Academic Research in Educational Sciences Volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 326,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix10.03.2023
ölçüsü326,77 Kb.
#87273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
afgonistonda-amir-habibullaxon-davrida-ma-rifatchilik-harakatlari-va-yosh-afgonlar-harakatining-paydo-bolishi

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 6 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
1140
 
June, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Yosh afg’onlar harakati yetakchilari shundan so’ng “Siroj ul-axbor” gazetasi 
tevaragida birlashadilar. Yosh afg’onlarning keyingi tarkibida quydagikishilar edi: 
- Mir Yor Bekxon Doniyoriy- ta’lim bo’limi boshlig’i; 
- Mir Zamoniddin-moliyaviy ishlar yetakchisi
- Abdul Quddusxon-bosh vazirning o’g’li, harbiy ishlar bo’yicha maslahatchi; 
- Maxovuddin Artiy-islom mafkurasini afg’on jamiyatida to’g’ri talqin 
etilishiga mas’ul shaxs; 
- Abdul Husayin Aziz- siyosiy ishlar yetakchisi; 
- Shujo ud-Davlaxon- aholidan jamg’armalar yig’ib olishga mas’ul shaxs; 
- G’ulom Ahmad E’timodiy va boshqalari 
“Siroj ul-axbor” gazetasi shijoat bilan ishlay boshladi. Uning sahifalarida 
davlatni qoloqlikdan olib chiqish, xalqni uyg’otish va ma’rifatli qilish haqida so’zlar 
bosilib chiqar edi. Ular ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish dasturlarini ishlab 
chiqa boshladilar. Tez orada xalq orasida katta obro qozondilar. Gazeta muxbirlari 
afg’on ma’rifatparvarlarining eng ilg’or vakillaridan iborat edi. 
Yosh afg’onlar harakatining navbatdagi talablari quydagicha edi: 
- Konstitutsiya qabul qilish
- Konstitutsion hokimyat yaratish; 
- Xalq kengashini tasdiqlash
- Vazirlar idorasini yangilash; 
- Ijtimoiy tenglikni ta’minlash va keng islohotlar o’tkazish; 
- Ma’naviyat va marifatni rivojlantirish
- Yangi texnologiyalar bilan ilm-fanni rivojlantirish; 
- Fikr erkinligini joriy etish; 
- Iqtisodiy mustaqillik uchun kurash
- Ingliz kolonistlariga qarshi kurashish. 
Yosh afg’onlar shiddat bilan ishlashga o’tdilar. “Siroj ul-axbor” gazetasi orqali 
ular xalqni turli qatlamlariga kirib bordilar. 
1918-yilda yosh afg’onlarning o’ng qanoti rahbari Abduraxmon Hodin amirga 
qarshi suiqasd qilishga harakat qiladi. Ammo suiqasd haqida hukumat xodimlari 
oldinroq xabardor bo’ladilar va amir tirik qoladi. Bu safar harakat qatnashchilarini 
o’ldirmaydi. Ularni uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qiladi. Chunki ular qatl 
etilsa, xalq orasida hukumatga qarshi noroziliklar kelib chiqishi aniq edi. 
Shu yillarga kelganda yosh afg’onlar harakati ichida g’oyaviy bo’linish yuzaga 
keladi. Ularning bir guruhi faqat islom dini an`analari bo’yicha 
davom etmoqchi bo’lib, ular konservativ ruhdagi insonlar edilar. 
Ular afg’on xalqini ma’rifatli bo’lishiga qarshi emas edilar, balki 



Yüklə 326,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin