Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


To tuzdi Navoiy oyati ishq, Ishq ahli aro navo bo‘lubtur



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə174/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

To tuzdi Navoiy oyati ishq,
Ishq ahli aro navo bo‘lubtur.
Yakunlovchi bayt ham tardi aksni saqlab qolgan. Endi navo va ishq so‘zlariga urg‘u beriladi. Keyingi misradagi so‘zlarning ma’no tovlanishi diqqatga sazovor. «Ishq ahli aro navo bo‘lubtur» degandagi «navo» ko‘p ma’noli. Uning «ovoza», «shon-shuhrat», «boylik», «navo bo‘lmoq» – ovozasi yoyilmoq, «Navo» kuyi vositasida kuylamoq» singari ma’nolari ko‘zga tashlanadi.
«Meni men istagan...»
Meni men istagan o‘z suhbatig‘a arjumand1 etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahrayi andin tilarmen, bahramand etmas.
Netay hur-u pari bazminki, qatlim yo hayotimg‘a
Ayon ul zahr chashm2 aylab, nihon bu no‘shxand3 etmas.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husn-u malohatdin
Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.
Kerak o‘z chobuki qotilvashi Majnunshiorimkim,
Buzug‘ ko‘nglumdin o‘zga yerda javloni samand4 etmas.
Ko‘ngul uz charx zolidin, fiibin yemakim, oxir
Ajal sarishtasidin o‘zga bo‘ynung‘a kamand etmas.
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin deb ko‘z,
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand5 etmas.
V – – – / V – – – / V – – – / V – – –
mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun
Hazaji musammani solim
1 A r j u m a n d – aziz, izzatli, qadrli.
2 Ch a sh m – ko‘z.
3 N o‘ sh x a n d – shirin va chiroyli kulgi.
4 S a m a n d – saman ot, tezyurar va chiroyli ot.
5 S i p a n d – isiriq, isiriq urug‘i.

Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin