keskin qoralagan. Fitrat ijodining shu davrdagi yetakchi motivi — bolshevizmga qarshi kurash gʻoyasi „Chin sevish“ (1920) va „Hind ixtilolchilari“ (1923) pyesalarida ayniqsa yorqin ifodalangan. Dramaturg Turkistonda Shoʻro hokimiyati-yillarida sodir boʻlayotgan fojeali voqealarni Britaniyaning mustamlakasi boʻlgan Hindistonga koʻchirib, ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashayotgan hind istiqlolchilari siymosida, maʼlum maʼnoda, oʻz vatandoshlari obrazini yaratdi. Javoharlal Neruning eʼtirof etishicha, Fitratning bu asarlari hind xalqining mustamlakachilikka qarshi olib borgan kurashiga kuch va madad bergan.
Fitrat Moskvadalik paytida „Abulfayzxon“, „Shaytonning Tangriga isyoni“ (1924), ona yurtiga qaytgach esa „Arslon“, „Shoʻrishi Vose“ („Vose qoʻzgʻoloni“, 1927), „Toʻlqin“ (1934) pyesalarini yozdi. Bu asarlari orasida „Abulfayzxon“ oʻzining shekspirona epik koʻlami bilan ajralib turadi. Unda Fitrat Shekspir pyesalariga xos qabartma tip va xarakterlarni yaratdi. Zulmga asoslangan saltanat tojining otadan bolaga oʻtib kelishi natijasida paydo boʻluvchi qonli oqibatlarni haqqoniy tasvirladi. Mazkur pyesa asosida Ashtarxoniylar sulolasining soʻnggi vakili boʻlmish Abulfayzxon saltanatining tanazzuli (XVIII asr) natijasida Buxoroda Mangʻit amirlarining saltanat tepasiga kelishlari bilan bogʻliq tarixiy voqealar yotadi. Fitratning olis tarixiy voqeaga nazar solishdan maqsadi: „Podsholik qon bilan sugʻorilgan bir ogʻochdir, qon oqib turmagan yerda bu daraxtning qurib qolishi aniqdir“ degan falsafa bilan yashagan va oʻzi ham shu gʻayriinsoniy falsafaning qurboni boʻlgan Abulfayzxon singari qonxoʻr podsholarni tarix qaʼridan olib chiqib, xalqqa koʻrsatishdir. Fitrat bu asari bilan bolsheviklar tuzumi XX asrning Abulfayzxoni — Stalinni yaratishi va uning bepoyon mamlakatni qonga botirishini bashorat etdi. Shu maʼnoda mazkur tragediya Fitrat zakosi bilan yaratigan xalqni ogohlantiruvchi asardir. Fitrat bu asari bilan oʻzbek adabiyotida tragediya janriga asos solib, mazkur janrning asosiy tamoyillarini belgilab berdi.

Yüklə 163,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin